Lecture №11. Automation of assembling processes. 11-ma’ruza


Avtomatik  yig`ish  jihozlarining  asosiy  uzellariga  quyidagilar


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana03.11.2021
Hajmi0.55 Mb.
#170229
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Lecture №11

Avtomatik  yig`ish  jihozlarining  asosiy  uzellariga  quyidagilar 

kiradi: 

 

yig`iladigan  detallarning  zaxirasini  xosil  qiluvchi  yuklovchi 



bunker yoki magazinli uskuna; 

 

yig`ish pozitsiyasiga orientirlangan  xolatda detallarni  yetkazib 



beruvchi orientirlash uskunasi

 

yig`ish  pozitsiyasiga  orientirlangan  detallarni  uzatuvchi 



ta’minlash mexanizmlari; 

 

orientirlangan  detallarni  ta’minlash  mexanizmlaridan  qabul 



qiluvchi  va  tutashtirish  amalga  oshirilgunga  qadar  ma’lum  bir 

xolatda ushlab turuvchi yig`ish pozitsiyalari; 

 

tutashtirishni  bajarish  uchun  mexanizmlar  (presslar,  vint 



burovchilar, yig`uvchilar va shunga o`xshash uskunalar). 

Agar  yig`ish  ko`p  pozitsiyali  bo`lsa,  uskuna  tarkibiga  yana 

burilish  stoli  (yig`ish  avtomatlari  yoki  transporter  (avtomatik  yig`ish 

liniyalari)  ko`rinishidagi  operatsiyalararo  tutashuvchi  mexanizmlar 

xam kiradi. 

Selektiv  yig`ishda  yig`ish  uskunasi  tarkibiga  uzelni  yig`ishdan 

oldin  detallarni  o`lchash  va  bitta  yoki  bir  necha  o`lcham  guruxlariga 

saralash uchun nazorat - saralovchi avtomat xam kiradi. 




Oddiy  konfiguratsiyali  mayda  va  o`rta  o`lchamli  detallar 

(shaybalar,  disklar,  valiklar,  vtulkalar  va  boshqalar)  yig`ish 

pozitsiyasiga bunkerdan uzatiladi. Bunkerga bir necha soatga yetadigan 

miqdorda detallar  yuklab  qo`yiladi.  Yanada  murakab shaklli detallarni 

magazinlarga  yuklanadi.  Yirik  va  murakkab  detallar  (korpuslar, 

karterlar) yig`ish pozitsiyasiga qo`lda o`rnatiladi. 

Yig`ish 

jihozining 

turini 

tanlash 


yig`iladigan 

uzelning 

konstruksiyasiga,  maxsulotni  yillik  ishlab  chiqarish  xajmiga  va 

stabilligiga bog`liq. 

Quyida  turli  xildagi  yig`ish  jixozlaridan  foydalanilganda 

maxsulotni  yillik  ishlab  chiqarish  qiymati  keltirilgan  (ming  dona 



xisobida)

Yig`ish  moslamalari,  mexanizatsiyalashgan  asbob  (gayka  burovchi, 

vint burovchi va boshqalar) …………………….20 gacha 

Yig`ish  joyiga  detalni  mexanizatsiyalashtirilgan  uzatishga  ega  bo`lgan 

yig`ish qurilmalari ………………20-100 

Bir pozitsiyali yarim avtomatlar ……………………100-200 

Ko`p pozitsiyali yarim avtomatlar …………………..200-1000 

Avtomatik yig`ish liniyalari ………………1000 dan ortiq. 




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling