etadi. «Postindustrial jamiyati» mualliflari bunday yuksak pog‘onaga erishuv
zamininga asos qilib aholining turmush darajasi o'sganini, xizmat
ko'rsatish sohasining keng qo‘llanilishini, iqtisodiyotda alohida axborot
sektorining ajralib chiqishini oladilar. Albatta, bulaming hammasi o ‘tgan
asming 50- yillaridan boshlangan ilmiy- texnika inqilobi bilan bog‘lanadi.
Agar «industrial jamiyat»da iqtisodiyotning asosiy muammosi sanoat
korporatsiyasini boshqarish ishi bo‘lgan bo‘lsa, «postindustrial» bosqichda
bosh xo'jalik muammosi «axborot iqtisodiyoti»ni yaratadigan sohalar-
universitetlar, ilmiy tadqiqot markazlari faoliyati markaziy o‘rin egallaydi.
Bunday sharoitda mulk asosiy rol o'ynamay qo‘yadi, u shunchaki «huquqiy
baza» bo‘lib qoladi, korporatsiya esa xususiy mulk instituti va iqtisodiyotni
tashkil etish shakli sifatidagi ahamiyatini yo'qotadi. Bunday sharoitda
insonning jamiyatdagi o‘rni, uning farovonligi boylik egasi ekanligi bilan
emas, balki kasb-hunar va bilim darajasi bilan belgilanadigan bo‘lib qoladi,
odamlarning turmush tarzi butunlay, shaharlarning roli o'zgaradi, axborot
harakati tufayli qayerda ishlashning ahamiyati qolmaydi.
146
Demak, ilmiy —texnika inqilobi, texnikaning o'sishi, ilm- fanning
yetakchi kuchga aylanishi nafaqat iqtisodiyotni, uning asosida butun
jamiyat hayotini o ‘zgartirib yuboradi, odamlar sotsial institutlar, sotsial
omillar vositasida sotsial tenglik tarzida hayot kechira boshlaydi. Biroq
bozor munosabatlari, raqobat kurashi hozirgi zamonning asosiy
harakatlan-tiruvchi kuchi bo‘lib qolar ekan, tabaqalashuv, hayot tarzining
noan’anaviy shakllari o ‘ziga yo‘l topib borishi tabiiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |