Lecture №11. Automation of assembling processes. 11-ma’ruza
Maxsulotni avtomatik yig`ishning tipli yig`ish jarayoni
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Lecture №11
Maxsulotni avtomatik yig`ishning tipli yig`ish jarayoni
quyidagi o`tishlardan tashkil topgan: Tutashadigan detallarni nuqta va belgilar orqali yig`ish pozitsiyasiga uzatishda dastlabki orientirlash bilan bunkerli yuklash yoki tashish qurilmalariga yuklash; Yig`ish pozitsiyasiga tutashadigan detallar sirtlarining xolatini talab qilingan aniqlik bo`yicha fazoda orientirlash; Tutash detallar yoki yig`ma birliklarning talab qilingan nisbiy xolati aniqligini nazorat qilish; Tayyor yig`ma birlik yuklash va tashish. Avtomatik yig`ishning texnologik jarayonini loyihalashda texnologik operatsiyalarning barcha o`tishlarini avtomatlashtirish zarurligi ko`zda tutiladi. Yig`ish jarayonida detalning xolati eng kam miqdorda o`zgarishini ta’minlash, texnologik jarayonlarni oqim bo`yicha tuzishni va yig`ish operatsiyalari va o`tishlar nazorat qilish bilan ketma-ketlikda qurishni ta’minlanadi. Texnologik jarayon yig`ish pozitsiyasiga berilgan xolatda detallarni uzatishdan boshlanadi. Buning uchun tegishli passiv va aktiv orientirlovchi orientirlash qurilmalaridan foydalaniladi. Birinchi xolatda noto`g`ri orientirlangan detallar tebranma bunkerdan uloqtirib tashlanadi. Aktiv orientirlashda ta’minlash mexanizmidagi maxsus qurilmalar detalni noto`g`ri xolatga majburiy o`rnatadi, buning uchun ma’lum bir vaqt sarflanadi, bu vaqt ichida orientirlash qurilmasi oldida uzatiladigan detallarning navbati xosil bo`ladi. Bazaviy detallarni yig`ish pozitsiyasiga o`rnatish detal
o`lchamlarining belgilangan dopuski oralig`ida tutash sirtlarning stabil xolatini ta’minlashni xisobga olgan xolda olti nuqta qoidasiga binoan amalga oshiriladi: dastlabki o`rnatish va orientirlash, yakuniy fiksatsiyalash. Avtomatik yig`ishning texnologik jarayonini ishlab chiqish xar bir detalga ajratilgan xolda yig`ishning sxemasi qurilishi kerak. Aloxida operatsiya va o`tishlarning tegishli xarakteristikali texnologik sxema avtomatik yig`ishning jixozini loyxalash uchun asos bo`ladi. Yig`ish sxemasida yig`iladigan detallar va yig`ma birliklar to`rtburchak qilib ko`rsatilgan, operatsiyalar - ketma-ketlikdagi raqam bilan aylana ko`rinishida bo`ladi. Yig`ma jixozning pozitsiyasini aniqlovchi operatsiyalar sxemada quyidagi xarflarda belgilanadi: P - detalni surish va o`rnatish; K - nazorat qilish; O - ishlov berish; Z - maxkamlash; V - yig`ilgan uzelni o`rnatish; U - sifatsiz uzelni olib tashlash. Xar bir operatsiyaning davomiyligi biriktirish konstruksiyasini, tutashma xarakterini, yig`ish jihozining bajaruvchi organlarining ishchi xarakatlarining trayektoriyasi va tezligini xisobga olgan xolda aniqlanadi. Avtomatik yig`ishning texnologik jarayonini loyihalashda avval differensiallangan variant ishlab chiqiladi. Bunda xar bir operatsiya uchun bajaruvchi mexanizmning turi va xar bir operatsiyaning bajarilish davomiyligi aniqlanadi. Keyin avtomatik jihozda ishchi
pozitsiyalarini kamaytirish maqsadida operatsiyalarini konsentratsiyalash imkoni ko`rib chiqiladi. Operatsiyalarini konsentratsiyalash jihoz
konstruksiyasini ortiqcha murakkablashtirib yuborishiga olib kelishi mumkinligini, uning ishlash ishonchliligini kamaytirish mumkinligini, xamda yig`ish qurilmasini sozlash va ishlatishni qiyinlashtirishi mumkinligini xisobga olish zarur. Avtomatik yig`ishda yig`ish pozitsiyasiga detallarni o`zaro orientirlash eng murakkab va ma’suliyatli o`tish bo`lib xisoblanadi. Bunda detallar bir-biriga nisbatan ketma-ket xarakatlar bilan xalaqit qilmasdan yig`ish mumkin bo`lgan xolatda joylashishi kerak. Orientirlash usullariga talablar qo`yiladi, ya’ni detallarning o`lchamlari ularning dopuski oralig`ida tebranishi detallarning xolatiga kam ta’sir qilsin.
Yig`ishdan oldin detallarni nisbiy orientirlashni amalga oshirishning usuli mavjud: qattiq bazalash va o'zi orientirlash. Avtomatik yig`ishning ayrim xollarida qattiq bazalash usuli detallarni to`liq tutashtirishga to`liq kafolat bera olmaydi, shuning uchun avtomatlashtirishda yig`ishning ishonchliligini oshirish maqsadida o`zi orientirlash (o`zi qidirish) usuli qo`llaniladi. Yig`iladigan detallarni o`zi orientirlaydigan qurilmaga tebranuvchi qurilma xizmat qilishi mumkin. Ushbu qurilma bir-biriga nisbatan perpendikulyar joylashgan, yig`ish moslamasining bajaruvchi elementlari bilan qattiq bog`langan bo`ladi. Avtomatik yig`ish texnologiyasining yangi yo`nalishi xisoblangan yig`ish ishlarini tutashadigan detallarni tayyorlash jarayoni bilan keng ko`lamda olib boriladi, xamda avtomatlarda uzel detalini yig`ishni ishlov berish ishlari bilan birgalikdagi qo`shilgan operatsiyalarni kiritiladi. Avtomatik yig`ishning xozirgi paytda yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda unga katta bo`lmagan uzellarni qo`llaniladigan yig`ish uskunalarida amalga oshiriladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling