Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


IX bob MARKSISTIK IQTISODIY TA’LIMOT


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

IX bob MARKSISTIK IQTISODIY TA’LIMOT
1. Marksistik iqtisodiyot nazariyasi vujudga kelishining tarixiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari.
XIX asming o'rtalaridan boshlab «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi»da yangi 
bir yo'nalish- marksizm iqtisodiy ta’limoti shakllana boshladi. Marksizm 
ta’limoti K. Marks va F. Engels hamkorligida yaratildi. O'sha tarixiy 
sharoitlarda Yevropada kapitalistik ishlab chiqarish usuli keskin rivojlana 
boshlagan, ishchilar sinfi jamiyatning yetakchi kuchi sifatida maydonga 
chiqib xususiy mulkchilikka, mavjud tuzumning iqtisodiy va siyosiy 
asoslariga qarshi chiqayotgan, qator mamlakatlarda sanoat to‘ntarilishlari 
borayotgan edi. Ayni chog‘da, yangi bozor munosabatlari eski feodal 
munosabatlaridan birmuncha ustun va ilg‘or ekanligi, yangi iqtisodiy 
munosabatlar iqtisodiy o ‘sish va ijtimoiy hayotga jonlanish baxsh 
etayotganligi ko‘rinib turar edi.
Yangi iqtisodiy tizimning ustunligi va ilg‘orligi yaqqol ko'rinib turgan 
bo‘lsa ham uning o ‘zi kuchli ziddiyatlardan holi emasligi sezilib turardi. 
Bular — ishsizlik va uning o ‘sib borishi, ishchilar ish vaqtining uzunligi, 
ayollar va bolalar mehnatidan foydalanishning kuchayib borishi, ish 
haqining pastligi, ishchilar ahvolining har jih atd an og‘irlashib 
borayotgani, jamiyatda kuchli mulkiy va ijtimoiy tabaqalashuv borayotgani, 
ilg‘or davlatning mustamlakachilik siyosati, irqiy va milliy kamsitish va 
boshqalar edi. Ana shu ziddiyatlar zaminida ishchilar bilan kapitalistlar
mehnat bilan kapital o‘rtasidagi jiddiy qarama-qarshilik yaqqol namoyon 
bo‘lib bordi. Bu yangi tuzum ziddiyatlari ishchilar sinfining siyosiy 
harakatlariga ko‘chayotgan edi. Bular Fransiyadagi Lion to'quvchilari, 
Angliyadagi artistlar, Sileziya to‘quvchilari qo‘zg‘aloni va boshqa chiqishlarda 
o‘z ifodasini topmoqda edi. Bunday sharoitda, tabiiyki, ilm-fan darg‘alari 
bo‘layotgan o ‘zgarishlarni tahlil qilishi, o ‘rganish, ulardan tegishli 
xulosalar chiqarishga kirishgan edilar. Hatto klassik iqtisodchilar ham o‘z 
davrida kapitalistik bozor munosabatlarining salbiy jihatlarini ko‘rsatib 
bergan edilar. Marksizmning vujudga kelishi ham ana shu inqilobiy 
o ‘zgarishlar ta’sirida yuz berdi, ya’ni yangi iqtisodiy ta’limot davr taqozosi 
tufayli paydo bo‘ldi. K. Marks va Engels bo‘layotgan o‘zgarishlarni tahlil 
qilish asosida «Kommunistik partiya manifesti» asarini yaratdilar. Ishchilar 
sinfining harakatlantiruvchi kuch sifatida maydonga chiqayotgani, xususiy 
mulkchilik va uning salbiy jihatlari, kuchli tabaqalashuv borayotgani,
115


Yevropada yangi kommunistik g‘oya sharpasi kezayotgani kabi g‘oyalami 
ilgari surdilar.
Albatta, marksizm yo‘q yerdan paydo bo‘lmadi, u klassik siyosiy 
iqtisod, utopik sotsializm maktabi asnosida shakllandi. Biroq marksizm 
ta’limotida, xususan, uning iqtisodiyot nazariyasida ichki ziddiyatli jihatlar, 
xulosa va um um lashm alarning m antiqiy nuqta emasligi, bozor 
iqtisodiyotining muhim asosi bo ‘lgan xususiy mulkka, tovar-pul 
munosabatlari ahamiyatiga to‘g‘ri tarixiy baho berilmasligi kabilarda ko'rindi.

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling