guruh o ‘zbek vatanparvar, millat fidoyisi bo'lgan ziyolilar tiyran idrok
etdilar. Ular bunday qoloqlik endilikda davom etmasligi kerak, unga qarshi
millatni ma’rifat, ilm-fan tarqatish bilan uyg‘otish orqali kurashish lozim
deb hisobladilar. Bular Abdulla Avloniy (1878-1934), Abdurauf Fitrat
(1886-1938), Abdulla Qodiriy (1894-1938), Abdulhamid Cho'lpon (1897
1938), Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919), Fayzulla Xo‘jayev (1896
1938) singari ko‘plab buyuk zotlar edilar.
1. Iqtisod ilmini o ‘rganish zarurligi g‘oyasi
Jadidlar o ‘zlarining asosiy e ’tiborlarini m illatning m a’rifatli,
o ‘qimishli, bilimdon va kasb-hunarli bo‘lishiga qaratib uni dunyoning
ilg‘or millati bo'lishga chaqirdilar, aks holda, abadiy qoloqlik iskanjasida
qolishlari mumkin deya haqida qayg‘urdilar. Bu haqda Cho‘lpon quyidagicha
yozdi: «Chin ayting! Bu yigirmanchi asr madaniyatini ham ko‘rub
turubsiz! 0 ‘n kunlik yo‘lni o ‘n soat qilg‘on bu yigirmanchi asr madaniyati
ayg‘irini ko‘rub, vatandoshlarim nimaga og‘izlarin ochub qoladilar! Nimaga
bu madaniyatga kirmakka o'zlari harakat qilmaydilar? Qachongacha ikki
g‘ildirakli, ko‘chalarga sig‘maydigan arobalar?
Ey Vatandoshlarim! Qachongacha bu g‘aflat?...
Uyqudan ko‘z ochinglar! Urinunglar? Ilm, ma’rifat va hunar izlanglar!
Vaqt yetdi, balki o ‘tdi!'».
Ayni chog‘da, u Vatanimiz Turkiston ilg‘or mamlakatga aylanishi uchun
1 Cho'lpon. Asarlar, 11 jild «Do'xtir Muhammadiyor», Т., 1993, 275— bet
152
barcha imkoniyatlar yetarli ekanligiga, hatto Amerika darajasida ekanligiga
urg‘u bergan edi.
Jadidlar, ya’ni yangilik tarafdorlari ma’rifat va ilm tizimida iqtisod
ilmining millat ravnaqi uchun ahamiyati alohida ekanligini qayta-qayta
Do'stlaringiz bilan baham: |