sizlarning farzandlaringiz chorasiz qolib, ularning xizmatlariga bo‘yin
egishlari muqarrar...3».
Buyuk allomamizning bundan 100 yil ilgari aytgan bu eslatmasi bugungi
mustaqilligimiz sharoitida yana ham qimmatlidir. Bundan xulosa shuki,
1 M.Behudiy.
Tanlangan. asarlar, 2-nashri «Oh bankalar bizni baibod
etdi»
Т., 1999, 168-bet
2 M.Behudiy. Tanlangan. asarlar, 2 —nashri «Ehtiyoji millat» 1999. 200 —bet
3 A.Fitrat. Tanlangan. asarlar, 1-jild «Hind sayyohi bayonoti» T„ 2000, 168 —bet
155
mustaqilligimiz bergan imkoniyatdan foydalanib yer osti boyliklarimizni
tezroq o‘zlashtirib mustaqiligimizni abadiylashtirib olishimiz, Vatanimizni
qudratli davlatga aylantirishimiz lozim. Prezidentimiz I. Karimov ishlab
chiqqan va olib borayotgan iqtisodiy islohotlar siyosati ana shu maqsadga
qaratilgan.
4. Agrar soha samaradorligini oshirishga oid fikrlar
Jadidlar Turkiston iqtisodiyotining asosini agrar ishlab chiqarish
tashkil etishini yaxshi tushunar edilar. Shuning uchun ham ular bu
tarmoqning rivojlanishiga qaratilgan mulohazalar, fikrlami ilgari surdilar.
Xususan, Abdurauf Fitrat «Hind sayyohi bayonoti» asarida Buxoro
qishloqlarida iqtisodiy-ijtimoiy ahvol g‘oyat achinarli ekanligini ta’kidlab,
buning boisi qishloq xo‘jaligining zamonaviy talab va taraqqiyotdan juda
orqada qolishi deb bildi. U yerdan samarali foydalanilmasligi sababli «Yerga
hosil berish darajasida mehnat qilinmasligi ya’ni yerlaming imkoniyaticha
hosil olinmasligidadir1 »,-deb ko‘rsatdi. A. Fitrat Turkiston qishloq xo‘jaligida
ehtiyojlarni qoplash darajasida hosil olinmaslik sabablarini o ‘rgandi va
uning uchta asosiy sababi borligini aniqladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |