1.3.3. Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli kitobi
Prezident tashabbuskorligi, homiyligi asosida respublika Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi tashkil etildi. Prezident Islom Karimov 1996 yil 4 sentyabr kuni respublika Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchiligi markazi rahbariyati hamda boshqaruvi a’zolari bilan uchrashdi va bu sohadagi ishlarga yangi rivoj bag‘ishladi. Suhbat ajoyib xulosa bilan yakunlandi: “Ma’naviyat ishlarini yo‘lga qo‘ymasdan turib iqtisodiy yuksalishlarga erishish qiyin. Zero, yuksak ma’naviyati bo‘lmagan xalqning kelajagi ham yo‘qdir”.
Islom Karimovning 2008 yilda chop etilgan “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asari ma’naviyatni ta’riflash va izohlash bilan bir qatorda uning Respublikamizni hartomonlama rivojlantirishdagi roli va o‘rnini belgilab berdi.
Kitobning muqaddimasida quyidagi satrlarni o‘qishimiz mumkin:
“Dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki millatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysindirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avalambor uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi.”
“Binobarin, ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zdan mamlakat xavfsizligini , uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin.”
“Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qati nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informastion hurujlarni nazarda tutish lozim, deb o‘ylayman”.
Binobarin kitobning muqaddimasidayoq o‘quvchilarning e’tibori ma’naviyat masalalari millatni, jamiyatni taqdiri bilan bog‘liq masalalar ekanligiga qaratilgan.
Mazkur kitobning quyidagi mundarijasidan ham ko‘rish mumkinki, undagi mulohazalar ma’naviyatga tegishli o‘ta dolzarb muammolar hamda ularni bartaraf qilish yo‘llari ustida yuritiladi:
Birinchi bob.
Do'stlaringiz bilan baham: |