Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch


oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir


Download 36.19 Kb.
bet4/5
Sana03.06.2024
Hajmi36.19 Kb.
#1841494
1   2   3   4   5
Bog'liq
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”

oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir.Bu yorug‘ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi. Muxtasar aytganda, hammamizga ayon bo‘lishi tabiiyki, oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir.”;
- Ma’naviy hayotimizni yuksaltirish haqida gapirganda, mahallaning roli va ta’siri xususida to‘xtalish albatta o‘rinlidir. Ma’lumki, azaldan o‘zbek mahallalari chinakam milliy qadryatlar maskani bo‘lib keladi. Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta “mahalla” tushunchasi Konstitustiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va maqomi qatiy belgilab qo‘yildi. Ayni paytda u yurtimizda amalga oshirilayotgan “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” degan tamoyilning amaliy ifodasi bo‘lib, ma’naviy hayotimizni yanada mustahkamlash, yosh avlodimizning ongu tafakkurini zamonaviy asosda shakllantirish borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda;
- “Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil – bu ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlarini eslayman.”
Ikkinchi bobda, jumladan “Islohotlar va ularning ma’naviy mezoni” masalasiga to‘xtalib, muallif quyidagilarni qayd qiladi: “Biz bugungi kunda butun dunyoda o‘zbek modeli sifatida tan olinayotgan taraqqiyot modelini ishlab chiqdik. Bu modelning asosiy tamoyillari – ya’ni, iqtisodning siyosatdan xoli ekani, davlatning bosh islohotchi bo‘lishi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, islohotlarni tadrijiy asosda bosqichma-bosqich amalga oshirish prinstiplari barchamizga yaxshi ayon. Shuning uchun ham bugungi kunda ana shu jarayonlarning mohiyatida
Download 36.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling