Bu ta’limotga ko‘ra jamiyatdagi barcha iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni
ana shular orqali bartaraf etish mumkin, zero ular hozirgi davrda jamiyat
hayotida muhim rol o ‘ynaydilar, ularda jamiyat ruhi, odamlar fikri,
dunyoqarashi, orzu-umidlari ifodalanadi. Iqtisodiyotda harakat qilayotgan
munosabatlar (masalan, foyda, foiz, kredit, pul, mulk, soliq kabilar)
jamiyat ruhining namoyon bo‘Iishi shakllaridir. Shuning uchun institut
sionalizm tarafdorlari iqtisodiyotda barqarorlik bo‘lmog‘i uchun, awalo,
jamiyat a’zolari uchun xos bo‘lgan urf-odatlar, an’ana, odob-ahloq kabi-
lami o ‘rganishga da’vat etadilar.
Istitutsionalizmdagi uch oqim. Jamiyat hayotida institutlaming o ‘rni
va ahamiyatlari har xildir. Shuning uchun ham bu ta’limotda turlicha
150
oqimlar paydo bo‘ldi. Ular iqtiodiyotda turlicha takliflar bilan chiqadilar.
Asosan, uchta ilmiy yo‘nalish e ’tirof etilgan:
- ijtimoiy-psixologik oqim;
- ijtimoiy-huquqiy oqim;
- empirik yoki konyunktor-sintetik oqim.
Bu oqimlaming hammasi sotsial-psixologik omillarga afzallik bersalar-
da, iqtisodiy voqea-hodisalaming ahamiyatini chetlab o ‘ta olmaydilar;
ular makroiqtisodiy tahlilga urg‘u beradilar, ya’ni ular taraqqiyotni faqat
umumiqtisodiy tahlil yordamida tushunish mumkin, deyishadi.
«Sotsial-iqtisodiy bozor x o ‘jaligi». Bu ta’limotga ko'ra, davlat
iqtisodiyotga bevosita aralashmasligi lozim, faqat u qonunchilik faoliyati
orqali bozor munosabatlariga yo‘l ochib berib turishi, jamiyatda sotsial
tartibni saqlovchi posbon vazifalarini bajarib tursa bo‘ladi. Mazkur
nazariyada sotsial jihat ustunlik qiladi. Bunga ko‘ra, samarali xo‘jalik tizimiga
Do'stlaringiz bilan baham: |