Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Merkantilizm va fiziokratlar iqtisodiy ta’limotlarining iqtisod
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
3. Merkantilizm va fiziokratlar iqtisodiy ta’limotlarining iqtisod
ilmi rivojlanishidagi o ‘rni va ahamiyati M a’lumki, XIX asrning 60-70- yillari mustamlakachilik tizimining yemirilishi va ko'plab yangi mustaqil davlatlaming vujudga kelish davri hisoblanadi. Bu davrda «nomerkantilizm» g‘oyalari ilgari surilmoqda edi. Yosh, rivojlanayotgan davlatlaming ko'pchiligida iqtisodiyotda davlat sektorining kattaligi, xalq xo'jaligida reja va dasturlar mavjudligi, milliy sanoatni bojxona ta ’riflari bilan himoya qilish va boshqa choralar «nomerkantilistik» hisoblanadi. Ikki tomonlama savdo shartnomalari, davlat zayomlari yo‘li bilan industrializatsiyani moliyalash, baholarni tartibga solish va monopoliyalar daromadini cheklash ham shu ta’limotga to‘g‘ri keladi. XX asr 90-yillarida boshlangan, ilgarigi sotsialistik rivojlanish yo'lidan borayotgan davlatlaming bozor munosabatlariga o ‘tish davridagi iqtisodiy siyosati ham ko‘p jihatdan yuqorida keltirilgan holatlarga juda o ‘xshashdir. Ayniqsa, tadrijiy (evolyutsion) yo‘lni tanlagan davlatlarda bu siyosat ancha kuchlidir. Shu sababli merkantilizm ta ’limotini har tom onlam a o ‘rganish ham nazariya, ham amaliy ahamiyat kasb etadi. A. Smit o ‘z vaqtida «Fiziorkatizm tizimi qanchalik nomukammal bo‘lmasin, shu davrgacha chop etilgan iqtisodiy g‘oyalar ichida haqiqatga eng yaqin edi», - deb atalgan edi. T a’limotda merkantilizmni inkor etish, mehnat bilan yer boylikning asosi ekanligini tan olish, savdo-sotiqda bojxona cheklarini olib tashlashni taklif etish nihoyatda muhimdir. Fiziok ratlar boylik tezisi to ‘g‘risida fikr yuritib, boylik — bu jamiyat m ehnati bilan har yili yaratiladigan iste’mol qiymatlaridir, deydilar. Bu g‘oya ham A.' Smit tom onidan qabul qilingan edi. Ishlab chiqarish va taqsimot jarayoniga xos umumiy m ehnat doktrinasi, ishlab chiqarishning takroriy- 94 ligiga alohida urg'u berilishi katta yutuq hisoblanadi. Kapital va uning ikki qismiga ajratilishi (asosiy va aylanma) takror ishlab chiqarish, erkin sohibkorlik to ‘g‘risidagi g‘oyalar, jamiyatning sinflarga ajratilishi iqtisodiy ta ’limotlarning rivojida keyingi muhim qadamdir. Hozirgi zamon tili bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor munosabatlarining unsurlarini, asosan, to ‘g‘ri hal etib berdilar. M ehnat bilan birga yeming boylik asosi deb qabul qilinishida davr ta ’siri kuchlidir. Chunki mamlakatdagi asosiy sinf dehqonlar bo‘lib, asosiy boylik qishloq xo‘jaligida yaratilayotgan edi. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun erkin bozor munosabatlariga o ‘tish, ayniqsa, dehqonlami turli-tuman soliq va yiginlardan ozod qilish zarurligi, yagona soliq tizimiga o‘tish kerakligi to ‘g‘risidagi fikr nihoyatda qimmatlidir. Sobiq SSSRda yangi iqtisodiy siyosatda bu usul qo‘l kelgan. Chunki, har bir sohibkor va tadbirkor shaxsiy manfaatdorlik bo‘lgan taqdirdagina ishlab chiqarishni rivojlantirishga intiladi. Takror ishlab chiqarish va realizatsiya jarayoni uzluksiz davom etishi, xalq xo‘jaligi tarmoqlarining m a’lum proporsiyalarini saqlagan holda ro ‘y berishi mumkinligi aniqlab berildi. F. Kene misolida uch sektor o'rtasidagi munosabatlar tahlil qilindi. Amalda, ayniqsa, hozirgi davrda esa bu sektorlar miqdori xiyla ko‘p bo‘lib, ular o ‘rtasidagi aloqalar V. Leontevning «Harajatlar chiqarish» tizimida bir qancha tarmoq uchun ishlab chiqarilgan. Ko‘rinib turibdiki, bu g‘oyaning kurtaklari fiziokratlaming asarlarida ko‘ringan. Hozirgi davrda buni tarmoqlararo balans deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlilda va umuman iqtisodiyotda muhim ahamiyatga egadir. 0 ‘sha paytda bo‘lajak iqtisodiy modellaming asoslari vujudga kelgan edi. Bu g‘oya klassik iqtisodiy maktab ta’limoti zanjirining muhim ajralmas qismi sifatida muhim o ‘rin egallaydi. Shu bilan birga hozirgi zamon iqtisodiy ta ’limotlari nuqtayi nazaridan fiziokratizm g‘oyalari o‘z ahamiyatini tezda yo‘qotdi va o‘tkinchi xarakterga ega bo‘ldi, chunki jahondagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘zgarishlar nisbatan mukammal g‘oyalar ishlab chiqishi zarurligini taqazo etdi va bu amalda ro‘y berdi. Ayniqsa, boylikning asosi (sof mahsulot) faqat qishloq xo‘jaligi sohasi bilan chambarchas bog‘liq qilib, cheklab qo‘yilganligi to ‘g‘risidagi xato g‘oya namoyon b o ‘lib qoldi. Sanoat inqilobi natijasida ro ‘y bergan o'zgarishlar tufayli fiziokratizm g‘oyalari unutilayozdi. 95 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling