Lecture №11. Automation of assembling processes. 11-ma’ruza


  Mashinalarning ishlab chiqarishda yig`ish


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana03.11.2021
Hajmi0.55 Mb.
#170229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Lecture №11

11.1.  Mashinalarning ishlab chiqarishda yig`ish 

jarayonlarining ahamiyati. 

Yig`ish  ishi  ishlab  chiqarish  jarayonida  oxirgi  bosqich 

xisoblanadi.  Bunda  aloxida  detal  va  qismlardan  tayyor  maxsulot 

yig`iladi.  Yig`ish  ishining  sifati  mashinalarning  ishlash  davridagi 

ishonchliligiga va chidamliligiga sezilarli ta’sir etadi. 



Yig`ilgan  maxsulot-mashina-aloxida  detallarini  bir-biriga  yetarli 

aniqlikda  biriktirilmasa  bu  detallar  berilgan  aniqlikda  tayyorlangan 

bo`lsa  xam  ishlash  davrida  sifatli  va  ishonchli  ishlamaydi.  Shuning 

uchun  mashinasozlikda  yig`ish  jarayoniga  katta  axamiyat  beriladi. 

Bunga  yana  shuni  qo`shish  mumkinki,  yig`ish  ishining  xajmi  juda 

katta. 


Yig‘ish texnalogiyasini o‘ziga  xosligi.  Seriyalab ishlab chiqarish 

sharoitida  yig‘ishni  qo‘l  bilan  bajariladigan  chilangarlik  ishlarini 

almashtiruvchi  xar-xil  ko‘rinishdagi  mahsulotlardan  foydalaniladi, 

masalan, elektor va pnevmatik detallar, gayka buragichlar, atvyorkalar, 

ishqalab  pardozlovchi  qurulma,  parchinlovchi  mashinalar,  presslar  va 

boshqalar. 

Yig‘ish seriyasini unumdorligini oshirishda detallarni o‘rnatish va 

biriktirish  uchun,  yig‘iladigan  qismlarni  baza  detallarni  maxkamlash 

uchun,  ochkichlar  (syomniklar),  skobalar,  tutqichlar,  buriluvchi 

moslamalar,  ag‘dargichlar,  yig‘ish  ishlarini  to‘g‘riligini  tekshiruvchi 

moslamalar, boshqaruvchi moslamalar va sh.o‘. maxsus moslamalardan 

foydalaniladi. 

Ko‘p  seriyali  va  yalpi  ishlab  chiqarishda  yig‘ish  ishlarini 

ta’minlashda  keng  ko‘lamda  avtomatlashtirilgan  yig‘uvchi  qurilmalar 

va 

avtomatlashtirilgan 



liniyalar 

qo‘llaniladi. 

Detallarni 

avtomatlashtirilgan  yig‘ish  ishlari  bajariladigan  joyga  uzatib  berishda 

xar  xil  ko‘rinishdagi  bunkerli  joylovchi  qurilmalar,  detallarni  donalab 

uzatib 


berishda 

shiberli 

ta’minlagich, 

jiloba, 


detallarni 

transiportirovkalash va xolatini ta’minlab beruvchi sklizlar va mexanik 

manpulyatorlardan foydalaniladi. 



Avtomatlashtirilgan 

yig‘ish 


qurilmalar 

detallarni 

avtomatlashtirilgan sistema orqali uzatish va ularni yig‘ishni bajaruvchi 

mexanizmdan  tashkil  topadi,  masalan,  vintlarni  uzatishni  va  burab 

maxkamlashni avtomatlashtiruvchi qurilma. 

Avtomatlashtirilgan  yig‘ish  liniyasi  avtomatik  ravishda  qator 

yig‘ish ishlarini bajaruvchi operatsiyalar va stendrlardan tashkil topgan 

bo‘lib,ularda  chilangar-yig‘uvchilar  ishlaydi.  Odatda,  ular  ancha 

murakkab va ma’suliyatli bo‘lgan, lekin xar xil sabablarga ko‘ra ularni 

avtomatlashtirish mumkin bo‘lmagan, yig‘uv operatsiyalarni bajaradi. 

Avtomatik  liniyalarda  yig‘ish,  bunda  boshidan  oxirga  qadar 

yig‘ish operatsiyalarda inson ishtirokisiz, mag‘sulotlarni yig‘ish ishlari 

bajariladi, 

masalan, 

tebranuvchi 

podshipniklarni 

yig‘uvchi 

avtomatlashtirilgan  liniya,  keramik  rezistorlarni  yig‘ish  uchun  rotorli 

stend va boshqalar. 

Keyingi 


vaqtlarda 

seriyalab 

ishlab 

chiqarish 

sharoitida 

mahsulotlarni yig‘ish uchun moslanuvchan avtomatik liniyalar bunyod 

qilinmoqda.  Bunday  liniyalar  qayta  sozlanuvchan  avtomatik  yig‘uv 

ishlarini 

bajaruvchi 

mashinadan, 

almashtiriluvchi 

mashinadan, 

almashtiriluvchi  dastur  bilan  ishlovchi  robot-manipulyatordan  va 

yig‘iladigan mahsulotlarga o‘zgaruvchan tezlikda xarakatini ta’minlash 

imkoniga  ega  bo‘lgan  transportirovkalovchi  mexanizmdan  iborat 

bo‘ladi.  Masalan,  qishloq  xo`jaligi  mashinasozligida  maxsulotni 

tayyorlash  umumiy  ish  xajmining  20-30%  ni  yig`ish  ish  xajmi  tashkil 

etadi, boshqa mashinalarda esa yig`ish ish xajmi umumiy ish xajmining 

40-60% gacha boradi. 



Yig`ish ishlariga sarf bo`ladigan vaqtga detalni tayyorlash uchun 

sarf  bo`ladigan  vaqtning  nisbati,  xamda  yig`ish  jarayonining  aloxida 

bosqichlariga sarf bo`ladigan vaqt ishlab chiqarishning turiga va yig`ish 

usullariga bog`lik. Yig`ish ishlari vaqti mexanik ishlov berish vaqtining 

taxminan quyidagi foizini (%) tashkil etadi: 

 Yakka  tartibda  va  mayda  mayda  seriyali  ishlab  chiqarishda  40-

50%; 

 O`rta seriyali ishlab chiqarishda 30-35%; 



 Yirik seriyali ishlab chiqarishda 20-25%; 

 Ommaviy ishlab chiqarishda 20% dan kam. 

Yig`ish  ishlari  uchun  vaqt  sarfi  mashinani  tayyorlash  umumiy 

xajmini  katta  qismini  tashkil  qilganligi  yig`ishning  umumiy  shaklning 

uzoq  davomiyligi  yig`ish  ishlarini  avtomatlashtirish  muammosini 

muxim  axamyatli  qilib  qo`yadi.  Bu  muammoni  xal  etish  moxsulot 

sifatini  oshirish,  maxsulot  ishlab  chiqaruvchi  tejamkorligi  va  mexnat 

unumdorligini oshirish masalalari bilan belgilanib qolmasdan, shu bilan 

birga muxim sotsial masalalardan xisoblangan, yig`ish jarayonining 60-

80  %  ni  tashkil  etadigan  qo`l  mexnatini  kamaytirish  va  keyinchalik 

butunlay tugatishdan iboratdir. 

Mamlakatimizdagi  va  chet  eldagi  ishlab  chiqarish  korxonalari 

tajribasi  shuni  ko`rsatadiki,  mayda  va  o`rta  buyumlarni  yig`ishni 

avtomotlashtirish  yig`ish  baxosini  55-60  %  ga  kamaytiradi.  Yig`ishni 

avtomotlashtirishni  tashkil  etishga  qilingan  sarf  bir  yarim  yil  ichida 

bo`shatilgan  ishchilarning  ish  xaqi  xisobiga  qoplansa,  yig`ishni 

avtomatlashtirish iqtisodiy jixatdan oqlanadi. 



Mashinasozlik  maxsulotlarini  75-80  %  ni  tashkil  qiluvchi  asosiy 

qismi  maxsulot  turi  tez  almashib  turadigan  seriyali  va  mayda  seriyali 

ishlab  chiqarish  sharoitida  ishlab  chiqariladi.  Yig`ish  ishlarini 

avtomatlashtirish  tajribasi  shuni  ko`rsatadiki,  u  maxsulot  ishlab 

chiqarish  rejasi  yetarli  darajada  katta  bo`lgan  xolda  o`zini  yaxshi 

oqlaydi. 

Mashinasozlikni  seriyali  ishlab  chiqarish  sharoitida  avtomatik 

yig`ishning  iqtisodiy  samarasini  ta’minlash  uchun  markazlashtirilgan 

tartibda  ishlab  chiqariladigan,  unifikatsiyalanadigan  va  tipli  detal  va 

qismlardan 

yig`iladigan 

arzon, 


moslanuvchan 

va 


tez 

qayta 


sozlanuvchan avtomatlar yaratilishi kerak. 

Avtomatik  yig`ishda  guruhli  o`zaro  almashinuvchanlik  usuli 

(selektiv  yig`ish)  detallarning  juda  xam 

yuqori  aniqlikdagi 

tutashmalarini  ta’minlash  zarur  bo`lganda  (masalan:  dumalash 

podshipniklari)  qo`llaniladi.  Ushbu  jadvaldan  foydalanadigan  avtomat 

jixozlar  sxemasi  o`lchov-saralash  va  majmualash  qurilmalari  xisobiga 

juda xam murakkablashib ketdi. 

Sozlash  usuli  avtomatik  yig`ishda  chegaralangan  qo`llanishga 

ega.  Jixozning  sxemasi  va  konstruksiyasi  sozlash  va  nazorat  qilish 

qurilmalarini kiritish hisobiga murakkablashib ketdi. 

To`g`rilash  usuli  avtomatik  yig`ishda  qo`llanishi  maqsadga 

movofiq bo`lmaydi. 

Yig`ish  jarayoni  mashinalarni  tayyorlashning  yakunlovchi 

bosqichi  bo`lib,  uning  asosiy  ekspluatatsiya  sifatini  aniqlaydi. 

Mashinaning  yuqori  ekspluatatsion  xususiyatlariga  erishish  faqatgina 

muvaffaqiyatli  konstruksiya  yaratish  yoki  yuqori  sifatli  materiallarni 



qo`llash orqali erishilmaydi. Ushbu sifatlar va o`ta aniq yuzali detallar 

o‘zaro birikkan yuza qatlarnlarining optimal holatini ta’minlarnay turib 

ta’minlay olmaydi. 

Mashinalarni 

tayyorlash 

jarayoni 

barcha 

ekspluatatsiya, 

shuningdek  ekspluatatsiya  chog‘idagi  ishonchlilik  va  puxtalik 

ko‘rsatkichlarga  erishishga  yuqori  sifatli  yig‘ish,  sozlash  va  sinash 

bosqichlarini shaoitlarida kafil bo‘lishi mumkin. 

Bu  sifatli  mahsulotni  yig‘ish  jarayonida  turli  sabablarga  ko‘ra 

detallarning  o‘zaro  joylashishidagi  xatoliklarning  paydo  bo‘lishi  bilan 

yig‘ilayotgan  mahsulotning  aniqlik  va  ish  sifatini  sezilarli  tushirishi 

bilan  bog‘lanadi.  Bunday  xatoliklar  sababi  quyidagilar  bo`lishi 

mumkin: 


 Ishchilar  tomonidan  yig`ilayotgaan  detallarni  mo`ljallash  va 

o`rnatishda yo`l qo`yadigan xatolari; 

 Yig‘ish jarayonida qo‘llaniladigan kalibr va o‘lchov qurilmalarini 

o‘rnatishdagi,  sozlashdagi  hamda  mashinada  detalning  aniq 

joylashuvini nazorat qilishdagi nuqsonlar; 

 O‘lchov asboblarining xatoligi; 

 Kerakli  joyga  joylashtirish  va  o‘rnatish  vaqti  oralig‘ida 

detallarning nisbatan surilishi; 

 Birikuvchi detal yuzalarida nuqsonlarning paydo bo‘lishi; 

 Birikuvchi  detallarni  joylashtirish  va  o‘rnatish  paytida  ularning 

aniq  va  to‘liq  bog‘lanishiga  halaqit  beradigan  elastik  va  plastik 

deformatsiya. 

Yig‘uv  ishlarini  bajarish  mashinalarni  ishlab  chiqarishga 

sarflanadigan  umumiy  mehnat  hajmining  katta  qismini  tashkil 




qiladigan  ko‘p  vaqt  sarfi  bilan  bog‘liq.  Ishlab  chiqarish  turiga  ko‘ra 

yig‘uv  ishlariga  sarflanadigan  vaqt  yapli  va  katta  seriyali  ishlab 

chiqarish  sharoitida  20-30%ni,donalab  va  kichik  seriyali  ishlab 

chiqarishda 35-45%ni tashkil qiladi. 

Shuni  alohida  ta’kidlab  o‘tish  joizki,  chilangarlik  -  yig‘ish 

jarayonlarining  50  -  85%  qo‘l  mehnati  orqali  amalga  oshiriladi  va  bu 

ko‘p  inson  mehnati  va  katta  iqtisodiy  xarajatlarni,  shunindek,  yuqori 

malakali  ishchilar  mehnatini  talab  qiladi.  Ko`rsatib  o`tilgan 

muammolar  yig`ish  sifati  va  unumdorligini  ko`tarish  muammolarini 

ko`paytiradi. 

MDH  davlatlarida  avtomatlashtirish  o‘rtacha  umumiy  yig‘ish 

ishlari  hajmining  7%  ni  qamrab  olgan.  Bu  avvalo  yig‘ish 

jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi: 

1. Yig‘ish hajmining murakkabligi va turli-tumanligi hamda yig‘ish 

uchun uskunalarning zarurligi; 

2. Yig‘ish jarayonlari siklining qisqaligi (ayrim hollarda sekundning 

o‘ndan birida); 

3. Detallarning bikr emasligi yoki elastikligi

4. Harakatlarni 

bajaruvchi 

manipulyator, 

robotlar 

ishchi 

organlarining murakkabligi; 

5. O`zaro  birikkan  detallarning  kichik  dopusk  maydonlari  va  ularni 

moslash, to`g`rilash ishlarining zarurligi. 

Eng  asosiysi,  oxirgi  o‘n  yillikda  yig‘ish  jarayonlaridagi  mehnat 

hajmining  ulushi  kamaymasdan,  aksincha,  ko‘paymoqda,  bu  esa 

zagotovkalarni  olish  va  ulardan  detallarni  shakllantirish  bosqichlarida 

avtomatlashtirish  jarayonlarini  keng  tadbiq  etish  bilan  bog‘liq.  Qo‘l 




bilan  yig‘ishdan  avtomatik  yig‘ishga  o‘tish  ham  texnologik,  ham 

konstruktorlik  ko‘rinishdagi  katta  qiyinchiliklarga  bog‘liq.  5-10 

detaldan  iborat  buyumlarni  yig‘ishda  avtomatik  liniyalar  nisbatan 

o‘zini  yaxshi  oqlagan.  Buyumdagi  detallar  sonini  ko`payganda 

avtomatik liniya konstruksiyasining murakkabligi va ish ishonchliligini 

ozligi bilan farqlanadi. 




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling