Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Ibn Xaldunning iqtisodiy qarashlari


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

5. Ibn Xaldunning iqtisodiy qarashlari
Ibn Xaldun Sharqning buyuk faylasufi, tarixchisi, siyosatshunos olim, 
davlat arbobi va yirik iqtisodchi sifatida o ‘z davrida katta obro‘ va shon- 
shuhrat qozongan tarixiy shaxsdir. U 1332- yilda Shimoliy Afrikaning 
Tunis shahrida tavallud topdi. Uning ajdodlari bir necha asr davomida obro‘li 
davlat lavozimlarida faoliyat ko‘rsatganlar. Uning otasi esa siyosiy hayotdan 
ketib, fanning turli sohalarida tadqiqotlar olib borgan, o ‘zini fanga 
bag‘ishlagan kishi edi. Tabiiyki, bunday muhitda farzandning tarbiyasiga 
qulay shart-sharoit yaratilgan, otasi rahbarligida islom huquqi, til va adabiyot, 
siyosat va iqtisod fanlarini chuqur egalladi. Ayni chog‘da, Ibn Xaldun o ‘z 
davrining yetuk davlat arbobi darajasiga ko‘tarildi, bir qancha davlatlaming 
siyosiy hayotida faol qatnashdi. Uning hayotdagi muhim voqealardan biri 
umrining oxirlarida buyuk sohibqiron Amir Temur bilan uchrashgani
uning izzat-ehtiromini qozongan, Temurning iqtisod va boshqa masalalar 
bo‘yicha maslahatchisi b o ‘lib xizmat qilganligidir.
Ibn Xaldun bir qancha yirik asarlar yozdi. U ko'proq falsafa va 
siyosatshunoslikka oid kitoblar bitdi. Uning iqtisodiy qarashlari ham jahon 
ilm ahli tom onidan e ’tirof etildi. Uning iqtisodiy qarashlari «Kirish» deb 
atalgan asarida bayon qilingan.
76


Mehnat va mehnat taqsimoti haqida
Ibn Xaldun tarixni odamlarning o ‘zlari yaratadi, ulaming harakati 
va manfaatlarini ro ‘yobga chiqarish jarayonida tarix yuzaga keladi degan 
fikrdan kelib chiqib, odamlarning mehnat faoliyatlari va bu jarayonda 
ularning bir-birlariga hamkorligi, ko‘maklashuvi masalasiga katta e ’tibor 
berdi. Uning fikriga ko‘ra, odamlarning ishlab chiqarish faoliyati jamiyat­
ning yashash va rivojlanish shartidir, bu esa ularning moddiy ehtiyojlaridan 
kelib chiqadi. Biroq ehtiyojlami alohida ajralgan holda qondirish hech 
kimning qo‘lidan kelmaydi, uning ehtiyojini faqat boshqalar bilan 
birgalikda ishlash, m ehnat turlarini qobiliyatlariga qarab bo‘lishib olib, 
ishlash asosidagina qondirish mumkin. Demak, odamlarning hayotiy 
ehtiyojlari birgalikdagi harakatlari bilangina qondiriladi.
Ibn Xaldun tabiiy-jo‘g‘rofiy muhit odamlar hayotiga, ulaming yashash 
tarziga, iqtisodiy faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatishini aytib, biroq u kishilik 
jamiyati taraqqiyotini ta ’minlovchi bosh omil bo‘la olmasligini uqtirgan. 
Bunday bosh omil odamlarning m ehnat taqsimoti asosida uyushtirilgan 
iqtisodiy faoliyat bo'lishi mumkin. Biroq, odamlar bir-birlari bilan yashash 
sharoitlarini, vositalarini yaratish maqsadidagina bog‘lanadilar, o ‘zaro 
yordamlashadilar.
U industrial, ya’ni m ehnatni tashkil etishning shahar shaklini yuqori 
baholaydi, uni ishlab chiqarishni rivojlantirishning oliy bosqichi deb 
ataydi. Chunki shahar ishlab chiqarish sharoitida moddiy va m a’naviy 
ne’m atlam i yaratish usullari takomillashadi, inson esa ijtimoiy ravnaq 
topishning yuqoriroq pog‘onasiga ko‘tariladi, shahar hayot tarzi hunar­
mandchilik rivojlanishiga hamda uning keng tarqalishiga asos bo'ladi. Shulaiga 
asoslanib, olim qayd etadiki, m ehnat qurollarining ishlab chiqarilishi va 
ijtimoiy m ehnat taqsim oti, tabiiy ravishda m ahsulot almashinuvini 
kengaytiradi. Almashuv jarayonida esa iste’mol rivojlanadi, odamlar ongi, 
tafakkuri o ‘sadi va daromadlar asosida yashash tarzi shakllanadi.

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling