Jadidlaming iqtisodiy tafakkurida raqobat va uning muhitiga oid bir qancha
iqtisodiy qarashlar mavjud. Ulardan bin Abdurauf Fitrat uqtiradiki, qo‘l
mehnatiga asoslangan mayda ishlab chiqarish mashaqqatli mehnatni
yengillashtiradigan, mahsulot qiymatini arzonlashtiradigan mashinali
ishlab chiqarish bilan raqobatlasha olmaydi. «... Turkistonlik hunarmandlar
ovrupalilar singari qo‘l mehnatiga asoslangan korxonalarni doimiy
fabrikalarga aylantirmas ekanlar, bir necha yildan keyin ulaming sharafli
san’atidan nom-nishon qolmaydi2. Shuning uchun ish tanazzulga borib
yetmasdan ishlab chiqarishni zamonaviy sanoat asosiga ko'chirish lozim»,
-deb yozgan edi Abdurauf Fitrat.
Raqobat kimlami sindiradi, degan savolga Mahmudxo'ja Behbudiy
shunday javob beradi: «Oxirgi vaqtlarda biz-turkistonliklar tijorat, hatto,
ziroat va do‘kondorlik ishlarida na uchun sinamiz? Muning eng birinchi
sababi-ilmsizlik, to‘g‘risi aqlsizligimizdir3».
«Mundan boshqa yana sinmoqimizga sabab tariyqi tijoratni, mol olish
va sotish joyini bilmaganimiz, paxta va boshqa g‘alla to‘g‘risida Amriqo,
Afriqo va Ovropo bozor va ziroatlarini holidan, bo'lgan va bo‘lmaganidan
1 Oybek. Qutlug1 qon Т.. 1190, 82-bet
2 A.Fitrat.Tanlangan asarlar. I -jild, «Hind sayyohining bayonoti» T .2000, 143-bet
3 M.Behudiy. Tanlangan asarlar 2 —nashri, «Zo'raki boy» T,, 1999, 163 —bet
154
bexabarligimizdir... Eng oxirgi sabab sinmog‘imizga shulki, tijorat
maydonida nodonligimizdan boshqalar tarafidan aldanarmiz1».
M a’lumki, iqtisodiy o ‘sish va barqaror rivojlanishning muhim
omillaridan biri-milliy iqtisodiyotning bir yoqlama tarkibda bo‘lishi ya’ni
xomashyo ishlab chiqarib, uni arzon narxda xorijga sotishga asoslangan
Do'stlaringiz bilan baham: |