Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Ibn Xaldunning qiymat nazariyasi
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mulkchilik va mulkdorlik haqida
Ibn Xaldunning qiymat nazariyasi
M a’Iumki, qiymat nazariyasi iqtisodiyot fanida eng murakkab, qiyin tushuniladigan, tahlili qiyin kechadigan iqtisodiy munosabatlardan biridir. Qiymat kategoriyasini tushunish va u haqida ilmiy fikrlami ilgari surish o‘sha tarixiy sharoit nuqtayi nazaridan qaraganda har kimning ham qo‘lidan keladigan ish emasligi aniq. Shunday b o ‘lsa-da, biz Ibn Xaldun ilmiy dunyoqarashida qiymat kategoriyasini tushunishga, uni tushuntirishga dastlabki harakatni ko‘ramiz. Ibn Xaldunning buyuk xizmatlaridan biri shuki, u mehnatning qiymat yaratuvchanlik rolini ko'rsatib berdi, tovarlar almashinuvi asosida ularga sarflangan ijtimoiy mehnat yotishini asosladi, ya’ni u qiymat substansi- yasini tushunishga intildi. Qiymat substansiyasining asosini ijtimoiy mehnat tashkil etishi haqidagi fikr o‘z davri uchun g‘oyat qimmatli edi. Chunki bu masalada Sharq olimi Arastudan ilgarilab ketgan edi. Arastu esa qiymat deganda almashtirishi mumkin bo‘lgan har qanday narsani tushungan edi. 79 Ibn Xaldun ikki narsaning o ‘zaro bir-biri bilan almashinuvida nima, qanday iqtisodiy asos yotishini tushunishga harakat qiladi. Uning qarashiga ko‘ra, qiymat ijtimoiy mehnatning namoyon bo‘lishi yoki ifodalanishidir, uningsiz qishloq xo‘jaligi ham hunarmandchilik ham amal qilmaydi. Sharq mutafakkiri Ibn Xaldun qiymat to ‘g‘risidagi o ‘z qarashlarini G ‘arb iqtisodchilaridan 300-400 yil avval ilgari surgan edi, Biroq, keyin- chalik Sharqdagi iqtisod ilmiga e’tiborsizlik, olim qarashlarining jahon miqyosida tarqalishi va uning qiymat nazariyasi bo‘yicha asoschi bo‘lib tanilishiga ta’sir etdi. Mulkchilik va mulkdorlik haqida Ibn Xaldun iqtisodiy ta’limotida mulkchilik munosabati va odamlarning mulkdor bo‘lish masalasi alohida mavzudir. Uning fikricha, inson shunda kamolotga erishadiki, agar uning timsolida ishlab chiqaruvchilik faoliyati bilan mulkdor bo‘lishlik mushtaraklik kasb etsa. «Mulkdor bo‘lish insonning eng muqaddas huquqi, - deydi u, - insoniyat jamiyatining vujudga kelishi ham odamlarning mulkdor bo‘lishiga intilishlaridandir». Demak, mulkdor bo‘lish, xususiy mulkka egalik qilish insonning qonuniy, obyektiv va huquqiy zaruratidir. Shuning uchun davlat munosabatlari nafaqat boshqarishga, balki ulami boshqarishni tartibga solib turishga majburdir. Agar Ibn Xaldunning mulkdorlik, xususiy mulkchilik haqidagi qarash- lariga bugungi sivilizatsiya nuqtayi nazaridan qarab tahlil etilsa, iqtisodiy erkinlik inson uchun yot narsa emas, uni mulkdorlik huquqidan mahrum etuvchi siyosiy kuchlargina bu umuminsoniy haqiqatni inkor etganlar va hatto uni paymol etishgani ayon bo‘ladi. Inson huquqlari Deklaratsiyasida, barcha demokratik davlatlar konstitutsiyalarida qayd etilgan odamlarning " xususiy mulkdorlik huquqi haqidagi qoidalar Ibn Xaldun ta’limoti asosida qonunlashtirilgan deyishimiz mumkin. Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston Konstitutsiyasida, Prezidentimiz I. Karimovning asarlarida odamlarni mulkdor qilmay turib iqtisodiy va siyosiy islohotlar o ‘z maqsadiga erisha olmasligi to ‘g‘risidagi xulosalar ulug‘ bobokalonimiz, Sharq iqtisodi ilmining dahosi Ibn Xaldun qarashlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Download 5.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling