Learner Name: Mattiyev Inomjon Assessor Name
Download 47.78 Kb.
|
Moliyaviy rejalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chiqimlar/toʻlovlar
- Pul oqimi bashorati va pul oqimi togrisidagi hisobot ortasidagi farq
Kirimlar/tushumlar
Pul kirimlari yoki tushumlari biznes tashkilotiga turli manbalardan kelib tushuvchi pullardan iborat bo'lib, ularga quyidagilar kiradi: Kreditga savdo – mijoz xariddan keyin oldindan kelishilgan muddatda to'laydi, masalan 30 kun ichida Kredit– mashina va transport vositalari kabi aktivlarni sotib olishni moliyalashtirish uchun bank kreditlari Kiritilgan kapital – tadbirkorlik tashkiloti birinchi marta tashkil topganida yoki kengaytirilganda tadbirkorlar yoki aksiyadorlar tomonidan qo'yilgan pul Naqd savdolar – xaridor sotib olish vaqtida to'laydi Aktivlarni sotish – biznes tashkilotiga tegishli bo'lgan ammo kerak bo'lmagan narsalarni sotishdan tushadigan mablag'lar; bunday savdolar biznes tashkilotiga qisqa muddatli pul oqimini olib keladi Olingan bank foizlari – bank tomonidan kredit qoldiqlari bo'yicha to'lanadigan foizlar bo’yicha ketadi. Chiqimlar/toʻlovlar Pul chiqimlari yoki to'lovlari biznes tashkilotidan turli maqsadlar uchun chiqib ketadigan pullardan iborat bo'lib, ularga quyidagilar kiradi: Naqd xaridlar – biznes tashkiloti tomonidan sotib olingan va sotib olish vaqtida to'langan buyumlar Kreditga xarid – biznes tashkilot tomonidan sotib olingan va keyinchalik to'lovni amalga oshirgan narsalar Aktivlarni sotib olish – biznes tashkilotining bir yildan ko'proq vaqt davomida saqlaydigan uzoq muddatli aktivlari, masalan, texnika va transport vositalari Toʻlanadigan bank foizlari Ijara Stavkalar Ish haqlari Maoshlar Pul oqimi bashorati va pul oqimi to'g'risidagi hisobot o'rtasidagi farq Pul oqimi bashorati istiqbolli boʻlib kelajakda kutilayotgan pul tushumi va chiqimini bashorat qilishdir. Pul harakati to'g'risidagi hisobot oʻtmishga qarab ish koʻradi, yaʼni avval amalga oshirilgan pul tushumlari va chiqimlarining ro'yxatini aks ettiradi. Pul harakati to'g'risidagi hisobot, ayniqsa, biznes tashkilot qarz olishni istaganda muhimdir. Buning sababi shundaki, salohiyatli kreditorlar ushbu tashkilotning pul oqimiga oid tarixiy holati to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lish uchun hisobot bilan tanishishni xohlashlari mumkin. Pul oqimini bashorat qilish uchun ham hisobot kerak boʻlishi mumkin. Bu, shuningdek, biznes tashkilotining pul oqimini qanchalik yaxshi bashorat qilishini ko'rsatadi. Download 47.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling