Learner Name: Mattiyev Inomjon Assessor Name


Download 47.78 Kb.
bet5/6
Sana08.02.2023
Hajmi47.78 Kb.
#1168540
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliyaviy rejalashtirish

Soliq-12%
Divident- 50%
Zn.Mm=3 000 000 000 / (24 000 – 20 000)= 75 000 000
Foyda. Mm= (3 000 000 000+ 1 000 000 000)/(24 000-20 000)=100 000 000
Jami kirim=37 500 000*24 000=24 000 000 000
Jami o’zgaruvchan xarajatlar=20 000*100 000 000=20 000 000 000
Jami chiqim- 20 000 000 000+3 000 000 000=20 300 000 000
Foyda- 20 400 000 000-20 300 000 000 =1 100 000 000
Shu kabi misollar tariqasida kurishimiz mumkin.


Biznes risklar
Pul oqimining bashoratlari va zararsizlik nuqtasini hisoblash bashoratlarga asoslanadi. Biznes tashkilotlari faol muhitda ish olib boradi. Natijada, zararsizlik nuqtasini hisoblash yoki pul oqimi bashoratini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xarajatlar va daromadlar bashoratlari o'zgarishi mumkin. Xuddi shu kabi ular noto'g'ri taxminlarga asoslanishi ham mumkin. Bu, ayniqsa, start-up biznes tashkilotiga tegishli bo'lishi mumkin, sababi ular oʻz xarajatlarini mensimay yoki savdo-sotiqqa oʻta kirishib ketishadi.
Biznes tashkilotlari pul oqimlari va zararsizlik nuqtasi tahlilidan foydalanib, ushbu o'zgaruvchilar o'zgarganda duch kelishi mumkin bo'lgan moliyaviy risklarni baholashlari mumkin. Buni "nima bo'ladi" tahlili yordamida amalga oshirish mumkin. Ushbu turdagi tahlillar yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qanday o'zgarishlarni va ularning bashorat natijalariga qanday ta'sir qilishini ko'rib chiqadi
Xarajatlarga bogʻliq risklar
Moliyaviy risklar xarajatlarning o'zgarishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bunday o'zgarishlar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • Doimiy xarajatlar o'zgarishi - masalan, uy egasi binolarning ijara haqini oshiradi yoki hukumat foiz stavkalarini va/yoki tijorat stavkalarini oshiradi.

  • Ta'minotchilar bilan bog'liq o'zgaruvchan xarajatlarning o'zgarishi - masalan, yetkazib beruvchi o'z to'lovlarini ko'paytirishi yoki biznes tashkilot boshqa yangi qimmatroq yetkazib beruvchini tanlashi kerak bo'lishi mumkin (mavjud yetkazib beruvchi endi ularning ehtiyojlarini qondira olmagani bois). Yoki boʻlmasam, biznes tashkilot arzonroq bo'lgan yangi yetkazib beruvchini topishi mumkin. Biroq, bu ham yaxshigina xavf tug'diradi, chunki yangi yetkazib beruvchi past sifatli tovarlarni yetkazib berishi mumkin. Bu keyinchalik biznes tashkilotining yakuniy mahsuloti sifatiga ta'sir qilishi va uning obro'siga putur yetkazishi mumkin

  • Yarim o'zgaruvchan xarajatlarning o'zgarishi, bu xarajatlarning doimiy yoki o'zgaruvchan qismi o'zgarishi bilan bogʻliq - masalan, telefon biznesi bilan shugʻullanuvchi tashkilot aloqa tarmogʻi ijarasini oshirishi (doimiy xarajat elementi) yoki qo'ng'iroq uchun to'lovni (bu o'zgaruvchan xarajatlar elementi) oshirishi mumkin.

  • Umumiy xarajatlarning o'zgarishi doimiy, o'zgaruvchan yoki yarim oʻzgaruvchan xarajatlar o'zgarishi natijasida yuz beradi.

  • Xarajatlar o'zgarishi, chet eldan olib kelinadigan resurs narxlarining o'zgarishi tufayli ham roʻy berishi mumkin. Bu xorijiy mamlakatlardagi xarajatlarning o'sishi (import inflyatsiyasi deb nomlanuvchi) yoki valyuta kurslarining o'zgarishi natijasida kuzatiladi. Mamlakat valyutasi tobora kuchayib borishi bilan import xarajatlari arzonlashadi va aksincha bo’lishi ham mumkin.



Download 47.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling