Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fiziokratlar ta’limoti.
- Sof mahsulot
- «Iqtisodiy jadval»
Rivojlangan merkantilizm. Bu ta’limotning asoschisi T. M en bo‘ldi. U
bir qancha iqtisodiy asarlar muallifidir. U xorijga ko‘proq tovar sotish, faol tashqi savdo siyosati yuritish, boylikni k o ‘paytiradigan pulni mamlakatga ko‘proq jalb etish, xorijliklar uchun pulni sarflashni taqiqlash, pulni jam g‘arish lozimligi haqidagi g‘oyalami taklif etdi. Rivojlangan merkantilizm turli mamlakatlarda turlicha xususiyatlar kasb etdi. Masalan, Fransiyada davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi yo‘li bilan manifakturani rivojlantirish, mamlakatdan boylikni olib ketayotganlar uchun bozomi siqib qo‘yish, milliy ishlab chiqarish orqali savdoni rivojlantirish takliflari bilan chiqildi. Fiziokratlar ta’limoti. Uning yirik nazariyotchisi F. Kene bo‘ldi. Bu ta’limot, asosan, Fransiyada vujudga kelib, rivoj topdi. Ular merkantilistlar ta’limotini rad etdilar va muqobil ta ’limot bilan chiqdilar. Uning fikricha, savdo boylikning asosi bo'lolmaydi, zero muomalada tovarlar ekvivalentlik asosida sotiladi. Boylikning ko‘payishi faqat qishloq xo‘jaligida yuz beradi, zero bu yerda qiymat yaratiladi, qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqariladi. Bu ta ’limotning ilmiy ahamiyatli tomoni shuki unda iqtisodiy tahlil muomaladan ishlab chiqarishga-qishloq xo‘jaligiga olib o ‘tildi. Yer egalari mehnati unumli mehnat, boshqa sohalardagi hatto sanoatdagi m ehnat ham unumsiz deb baholandi. Sof mahsulot-fiziokratlar tom onidan fanga olib kirilgan iqtisodiy kategoriyadir. Sof mahsulot qo‘shimcha mahsulot tarzida talqin etilib, u faqat agrar sohada yaratiladi. Sof mahsulotning yagona shakli sifatida renta e’tirof etiladi. Fiziokratlar ta ’limotida sof mahsulot tabiatning in ’omi deb qaraladi. «Foyda» kategoriyasi ham muomalaga kiritilib, u ish haqining bir ko‘rinishi, tabiiy jarayonning natijasi deb baholanadi. «Iqtisodiy jadval» -F . Kenening asosiy asari, unda takror ishlab chiqarish jarayoni-m oddiy n e ’m atlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish va iste’mol qilish tahlil etiladi. Ijtimoiy mahsulotning takror 97 ishlab chiqarilishi qishloq xo‘jaligidagi uch sinf- yer egalari, ijarachi kapitalist va fermerlar timsolida qarab chiqilgan. Bu asar ishlab chiqarish jarayonini takror hosil qilishning shart-sharoitlarini tahlil etgan birinchi yirik tadqiqot mahsulidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling