Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


Mulk va mulkiy munosabatlar haqida


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/143
Sana15.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1703859
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   143
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q

Mulk va mulkiy munosabatlar haqida. Iqtisodiy munosbatlar markazida 
mulk va unga nisbatan vujudga keladigan odamlarning qarashlari turadi. 
Mulkiy munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlarining moddiy asosidir. 
Iqtisodiyot nazariyasining ana shu adolatli xulosasi mamlakatimizda olib 
borilayotgan, tobora chuqurlashtirilib borayotgan iqtisodiy islohotlarga
1 O 'sha asar, 64-bet.
2 I. Karimov. O 'zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo'lida, 19-bet.
’ Q utadq'u bilig. Т., 1991. 64-bet.
60


ham singdirilmoqda. Prezidentimizning « 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘a- 
sida...» nomli asarida odamlarni mulkdor qilish, o ‘rta mulkdorlar sinfini 
vujudga keltirish kechiktirilmas vazifa ekanligi uqtirildi. Bunday xulosalar 
ulug‘ shoirim iz Y usuf Xos Hojibning quyidagi iqtisodiy g‘oyasiga 
asoslanilgan bo'lsa ajab emas:- «Moli bo‘lsa kishi bilim o'rganadi, barcha 
ezgulikka qo‘l cho‘zadi. Bu mol bilan kishi tilak tilasa (mehnat qilsa - 
muallif), mol-dunyosi bir yo'lak, ya’ni vosita bo'lib, yuqoriga ko'tariladi1». 
«... kishining moli bo‘lmasa, barcha ezguliklarga ham uning qo‘li qisqalik 
qiladi2». Ana shu iqtisodiy fikrlar necha asrlardan oshib, bizgacha yetib 
kelgan va m a’naviy mulkimizga aylangan. «Qutadg'u bilig» asarining 
iqtisodiy g'oyalar qamrovi juda keng va nufuzlidir. U nda boshqaruv ilmiga 
oid, elni, yurtni idora qilishga oid fikrlar ham ifodalangan.
Yusuf Xos Hojib har bir insonni hunar o'rganishga, hunarli bo‘lishga 
chaqiradi. U «turli-tuman hunarlarni o ‘rganmaslik tubanlik belgisidir»- 
degan fikrni ilgari suradi. Bu fikr, keyinchalik, Sharq xalqlarining 
umummilliy qoidasiga aylanib ketdi. M a’lumki, bu g‘oya ulug‘ donishmand 
Bahouddin Naqshband tom onidan “Dast ba koru dil ba yor” , ya’ni 
«qo‘lingiz ishda bo‘lsin, qalbingiz Allohda bo‘lsin» iborasi bilan rivojlan- 
tirildi.
«Qutadg‘u bilig» asarida alloma dehqonlar, savdogarlar, chorvadorlar, 
turli-tum an hunar sohiblari xususida alohida-alohida boblar zikr etilgan. 
Masalan, dehqonlarga bag‘ishlangan bobda quyidagi misralar bor: 
«Qimirlagan jonga naf berar ular,
Yeyishu ichishga jon bergan shular 
Nafas olgan butun tirik jonivor 
Dehqondan bo‘lmog‘i kerak minnatdon>.
Asarda noz-ne’maf yaratuvchilarning yana bir toifasi-chorvadorlar 
haqida ham juda iliq fiklar bayon qilingan. Bu kasb egalariga ham yaxshi 
m ehnat va rag‘batlantirish sharoitlari yaratib berilishi kerakligi uqtiriladi.
K o'rinib turibdiki, Yusuf Xos Hojib juda ko‘p iqtisodiy fikrlami ilgari 
surgan.

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling