Lecture №11. Automation of assembling processes. 11-ma’ruza
Yig`ishning tashkiliy shakllari. Oqim bo`yicha yig`ish
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Lecture №11
11.3. Yig`ishning tashkiliy shakllari. Oqim bo`yicha yig`ish.
Yig`ish ishlarining tashkiliy shakllariga ko`ra yig`ish ikkita asosiy turga bo`linadi: statsionar va xarakatdagi.
qo`zgalmas joyda amalga oshiriladi, bu joyga barcha detall va uzellar olib kelinadi. Xarakatdagi yig`ishda maxsulot bir ishchi joyidan keyingisiga xarakatlanib o`tadi. Bu ishchi joylarida ishchi yoki ishchilar guruxi tomonidan xar bir o`zgarmas ish joyida bitta takrorlanuvchi operatsiya bajariladi, bunda xar bir ish joyida tegishli asbob va moslamalar mavjud bo`lib, bu joyga ushbu operatsiya uchun zarur bo`lgan detallar va uzellar olib kelinadi. Statsionar yig`ish yakka tartibda va seriyali ishlab chiqarishda, ayrim yig`ma birliklar uchun ommaviy ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Xarakatdagi esa seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Umumiy yig`ish jarayonini bajarishning ko`rsatib o`tilgan tashkiliy shakllarida ishni turli usullar bilan bajarish mumkin.
Birinchi usulning mohiyati shundan iboratki, bunda mashina to`laligicha aloxida detallardan yig`uvchilarning bitta brigadasi tomonidan boshidan oxirigacha bitta joyda yig`iladi. Bunda bitta ish joyida yig`ish operatsiyalarini konsentratsiyalash tamoyili amalga oshiriladi. Bu usul yakka tartibda ishlab chiqarish turiga xos bo`lib, shuning uchun individual yig`ish deb ataladi. Mashinaning yig`ish uchun vaqt sarfi katta, natijada bu usulni qo`llash yig`ish tannarxini oshirib yuboradi. Bunday xolat ushbu usulni takomillashmagan degan xulosaga olib keladi va texnik-iqtisodiy yaxshi unum beradigan boshqa usullarni qo`llashga undaydi. Ikkinchi usulning moxiyati shundan iboratki, bunda mashinaning aloxida detal va usullari ishchilarning bitta brigadasi tomonidan umumiy yig`ish stendidan tashqarida yig`ib olinadi, bunda bu brigada umumiy yig`uvchilar brigadasi tarkibiga kirmaydi. Bu usul yanada unumli bo`ladi, chunki detallar yig`ma birlikka avvaldan yig`ib olinadi, buning natijasida mashina umumiy yig`ish stendida bekor turib qolish vaqti kam bo`ladi. Bu usulni seriyali ishlab chiqarishda statsionar yig`ishda qo`llanadi. Uchinchi usulning moxiyati shundan iboratki, yig`ish jarayoni aloxida operatsiyalarga differensiyalanadi, bunda xar bir operatsiya ma’lum bir ish joyida (xarakatdagi yoki statsionar) ma’lum ishchi yoki ishchilar brigadasi tomonidan bir xil (imkon boricha) vaqt oralig`iga yig`ish taktiga amal qilgan xolda bajariladi, bu uzluksiz (oqim bo`yicha) yig`ish jarayonini yaratadi. Bu usul ommaviy va seriyali (ko`pincha yirik seriyali) ishlab chiqarishda oqim bo`yicha yig`ishda qo`llaniladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling