Oqim bo`yicha yig`ish. Oqim bo`yicha yig`ish deganda yig`ish
ishi uzluksiz davom etadigan va yig`ilgan tayyor maxsulot ma’lum bir
vaqt oralig`ida (takt) davriy ravishda chiqishiga aytiladi. Oqim
bo`yicha yig`ish usulini xarakatdagi va xarakatda bo`lmagan ob’ektni
yig`ishda qo`llash mumkin, shuning uchun oqim bo`yicha yig`ish ikki
ko`rinishga bo`linadi:
1) xarakatdagi stendda oqim bo`yicha yig`ish, yoki xarakatdagi oqim
bo`yicha yig`ish;
2) xarakatda bo`lmagan stendda oqim bo`yicha yig`ish, yoki xarakatda
bo`lmagan oqim bo`yicha yig`ish.
Do'stlaringiz bilan baham: |