Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

NAZORAT SAVOLLARI
1. Merkantilizm ta ’limoti vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy shart- 
sharoitlari.
2. Merkantilizm ta’limotining mazmuni va uning bosqichlari, umumiylik 
va farqlari nimadan iborat?
3. Merkantilizm bo'yicha boylikning asosi nima?
4. Mamlakatda qimmatbaho materiallar miqdorini ko'paytirish uchun 
qanday choralar ko‘rilgan?
5. Merkantilizm ta ’limotining taniqli namoyandalari kimlar?
6. Merkantilizm ta ’limotining tarixiy ahamiyati va taqdiri.
7. Fiziokratizm ta’limotini vujudga kelishi, mohiyati va shart-sharoitlari 
haqida nimalarni bilasiz?
8. F. Kenening «Iqtisodiy jadvali»dagi takror ishlab chiqarish mohiyatini 
tushuntirib bering.
9. Fiziokratlar ta ’limoti bo‘yicha boylikning asosi nima?
10. «Tabiiy tartib konsepsiyasi», «sof mahsulot», «unumli» va «unumsiz» 
mehnat, «qo‘shimcha mahsulot» tushunchalarini tavsiflang.
11. Fiziokratizm ta ’limotining taniqli namoyandalari kimlar?
12. Merkantilistlar va fiziokratlar iqtisodiy ta’limotlarining ahamiyati 
va tarixiy taqdiri.
TAYANCH IBORALAR:
Merkantilizmning asosiy iqtisodiy g‘oyasi. Ilmiy iqtisodiy nazariyaning 
vujudga kelishidagi birinchi iqtisodiy ta’limot merkantilizmdir. Uning asosiy 
g‘oyasi pulni (oltin va kumush) boylik, mulk deb bilish bo‘lib, bunday 
boylik faqat muomalada, savdoda, oldi-sotdida, bozorda vujudga keladi 
deb bilishdir. Mamlakat va xalqning boyligi pul topish va pul jamg‘arishda 
deb qarash ta ’limoti m a’lum bir tarixiy davr uchun nisbatan yaroqli 
g‘oya bo‘lsa-da, bunday qarash iqtisodiy tahlilni faqat bir soha bilan 
cheklashga, ishlab chiqarishning jamiyat hayotidagi ahamiyatini tushun- 
maslikka, xaspo'shlashga xizmat qildi.
Proteksionizm. Davlatning merkantilistlar bergan takliflari asosida 
yuritadigan iqtisodiy siyosat. Bu siyosatga ko‘ra, davlat mamlakatda tovar 
ishlab chiqarishni tashqi bozor uchun rag'batlantirish, chetdan tovar 
keltirishni cheklash yoki taqiqlashni, ular uchun yuqori boj to'lovlari 
joriy qilishni ifodalaydi. Tashqi siyosatning bosh tamoyili chetga tovar
96


chiqarish orqali mamlakatga ko‘proq pul (oltin, kumush) keltirish, 
mamlakatni boyitishdir.
Ilk merkantilizm. Bu ta ’limot asoschisi U. Stafford bo‘lib, uning 
konsepsiyasiga ko‘ra oltin shunchaki qimmatbaho narsa emas, balki 
boylikning m utlaq shaklidir. Ilk m erkantilistlar faol savdo va pul 
muomalasini m a’muriy choralar bilan amalga oshirish tarafdori bo‘ladilar, 
davlat hududidan tashqarisiga pul chiqarishni qat’iy taqiqlash, chetdan 
kelgan savdogarlardan o ‘z pullariga natural tovar olib chiqib ketishlarini 
nazorat qilishni talab qildilar.

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling