iqtisodiyotdir. Iqtisodiy islohotlarning bosh yo‘nalishi ham, Prezidentimiz
I. Karimov qayta-qayta ta’kidlayotganidek, milliy Iqtisodiyotimiz tarkibini
o ‘zgartirish, jahon bozoriga tayyor mahsulotlar bilan chiqishdir. Bu
zaruratni o ‘tgan asr boshlaridayoq, jadidlar idrok etgan, bizni bu haqda
ogoh etib o ‘tgan edilar. Bu haqda M. Behbudiyning quyidagi so‘zlari g'oyat
o ‘rindir: «Turkiston mevasi, donasi, toshi, tufrog‘i eski nimarsalari Ovrupa
bozoriga ketar. Muni Ovrupo dallollari kelib oz bahoga olib ketar, mehnatni
biz qilurmiz, foydani ular ko‘rar. 0 ‘z nimarsamizni Ovrupa bozoriga eltib,
yaxshi bahoga sotaturgon bizda bir odam yo‘q. Azbaski, Ovrupa ila savdo
qilaturg'on kishini (o‘zi) avval o ‘n sana zamona ilmi o ‘qimog‘i lozim2».
3. «Ihroj va a’mol san’ati» - milliy iqtisodiyot tarkibini o‘zgartirish
omili
Odamlarning daromad topish manbayi ijtimoiy mehnat taqsimotining
qanchalik rivojlanishiga bog‘liq. Biroq, bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan
davrda ko‘proq tijoratga, savdo-sotiqqa urg‘u berishadi. Abdurauf Fitrat
tijoratni daromad topishning manbayi ekanini e’tirof etsa-da, biroq tijorat
bilangina boyish mumkin emas deb hisoblaydi. U yozadiki, iqtisodiy
taraqqiyotga, farovon va obod yashashga olib keluvchi boshqa yo‘llar ham
bor. Ana shulardan biri- «ihroj san’ati», ya’ni yer osti boyliklarini chiqarib
olish va «a’mol san’ati», ya’ni uskunalar (fabrika, zavodlar) yaratishdir.
Turkiston bag‘rida tilla, mis, temir, ko‘mir, lampa moyi va boshqa juda
ko‘p tabiiy boyliklarning miqdori mavjud, ular koni foyda, ularni ishga
solish orqali xalqni bahramand etish lozim. «Buxoroliklar, bu xudo bergan
ne’matlardan foydalanmasangiz, albatta, ko‘p o'tmay begonalar bu
boyliklaiga ega bo‘lib oladilar... Dunyo-dunyo pul ishlab oladilar... U vaqtda
Do'stlaringiz bilan baham: |