qiladi. Masalan, J. Gelbrayt monetaristlaming iqtisodiyotni pul bilan eng
yaxshi tartibga solish mumkin degan fikrini inkor etadi. U bozor
iqtisodiyotiga asoslangan kapitalizmni doimo o‘zgarishlar uchrab turadigan
tuzum, u o ‘z-o ‘zidan transformatsiyalashib, ziddiyatlarini o ‘zi bartaraf
etib, o‘z iqtisodiy va boshqaruv dastaklari bilan yangilanib boruvchi
jamiyat deb talqin qiladi.
Sotsial-institutsionalistlar o‘zlarining nazariy metodologik konsepsiyasi
markaziga aynan transformatsiya g‘oyasini qo'yadi. Bunda ular obyektiv
ravishda rivojlanib boradigan sanoat ishlab chiqarishiga asoslanadigan yirik
korporatsiyalarga, ilmiy-texnika inqilobiga, tabiiy ravishda boshqaruv
tizimining murakkablashib borishi iqtisodiy jarayonlami rejali tashkil
etish zaruriyatiga asoslanadilar. Institutlar markaziga ular aynan yirik
korporatsiyalarni qo‘yishadi, zero ular zamonaviy industrial tizimning
tashkiliy tuzilmasini tashkil etadi, korporatsiyalar iqtisodiyotning boshqa
tuzilmalari bilan bog‘lanib, daromadlar, baho va boshqa iqtisodiy
vositalami boshqarish mexanizmini yaratadi.
Ushbu ta’limot jamiyatning evolyutsion tarzda yangilanib o‘zgarib,
borishini juda ko‘p iqtisodiy, sotsial, siyosiy, psixologik, ma’naviy-etnik
omillar bilan birga o'zgarishlar zamirida faol rolni texnika, texnologiya,
fan kabilar o'ynashiga urg‘u beradi. Ular ta’limotidagi bosh masalalardan
biri-iqtisodiyot ustidan ijtimoiy nazorat o'matishdir. Bu nazoratga ular,
birinchi navbatda, korporatsiyalar va ularni boshqarishning isloh
qilinishini, davlatning raqobat mexanizmiga, moliya-budjet tizimini,
pul-kredit holatini, baholarning tashkil topishini va shu kabilarni
kiritadilar, sotsial nazoratni tashkil etishda rejalashtirishga katta o ‘rin beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |