Lecture №11. Automation of assembling processes. 11-ma’ruza


To`liq  o`zaro  almashuvchanlik  tamoyili


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana03.11.2021
Hajmi0.55 Mb.
#170229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Lecture №11

To`liq  o`zaro  almashuvchanlik  tamoyili  bo`yicha  yig`ish  yirik 

seriyali  va  ommaviy  ishlab  chiqarishlarda  detal  mexanika  tsexida 

chekli  kalibrlar  bo`yicha  ishlov  beriladi  va  dastgoxdagi  operatsiyalar 

detalga  kerakli  shakl  va  o`lcham  berilishi  uchun  ishlov  berishning 

oxirgi bosqichi xisoblanadi. 

Agar  yig`ishda  detal  biriktiriladigan  boshqa  detal  bilan  dastlab 

saralanmasdan yoki tanlamasdan tutashtirilsa va bunda biriktirish zarur 

va  qoniqtiruvchi  o`tkazishni  keltirish  jarayonsiz  xosil  qilinsa,  bunday 




yig`ish  to`liq  o`zaroalmashinuvchanlik  bilan  yig`ish  deyiladi,  bunday 

yig`ishda oqim bo`yicha yig`ish jarayonini tashkil etish mumkin. 

Biriktiriladigan  detallar  chekli  kalibrlar  bo`yicha,  biroq  katta 

dopusklar  bilan  tayyorlangan  bo`lsa,  yig`ish  detallarining  o`lchami 

bo`yicha  dastlabki  tanlab  olish  yo`li  bilan  amalga  oshirilsa  qisman 

o`zaroalmashinuvchanlik  bilan  yig`ish  deyiladi.  Biriktirishda  kerakli 

o`tkazishni  ta’minlaydigan  detallarni  o`lchami  bo`yicha  belgilangan 

dopusk  chegarasida  tayyorlangan  va  yig`ishga  kelgan  xar  qanday 

detallar ichidan olinishi individual tanlab olish orqali yoki belgilangan 

dopusk chegarasida o`lchamlari bo`yicha guruxlarga ajratib olish yo`li 

bilan  -  guruhli  tanlov  orqali  olish  mumkin.  Bunday  yig`ish  yirik 

seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda qo`llaniladi. 

Uzeli yig`ishda maxsulotning tarkibiy qismi yig`ma birligi (uzel) 

yig`ish ob’ekti xisoblanadi. Umumiy yig`ishda yaxshi maxsulot yig`ish 

ob’ekti bo`lib xisoblanadi. 

Yig‘ish  -  zagotovka  yoki  mahsulotning  tarkibiy  qismlarini  bir 

ajralmas yoki ajraluvchi bo‘lak hosil qilishdir. Yig`ish detallarni oddiy 

biriktirish,  ularni  presslash,  rezba  orqali  biriktirish,  payvandlash, 

qalaylash,  kleylash  va  boshqalar  orqali  amalga  oshirilishi  mumkin. 

Yig`ish  hajmiga  ko`ra  umumiy  yig‘ish  yoki  uzelli  yig‘ish  turlariga 

bo‘linadi. 

Donalab  va  kichik  seriyali  ishlab  chiqarish  sharoitlarida  yig‘ish 

isholarining  asosiy  qismi  umumiy  yig‘ish  va  ozgina  qismi  esa  alohida 

yig‘uv  birikmalarini  amalga  oshirish  bilan  bajariladi.  Ishlab  chiqarish 

seriyasining  o‘sishi  bilan  yig‘ish  ishlari  ko‘proq  alohida  yi`guv 

birikmalarini yig‘ishga bo‘linadi, yalpi va katta seriyali ishlab chiqarish 




sharoitlarida  yig‘uv  birikmalarning  ulushi  asosiy  qigiuv  jarayoni 

ulushidan oshib ketadi. 

Bu 

yig`ish 


ishlarini 

mexanizatsiyalashishi 

va 

avtomatlashtirilishiga va unumdorlikning o`sishiga olib keladi. Yig`ish 



jarayoni  davriga  ko`ra  dastlabki,  oraliq,  payvandlash  orqali  yig‘ish  va 

tugal  yig‘ish  bosqichariga  bo‘linadi.  Dastlabki  yig`ish  -  kelgusida 

qaytadan qismlarga ajratiladigan zagotovkalar tarkibiy qismi yoki to`liq 

mahsulotni yig`ish. 

Masalan,  qo`zg`almas  kompensator  o‘lchamlarini  aniqlash 

maqsadida  dastlabki  yig‘ish.  Oraliq  yig`ish  -  birga  ishlov  berish 

maqsadida  zagotovkalarni  yig‘ish.  Reduktor  korpusi  va  qopqog‘ini 

podshipnik  o‘rnatiladigan  teshikka  ishlov  berish  maqsadida  yig‘ish, 

shatun  va  shatun  qopqog‘ini  kolen  valdagi  shatun  bo‘g‘ziga  ishlov 

berish  uchun  yig‘ish  va  boshqalar.  Payvandlash  orqali  yig‘ish  - 

zagotovkalarni  payvandlash  orqali  yig‘ishlar  bularga  misol  bo’la 

oladi. 

Detallarni  payvandlash  orqali  yig‘ishjarayoni  ko‘pgina  hollarda 

umumiy  yoki  birikmalarni  yig‘ish  bosqichida  amalga  oshiriladi. 

Payvandlash  ishlarining  katta  qismi  turli  transport  mashinalarning 

kabina  va  kuzov  qismlarini  tayyorlashda  qo‘llaniladi.  Payvandlash 

jarayonida  asos,  kabina  va  kuzavning  boshqa  elementlari  mahsus 

fiksatorlar  moslamalari  yordamida  ushlab  turiladi  va  bu  orqali 

elementlarning o‘zaro to‘g‘ri joylashuvi ta’minlanadi. 




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling