Lecture №11. Automation of assembling processes. 11-ma’ruza
Mashinalarning ishlab chiqarishda yig`ish
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Lecture №11
11.1. Mashinalarning ishlab chiqarishda yig`ish
jarayonlarining ahamiyati. Yig`ish ishi ishlab chiqarish jarayonida oxirgi bosqich xisoblanadi. Bunda aloxida detal va qismlardan tayyor maxsulot yig`iladi. Yig`ish ishining sifati mashinalarning ishlash davridagi ishonchliligiga va chidamliligiga sezilarli ta’sir etadi.
Yig`ilgan maxsulot-mashina-aloxida detallarini bir-biriga yetarli aniqlikda biriktirilmasa bu detallar berilgan aniqlikda tayyorlangan bo`lsa xam ishlash davrida sifatli va ishonchli ishlamaydi. Shuning uchun mashinasozlikda yig`ish jarayoniga katta axamiyat beriladi. Bunga yana shuni qo`shish mumkinki, yig`ish ishining xajmi juda katta.
Yig‘ish texnalogiyasini o‘ziga xosligi. Seriyalab ishlab chiqarish sharoitida yig‘ishni qo‘l bilan bajariladigan chilangarlik ishlarini almashtiruvchi xar-xil ko‘rinishdagi mahsulotlardan foydalaniladi, masalan, elektor va pnevmatik detallar, gayka buragichlar, atvyorkalar, ishqalab pardozlovchi qurulma, parchinlovchi mashinalar, presslar va boshqalar. Yig‘ish seriyasini unumdorligini oshirishda detallarni o‘rnatish va biriktirish uchun, yig‘iladigan qismlarni baza detallarni maxkamlash uchun, ochkichlar (syomniklar), skobalar, tutqichlar, buriluvchi moslamalar, ag‘dargichlar, yig‘ish ishlarini to‘g‘riligini tekshiruvchi moslamalar, boshqaruvchi moslamalar va sh.o‘. maxsus moslamalardan foydalaniladi. Ko‘p seriyali va yalpi ishlab chiqarishda yig‘ish ishlarini ta’minlashda keng ko‘lamda avtomatlashtirilgan yig‘uvchi qurilmalar va avtomatlashtirilgan liniyalar qo‘llaniladi. Detallarni avtomatlashtirilgan yig‘ish ishlari bajariladigan joyga uzatib berishda xar xil ko‘rinishdagi bunkerli joylovchi qurilmalar, detallarni donalab uzatib
berishda shiberli ta’minlagich, jiloba,
detallarni transiportirovkalash va xolatini ta’minlab beruvchi sklizlar va mexanik manpulyatorlardan foydalaniladi.
Avtomatlashtirilgan yig‘ish
qurilmalar detallarni avtomatlashtirilgan sistema orqali uzatish va ularni yig‘ishni bajaruvchi mexanizmdan tashkil topadi, masalan, vintlarni uzatishni va burab maxkamlashni avtomatlashtiruvchi qurilma. Avtomatlashtirilgan yig‘ish liniyasi avtomatik ravishda qator yig‘ish ishlarini bajaruvchi operatsiyalar va stendrlardan tashkil topgan bo‘lib,ularda chilangar-yig‘uvchilar ishlaydi. Odatda, ular ancha murakkab va ma’suliyatli bo‘lgan, lekin xar xil sabablarga ko‘ra ularni avtomatlashtirish mumkin bo‘lmagan, yig‘uv operatsiyalarni bajaradi. Avtomatik liniyalarda yig‘ish, bunda boshidan oxirga qadar yig‘ish operatsiyalarda inson ishtirokisiz, mag‘sulotlarni yig‘ish ishlari bajariladi, masalan, tebranuvchi podshipniklarni yig‘uvchi avtomatlashtirilgan liniya, keramik rezistorlarni yig‘ish uchun rotorli stend va boshqalar. Keyingi
vaqtlarda seriyalab ishlab chiqarish sharoitida mahsulotlarni yig‘ish uchun moslanuvchan avtomatik liniyalar bunyod qilinmoqda. Bunday liniyalar qayta sozlanuvchan avtomatik yig‘uv ishlarini bajaruvchi mashinadan, almashtiriluvchi mashinadan, almashtiriluvchi dastur bilan ishlovchi robot-manipulyatordan va yig‘iladigan mahsulotlarga o‘zgaruvchan tezlikda xarakatini ta’minlash imkoniga ega bo‘lgan transportirovkalovchi mexanizmdan iborat bo‘ladi. Masalan, qishloq xo`jaligi mashinasozligida maxsulotni tayyorlash umumiy ish xajmining 20-30% ni yig`ish ish xajmi tashkil etadi, boshqa mashinalarda esa yig`ish ish xajmi umumiy ish xajmining 40-60% gacha boradi.
Yig`ish ishlariga sarf bo`ladigan vaqtga detalni tayyorlash uchun sarf bo`ladigan vaqtning nisbati, xamda yig`ish jarayonining aloxida bosqichlariga sarf bo`ladigan vaqt ishlab chiqarishning turiga va yig`ish usullariga bog`lik. Yig`ish ishlari vaqti mexanik ishlov berish vaqtining taxminan quyidagi foizini (%) tashkil etadi: Yakka tartibda va mayda mayda seriyali ishlab chiqarishda 40- 50%; O`rta seriyali ishlab chiqarishda 30-35%; Yirik seriyali ishlab chiqarishda 20-25%; Ommaviy ishlab chiqarishda 20% dan kam. Yig`ish ishlari uchun vaqt sarfi mashinani tayyorlash umumiy xajmini katta qismini tashkil qilganligi yig`ishning umumiy shaklning uzoq davomiyligi yig`ish ishlarini avtomatlashtirish muammosini muxim axamyatli qilib qo`yadi. Bu muammoni xal etish moxsulot sifatini oshirish, maxsulot ishlab chiqaruvchi tejamkorligi va mexnat unumdorligini oshirish masalalari bilan belgilanib qolmasdan, shu bilan birga muxim sotsial masalalardan xisoblangan, yig`ish jarayonining 60- 80 % ni tashkil etadigan qo`l mexnatini kamaytirish va keyinchalik butunlay tugatishdan iboratdir. Mamlakatimizdagi va chet eldagi ishlab chiqarish korxonalari tajribasi shuni ko`rsatadiki, mayda va o`rta buyumlarni yig`ishni avtomotlashtirish yig`ish baxosini 55-60 % ga kamaytiradi. Yig`ishni avtomotlashtirishni tashkil etishga qilingan sarf bir yarim yil ichida bo`shatilgan ishchilarning ish xaqi xisobiga qoplansa, yig`ishni avtomatlashtirish iqtisodiy jixatdan oqlanadi.
Mashinasozlik maxsulotlarini 75-80 % ni tashkil qiluvchi asosiy qismi maxsulot turi tez almashib turadigan seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida ishlab chiqariladi. Yig`ish ishlarini avtomatlashtirish tajribasi shuni ko`rsatadiki, u maxsulot ishlab chiqarish rejasi yetarli darajada katta bo`lgan xolda o`zini yaxshi oqlaydi. Mashinasozlikni seriyali ishlab chiqarish sharoitida avtomatik yig`ishning iqtisodiy samarasini ta’minlash uchun markazlashtirilgan tartibda ishlab chiqariladigan, unifikatsiyalanadigan va tipli detal va qismlardan yig`iladigan arzon,
moslanuvchan va
tez qayta
sozlanuvchan avtomatlar yaratilishi kerak. Avtomatik yig`ishda guruhli o`zaro almashinuvchanlik usuli (selektiv yig`ish) detallarning juda xam yuqori aniqlikdagi tutashmalarini ta’minlash zarur bo`lganda (masalan: dumalash podshipniklari) qo`llaniladi. Ushbu jadvaldan foydalanadigan avtomat jixozlar sxemasi o`lchov-saralash va majmualash qurilmalari xisobiga juda xam murakkablashib ketdi. Sozlash usuli avtomatik yig`ishda chegaralangan qo`llanishga ega. Jixozning sxemasi va konstruksiyasi sozlash va nazorat qilish qurilmalarini kiritish hisobiga murakkablashib ketdi. To`g`rilash usuli avtomatik yig`ishda qo`llanishi maqsadga movofiq bo`lmaydi. Yig`ish jarayoni mashinalarni tayyorlashning yakunlovchi bosqichi bo`lib, uning asosiy ekspluatatsiya sifatini aniqlaydi. Mashinaning yuqori ekspluatatsion xususiyatlariga erishish faqatgina muvaffaqiyatli konstruksiya yaratish yoki yuqori sifatli materiallarni
qo`llash orqali erishilmaydi. Ushbu sifatlar va o`ta aniq yuzali detallar o‘zaro birikkan yuza qatlarnlarining optimal holatini ta’minlarnay turib ta’minlay olmaydi. Mashinalarni tayyorlash jarayoni barcha ekspluatatsiya, shuningdek ekspluatatsiya chog‘idagi ishonchlilik va puxtalik ko‘rsatkichlarga erishishga yuqori sifatli yig‘ish, sozlash va sinash bosqichlarini shaoitlarida kafil bo‘lishi mumkin. Bu sifatli mahsulotni yig‘ish jarayonida turli sabablarga ko‘ra detallarning o‘zaro joylashishidagi xatoliklarning paydo bo‘lishi bilan yig‘ilayotgan mahsulotning aniqlik va ish sifatini sezilarli tushirishi bilan bog‘lanadi. Bunday xatoliklar sababi quyidagilar bo`lishi mumkin:
Ishchilar tomonidan yig`ilayotgaan detallarni mo`ljallash va o`rnatishda yo`l qo`yadigan xatolari; Yig‘ish jarayonida qo‘llaniladigan kalibr va o‘lchov qurilmalarini o‘rnatishdagi, sozlashdagi hamda mashinada detalning aniq joylashuvini nazorat qilishdagi nuqsonlar; O‘lchov asboblarining xatoligi; Kerakli joyga joylashtirish va o‘rnatish vaqti oralig‘ida detallarning nisbatan surilishi; Birikuvchi detal yuzalarida nuqsonlarning paydo bo‘lishi; Birikuvchi detallarni joylashtirish va o‘rnatish paytida ularning aniq va to‘liq bog‘lanishiga halaqit beradigan elastik va plastik deformatsiya. Yig‘uv ishlarini bajarish mashinalarni ishlab chiqarishga sarflanadigan umumiy mehnat hajmining katta qismini tashkil qiladigan ko‘p vaqt sarfi bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish turiga ko‘ra yig‘uv ishlariga sarflanadigan vaqt yapli va katta seriyali ishlab chiqarish sharoitida 20-30%ni,donalab va kichik seriyali ishlab chiqarishda 35-45%ni tashkil qiladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, chilangarlik - yig‘ish jarayonlarining 50 - 85% qo‘l mehnati orqali amalga oshiriladi va bu ko‘p inson mehnati va katta iqtisodiy xarajatlarni, shunindek, yuqori malakali ishchilar mehnatini talab qiladi. Ko`rsatib o`tilgan muammolar yig`ish sifati va unumdorligini ko`tarish muammolarini ko`paytiradi. MDH davlatlarida avtomatlashtirish o‘rtacha umumiy yig‘ish ishlari hajmining 7% ni qamrab olgan. Bu avvalo yig‘ish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi: 1. Yig‘ish hajmining murakkabligi va turli-tumanligi hamda yig‘ish uchun uskunalarning zarurligi; 2. Yig‘ish jarayonlari siklining qisqaligi (ayrim hollarda sekundning o‘ndan birida); 3. Detallarning bikr emasligi yoki elastikligi; 4. Harakatlarni bajaruvchi manipulyator, robotlar ishchi organlarining murakkabligi; 5. O`zaro birikkan detallarning kichik dopusk maydonlari va ularni moslash, to`g`rilash ishlarining zarurligi. Eng asosiysi, oxirgi o‘n yillikda yig‘ish jarayonlaridagi mehnat hajmining ulushi kamaymasdan, aksincha, ko‘paymoqda, bu esa zagotovkalarni olish va ulardan detallarni shakllantirish bosqichlarida avtomatlashtirish jarayonlarini keng tadbiq etish bilan bog‘liq. Qo‘l bilan yig‘ishdan avtomatik yig‘ishga o‘tish ham texnologik, ham konstruktorlik ko‘rinishdagi katta qiyinchiliklarga bog‘liq. 5-10 detaldan iborat buyumlarni yig‘ishda avtomatik liniyalar nisbatan o‘zini yaxshi oqlagan. Buyumdagi detallar sonini ko`payganda avtomatik liniya konstruksiyasining murakkabligi va ish ishonchliligini ozligi bilan farqlanadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling