Lecture №11. Automation of assembling processes. 11-ma’ruza


 Yig`ishning tashkiliy shakllari. Oqim bo`yicha yig`ish


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana03.11.2021
Hajmi0.55 Mb.
#170229
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Lecture №11

11.3. Yig`ishning tashkiliy shakllari. Oqim bo`yicha yig`ish. 

Yig`ish ishlarining tashkiliy shakllariga ko`ra yig`ish ikkita asosiy 

turga bo`linadi: statsionar va xarakatdagi. 

Statsionar  yig`ish  ishchilar  guruxi  (brigada)  tomonidan  bitta 

qo`zgalmas  joyda  amalga  oshiriladi,  bu  joyga  barcha  detall  va  uzellar 

olib  kelinadi.  Xarakatdagi  yig`ishda  maxsulot  bir  ishchi  joyidan 

keyingisiga  xarakatlanib  o`tadi.  Bu  ishchi  joylarida  ishchi  yoki 

ishchilar  guruxi  tomonidan  xar  bir  o`zgarmas  ish  joyida  bitta 

takrorlanuvchi  operatsiya  bajariladi,  bunda  xar  bir  ish  joyida  tegishli 

asbob va  moslamalar  mavjud bo`lib, bu joyga ushbu operatsiya uchun 

zarur bo`lgan detallar va uzellar olib kelinadi. Statsionar yig`ish yakka 

tartibda  va  seriyali  ishlab  chiqarishda,  ayrim  yig`ma  birliklar  uchun 

ommaviy ishlab chiqarishda qo`llaniladi. 



Xarakatdagi  esa  seriyali  va  ommaviy  ishlab  chiqarishda 

qo`llaniladi. Umumiy yig`ish jarayonini bajarishning ko`rsatib o`tilgan 

tashkiliy shakllarida ishni turli usullar bilan bajarish mumkin. 



Birinchi  usulning  mohiyati  shundan  iboratki,  bunda  mashina 

to`laligicha  aloxida  detallardan  yig`uvchilarning  bitta  brigadasi 

tomonidan  boshidan  oxirigacha  bitta  joyda  yig`iladi.  Bunda  bitta  ish 

joyida  yig`ish  operatsiyalarini  konsentratsiyalash  tamoyili  amalga 

oshiriladi.  Bu  usul  yakka  tartibda  ishlab  chiqarish  turiga  xos  bo`lib, 

shuning  uchun  individual  yig`ish  deb  ataladi.  Mashinaning  yig`ish 

uchun  vaqt  sarfi  katta,  natijada  bu  usulni  qo`llash  yig`ish  tannarxini 

oshirib  yuboradi.  Bunday  xolat  ushbu  usulni  takomillashmagan  degan 

xulosaga olib keladi va texnik-iqtisodiy yaxshi unum beradigan boshqa 

usullarni qo`llashga undaydi. 



Ikkinchi usulning moxiyati shundan iboratki, bunda mashinaning 

aloxida  detal  va  usullari  ishchilarning  bitta  brigadasi  tomonidan 

umumiy  yig`ish  stendidan  tashqarida  yig`ib  olinadi,  bunda  bu  brigada 

umumiy  yig`uvchilar  brigadasi  tarkibiga  kirmaydi.  Bu  usul  yanada 

unumli bo`ladi, chunki detallar yig`ma birlikka avvaldan yig`ib olinadi, 

buning  natijasida  mashina  umumiy  yig`ish  stendida  bekor  turib  qolish 

vaqti  kam  bo`ladi.  Bu  usulni  seriyali  ishlab  chiqarishda  statsionar 

yig`ishda qo`llanadi. 



Uchinchi  usulning  moxiyati  shundan  iboratki,  yig`ish  jarayoni 

aloxida  operatsiyalarga  differensiyalanadi,  bunda  xar  bir  operatsiya 

ma’lum bir ish joyida (xarakatdagi yoki statsionar) ma’lum ishchi yoki 

ishchilar  brigadasi  tomonidan  bir  xil  (imkon  boricha)  vaqt  oralig`iga 

yig`ish  taktiga  amal  qilgan  xolda  bajariladi,  bu  uzluksiz  (oqim 

bo`yicha)  yig`ish  jarayonini  yaratadi.  Bu  usul  ommaviy  va  seriyali 

(ko`pincha  yirik  seriyali)  ishlab  chiqarishda  oqim  bo`yicha  yig`ishda 

qo`llaniladi. 





Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling