vositalar bilan erishish qiyin, ular yoniga (ijtimoiy) qadriyatlami ham
qo‘shish orqali hayotni sotsiallashtirish mumkin. Liberalizmda inson,
uning qadr-qimati, hayot tarzi, farovonligi kabilar muhim ahamiyatga
ega. Awalo, insonning o ‘zi o‘z farovonligi uchun kurashishi kerak. Biroq
bu intilish ma’lum chegaraga ega. Bu chegara jamiyat manfaatlari
uyg'unlashuvi doirasida amal qilish kerak ya’ni u «sotsial tartibga»
bo'ysunishi darkor. Aynan shu yerda davlat kerak bo‘ladi. U odamlarga
erkin raqobat sharoiti yaratib berib, o ‘z farovonligi va jamiyat ravnaqiga
yo‘l ochib beradi.
Biz yuqorida ko‘rib chiqqan qator nazariyalarda bozor iqtisodi yo‘lida
rivojlanib borayotgan mamlakatlar uchun ham yaroqli jihatlar mavjud.
Ulami o ‘rganish, kerakli g‘oyalami tatbiq etish esa tezroq demokratik
qadriyatlami egallashga olib boradi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Monetaristlar nazariyasining bosh mazmun-mohiyati nimada edi?
2. Monetaristlar bilan keynschilar nazariyalari o'rtasida qanday farqlar
mavjud?
3. Monetaristik nazariya xususida Prezidentimiz I. Karimovning xulosasi
qanday?
4. Sotsial-institutsionalizm ta’limotining yangiligi nimada?
5. Transformatsiya g‘oyasi nimaga asoslanadi?
6. Liberalistlar davlatning iqtisodiyot tizimidagi o ‘rni va rolini qanday
baholashadi?
7. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarining amaliy ahamiyati haqida
nima deya olasiz?
8. Yuqoridagi nazariyalar bozor iqtisodiyotiga o ‘tayotgan, rivojlanayot-
gan mamlakatlar hayotida qo‘llanishi mumkinmi?
149
TAYANCH IBORALAR:
Monetarizm nazariyasi. Nazariyaning yirik nomoyandasi amerikalik
Do'stlaringiz bilan baham: |