Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Jamiyat bilan uning a’zosi o ‘rtasidagi iqtisodiy munosabat falsafasi
Download 5.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul va boylik xususida
Jamiyat bilan uning a’zosi o ‘rtasidagi iqtisodiy munosabat falsafasi
Ibn Xaldunning falsafiy va iqtisodiy qarashlarida jamiyat bilan uning a’zosi bo‘lgan inson munosabati masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. 80 Uning ta ’limotiga ko‘ra, jamiyatning holati uning boyishi, ravnaqi, istiqboli, uning a’zolarining iqtisodiy harakatlariga yashash vositalarini yaratishga bo‘lgan intilishga bog‘liqdir. Agar odamlar yashash vositalarini topishga intilmasalar, harakat qilmasalar, g‘amxo‘rlik qilishmasa, bozor larda tovarlar sotilmaydi, ular b o ‘m -bo‘sh bo‘lib, xuvillab qoladi. Bunday sharoitda odam lar har tomonga o ‘zga yurtlarga tarqalib, mamlakat aholisi kamayib ketadi, oqibatda davlat harob iqtisodiy tanazzulga giriftor bo‘ladi. Demak, u davlat hokimiyati va xususiy mulkchilikni, jamiyat bilan uning a’zolari o ‘rtasidagi munosabatlarni jamiyat normal hayotining asoslari degan tushunchani asoslaydi. Ular genetik jihatdan dialektik bog'liq munosabatlardir. Pul va boylik xususida Ibn Xaldun feodal olimi bo'lganligi uchun pulni boylik deb tushundi, jamiyatning asl boyligi puldir, jamiyatda pul qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha boydir degan falsafaga asoslandi. Bunday fikrlami olim ongiga singishi bejiz emas, albatta. Zero, u moddiy buyumlardan oltin va kumushgina qiymatni yoki mahsulotdagi butun mehnatni mujassamlashtiradi. Uning bunday cheklangan ilmiy qarashi yana shundan kelib chiqadiki, u hali tovar qiymati odamlar o ‘rtasidagi bozor subyektlari o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabati ekanini tushunib yetmagan edi. Shuning uchun ham qiymat va pul mohiyati haqida cheklangan qarashlar bilan kifoyalandi. Ibn Xaldun fovda kategorivasi haqida fikr yuritib, uning manbayi qo‘shimcha mahsulot ekanini tushunish darajasiga ko‘tarilmadi. U savdogar oladigan foydani tovarlarni o ‘z qiymatidan arzon olib, qiymat bahosida sotishdan keladi, foyda boylar tom onidan odamlar mehnatini to ‘g‘ri taqdirlanmaslikdan kelib chiqadi deb tushundi. Garchi Ibn Xaldunning iqtisodiy qarashlarida ayrim nuqsonlar bo‘lsa ham ular bizning «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» to ‘g‘risidagi bilimlarimizni yanada chuqurlashtirishga, iqtisodiy tafakkurimizni shakllantirishimizga yordam beradi. Eng muhimi, qator iqtisodiy kategoriyalar mohiyati to‘g‘risidagi ilmiy asoslangan qarashlami iqtisodiyot tarixida birinchi bo‘lib ilgari surganligi, Sharq iqtisodiy tafakkuri G ‘arb iqtisodiy qarashlaridan tarixan ancha asrlar ilgari shakllanganligi bilan bizning m a’naviy g‘ururimizni ko‘taradi. 81 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling