Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


bo‘ladiki, mulk egalari bo‘lmaganlari holda iqtisodiyotning strategik


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

bo‘ladiki, mulk egalari bo‘lmaganlari holda iqtisodiyotning strategik 
maqsadlarini belgilab beradilar, maxsus bilim va tajribaga ega bo'lganliklari 
sababli korporatsiya taqdiriga doir qarorlami guruhiy maqsaddan kelib 
chiqib qabul qiladi. Gelbravt fikricha, texnostrukturada yetakchi va hal 
qiluvchi mavqeni menejerlar toifasi egallaydi. Ya’ni, iqtisodiyotni 
tartiblashtirish vazifasi bozordan bevosita boshqaruvchi kuch bo‘lgan 
menejerlarga o ‘tadi. Bu esa jamiyatda umumiy manfaat, umumiy 
farovonlikni vujudga keltiradi, sotsial muammolar qiyinchiliksiz hal 
bo‘laveradi, zero «mo‘l-ko‘lchilik jamiyati qaror topadi».
Albatta, Gelbravt davlatning tartiblashtirish nazorati b o‘lmasa 
rejalashtirish tizimi hech qanday kuchga ega bo‘lmasligini ham tushunadi, 
inflyatsiya, ishlab chiqarish hajmining qisqarishi, inqiroziy holatlar ham 
istisno qilinmaydi. Bu hoi texnostruktura va korporatsiya faoliyatini 
cheklashni taqozo etadi. Bunday salbiy oqibatlardan iqtisodiyotni muhofaza 
qilish faqat mustaqil siyosat yurita oladigan davlatnigina qo‘lidan keladi. 
Demak, institutsionalizmning bu yirik vakili ham pirovardida davlatning 
jamiyatda yetakchi kuch bo‘lib qolishini tarafdori bo'lib qoladi.
Shuni aytish kerakki, Gelbravt qarashlarini tanqid qilib chiquvchi, 
institutsionalizmni neoklassik ta’limot bilan hamohang. qilishga (sintez 
qilishga) urinuvchi olimlar ham chiqdi. Masalan, U. Rostou «sivlizat- 
siyalashgan sintez» g‘oyasini ilgari surdi. Unga ko‘ra davlatning tashabbusi 
va uning m oliyaviy-m a’muriy qo‘llab-quvvatlashi ostida xususiy 
tadbirkorlikdan hamda erkin bozor mexanizmidan unumli foydalanish 
orqali iqtisodiyotni barqarorlashtirish va unga o ‘sish sur’atlarini baxsh 
etish, jamiyatni demokratik asoslarda yangilab borish mumkin.

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling