Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Marksizm iqtisodiy ta’limoti tizimi
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
2. Marksizm iqtisodiy ta’limoti tizimi
Marksizmning iqtisodiy ta’limoti XIX asming 40-70- yillarida shakllandi. U K. Marks va F. Engelsning qator iqtisodiy asarlarida ishlab chiqildi. Garchi ta’limot K. Marks nomi bilan atalsa ham, uning shakllanishi va yoyilishi F. Engelsning ilmiy va siyosiy faoliyati bilan bog‘liqdir. Zero marksizm iqtisodiy nazariyasining tamal toshlari Uning ilk asarlari bilan qo‘yilgan edi. F. Engelsning 1842- yildan boshlaboq e’lon qilingan bir qator iqtisodiy maqolalarida Angliyadagi iqtisodiy jarayonlar tahlil qihngan, mamlakatda ichki ziddiyat chuqurlashib, ishchilar sinfining ahvoU og‘irlashib borayotgani haqida yozilgan edi. Uning «Angliyada ishchilar sinfining ahvoli» nomli asarida (1845-yil) Angliya kapitalizmining iqtisodiy hayoti tahlil qilindi, ro‘y berayotgan bo‘hronlar sanoat sohasida- gi keskin o‘zgarishlar natijasi, ishlab chiqaruvchi kuchlar tarkibidagi chuqur o‘zgarishlar in’ikosi ekanligi qayd etildi.. 1845- yildan boshlab F. Engelsning Marks bilan ilmiy hamkorligi boshlandi, ularning hammualliflikdagi birinchi asari- «Nemis idealogiyasi» bo‘ldi. Unda birinchi marta ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning mohiyati, o‘zaro almashish obyektivligi haqidagi g‘oyalar bayon qilindi. K. Marksning «Falsafa qashshoqligi» asarida yangi iqtisodiy qonun va kategoriyalar bayon qilindi. Jumladan, iqtisodiy kategoriyalarga tavsif berildi, ular real ishlab chiqarish munosabatlarining ilmiy in’ikosi, deb ta’riflandi, unda «ishlab chiqaruvchi kuchlar xarakteriga ishlab chiqarish m unosabatlarining mos kelishi iqtisodiy qonuni» ochib berildi. Marksizmning formatsiyalarning inqilobiy almashuvi haqidagi xulosalari aynan ana shu iqtisodiy qonun harakatiga ko‘ra borishi asoslandi. K. Marksning 1849- yilda nashr etilgan «Mehnat va kapital» asarida qiymat va qiymat qonuni haqida qarashlar ilgari surildi. Unda qiymatning chuqur iqtisodiy munosabat ekani, u real xo'jalik hayotida baholar 116 vositasida ularning qiymat atrofida qalqishi orqali harakat qilishini tushuntirib berdi. Yuqorida qayd etilgan asarlar K. Marksning kapitalistik ishlab chiqarish usulini chuqur o‘rganishga jiddiy qaraganidan, u endi yirik iqtisodiy asar yozishga kirishganidan darak beradi. U 1857-58- yillarda «Kapitabning birinchi varianti qo‘lyozmalari, 1861-63- yillarda «Kapital» asarining ikkinchi qo‘l yozma variantini ishlab chiqdi. Bu ishlarda u tovar ishlab chiqarish, uning tarixiy shakllari, yer rentasi va uning ko'rinishlari, qiymat, pul va uning kelib chiqishi, kapital va uning shakllari, ilmiy- texnika taraqqiyoti, fabrikalarda mashinalardan foydalanish oqibatlari, ijtimoiy kapitalning takror hosil qilinishi masalalaridagi o‘zining dastlabki qarashlarini ilgari surdi. Albatta, marksizm iqtisodiy ta’limotida bosh asar- «Kapitabning alohida o‘rni bor. U K. Marks muallifligida chiqqan bo‘Isa ham, aslida, unda Engelsning katta hissasi borligini e’tirof etish lozim. Bu asar 4 ta jild, 7 ta kitobdan iboratdir. Uning birinchi jildi «Kapital ishlab chiqarish jarayoni» deb nomlanib, 1867- yilda nashr etildi. Bu jildda tovar, uning xususiyatlari, tovarda gavdalangan mehnatning ikkiyoqlama xarakteri, tovar fetishizmi, pul va uning kelib chiqishi, pulning kapitalga aylanishi, qo'shimcha qiymat va uni ishlab chiqarish, qo‘shimcha qiymat, uning shakllari, uning kapitalga aylanishi, ish haqi va uning ish kuchi qiymatining pul shakli ekanligi, kapitalning jamg'arilishi va uning oqibatlari bayon etilgan. Mana shu jildda qo‘shimcha qiymatning mohiyati, u kapital mahsuli va uning jamg‘arish manbayi ekanligi, u ishchilarga to‘lanmay qolgan qiymat ekanligi, yangi tuzumning asl mohiyati qo‘shimcha qiymatni ekivalentsiz o'zlashtirishdan iborat ekanligi tavsiflanadi. «Kapital» asarining 2-jildi 1885- yilda F. Engels tomonidan nashr etiladi. Uning mavzusi kapitalning muomala sohasidagi harakatini tahlil etishdir. Unda kapitalning aylanish va doiraviy aylanishi, bu jarayonda kapitalning uch funksional shaklga kirishi, takror ishlab chiqarish jarayoni va uning shakllari, jami ijtimoiy mahsulot va uning qiymat va buyum jihatdan tuzilishi, ijtimoiy ishlab chiqarishning ikki bo'linmasi va ular o‘rtasidagi realizatsiya sharoitlari tasvirlanadi. «Kapitabning 3-jildi ham F. Engels tomonidan nashrga tayyorlanib, 1894- yilda chop etildi. Unda kapitalning ishlab chiqarish va muomala jarayonlaridagi harakati yaxlit olib o‘rganilgan. Unda qo‘shimcha qiy matning kapitalistlarning turli sinflari daromadlariga aylanishi, ularning sinf sifatida ishchilarga qarshi turishi, savdo va ssuda kapitallarining harakati, yer rentasi tahlili o'rin olgan. 117 «Kapital» asarining 4-jildi esa 1905-1910- yillarda nashr etildi. U «Qo‘shimcha qiymat nazariyasi» deb ataladi va qo'shimcha qiymat atrofida Marksgacha bo'lgan iqtisodchilar qarashlari tanqidiy tahlil qilinadi. Siyosiy iqtisod fani rivojida F. Engelsning «Anti Dyuring» nomli asari alohida o‘rin tutadi. Bu asar 1878- yilda e’lon qilindi. Unda siyosiy iqtisodning predmeti ham tor, ham keng ma’nolarda tavsiflab boriladiki, bu fanni tushunishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu asarda marksizm ta’limotining hamma qismlari ensiklopedik asnoda tushuntirib berildi. Engelsning «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» nomli asari ham iqtisodiyot nazariyasi tarixida muhim o‘rin tutdi. K. Marksning 1875- yilda yozilgan «gota programmasining tanqidi» asari uning marksizm qarashlarming umumlashmasi sifatida maydonga chiqdi. Unda proletar diktaturasi, kommunistik ishlab chiqarish usulining vujudga kelishi, uning ikki - quyi va yuqori fazalaridan iborat bo‘lishi, har ikki fazadagi taqsimot munosabatlarining qanday bo‘lishi bashorat qilingan edi. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling