fayllar.orgma'muriyatiga murojaat qiling
chiqarishlarda, xamda og`ir vaznli yirik maxsulotlarni mayda seriyali
ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Oqim bo`yicha xarakatdagi yig`ish. Oqim bo`yicha xarakatdagi
yig`ish, yoki ba’zida qo`zg`aluvchan ob’ekt bilan oqim bo`yicha
yig`ish deb ataladi, turli ko`rinishdagi tashuvchi qurilmalar yordamida
amalga oshiriladi:
a) roliklarda;
b) qo`lda suriladigan relsli va relsli aravalarda;
v)
elektrodvigatel
xarakatlanadigan,
bir-biri
bilan
g) tasmali, plastinkali va osma aylanma konveyrlarda;
d) aniq bir maxsulot uchun moslangan maxsus yig`ish konveyrlarda;
e) yig`iladigan mashina o`zining g`ildiragida (masalan, vagon,
lokomotiv) yoki vaqtincha o`rnatilgan g`ildiraklarda xarakatlanishi
uchun relsli yo`llarda;
z) karuselli stollarda.
Oqim bo`yicha xarakatdagi yig`ish quyidagi tarzda amalga
oshiriladi. Yig`ish jarayoni bajarish uchun kam va taxminan bir xil vaqt
sarf bo`ladigan oddiy operatsiyalarga taqsimlanadi, xar bir operatsiya
uchun ma’lum ish joyi belgilanadi va ma’lum bir ishchi (yoki ishchilar
guruxi) faqat bitta operatsiyani bajaradi.