Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


tarqatish, etib, mutaxassislami qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlarga


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

tarqatish, etib, mutaxassislami qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlarga 
ekskursiya va xizmat safarlariga yuborish yaxshi natijalar keltiradi, deb 
uqtiradi.
F. X o‘jayev Buxoro qishloq xo'jaligini rivojlantirish omillaridan biri 
irrigatsiya va melioratsiya ishlarini avj oldirish va bu masalada davlat dasturi 
ishlab chiqish lozimligigae’tibor qaratgan edi. Shuningdek, u ipakqurti 
urug‘i yetishtirishni yaxshilash yo‘li bilan mamlakatda pillachilikni 
rivojlantirishga oid takliflar ilgari surgan edi.
Yuqoridagi iqtisodiy fikrlardan ko‘rinib turibdiki, o ‘zbek jadidlari, 
ulaming yetuk arboblari Vatanimiz ozodligi va mustaqilUgining moddiy 
va ma’naviy asoslarini yaratish, ana shu asosda millatning o ‘z mustaqilligi 
uchun ko‘rashini ilmiy darajaga ko‘tarish maqsadlarini ko‘zlaganlar.
5. Savdo-tijorat ishlarini ilmiy asosga qurish haqidagi fikrlar
Ma’lumki, XX asr boshlarida Turkistonga ham bozor iqtisodiyoti bilan 
bog'liq munosabatlar, bozor tushunchalari kirib kelayotgan, ular mulkdor, 
tadbirkor, ishbilarmon, ziyoli odamlar ongiga singib borayotgan edi. Biroq, 
bu jarayon uzoqqa bormadi. Zero, Oktabr sotsialistik inqilobi Rossiya 
imperiyasining barcha hududlarini davlat mulkining hukmronligiga asoslangan 
jamiyat qurishga safarbar qilgan bo‘lib, bu qurilajak sotsialistik tuzum o ‘z 
mohiyati va maqsadiga ko‘ra tovar-pul munosabatlarini, ya’ni bozor iqtisodiyoti 
tizimini inkor etar, iqtisodiy erkinlik, tovar ishlab chiqarish, raqobat, 
erkin baholar, iqtisodiy islohotlarga tamomila qarshi edi.
Ammo ilg‘or o‘zbek jadidlari yangi bozor iqtisodiyoti munosabatlarining 
ijobiy tomonlarini tushuntirish, ulami taig‘ib qilish, Turkiston iqtisodiyotini 
ilg‘or iqtisodiy munosabatlariga o‘tishini yoqlab ilmiy, badiiy, publitsistik 

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling