Leksik uslubiyat Reja


Download 55.63 Kb.
bet5/8
Sana09.03.2023
Hajmi55.63 Kb.
#1255984
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 m

Yakan (pul), noye (yo'q), xanjar (qorin), xit (och), loy, yakan (pul), harif (pul egasi), shabash (menga ber), ligavi (militsiya), zamri (tinch tur), jukur (qoch), xamna (non) kabi.
Argolar ma'lum toifa kishilari faoliyatiga bag'ishlangan asarlarda, personajlar nutqida qo'llanadi va bu bilan individ yaratiladi. Argolar S.Ravshanovning «Chordoqdan otilgan o'q» qissasida ko'p uchraydi.
6. Varvarizmlar (yun. varvarismosona tiliga e'tiborsizlik bilan qarovchi, o'zini go'yo «madaniyatli» qilib ko'rsatishga intiluvchi kishilar nutqida o'rinsiz ishlatiladigan chet so'zlar bo'lib, tilni bulg'aydi, nutqni esa tushunarsiz qiladi. Varvarizmlarga qarshi kurash umumxalq ishidir.
Personajlar nutqida uchragan varvarizmlar kishilarning salbiy xarakterini ochibgina qolmay, yumor uchun ham xizmat qiladi va yengil kulgiga sabab bo'ladi. Ba'zan varvar so'z bir personaj nutqi ichida «sezilmay ketadi», bunday chog'da ikkinchi personaj o'sha varvar so'zni takrorlaydi va uning o'rinsiz ishlatilgani bo'rtib ko'rinadi.
RisolatBilmadim. Nechundir nastrigi buzuq. Ozoda (o'zini kulgidan zo'rg'a to'xtatib). Kelin oyimning nastroyeniyasini kim buzdi ekan? (I.S.)
Zuhra . . . siz jujur ham emassiz-da xonim, to'lka xotinsiz!
MarasulXolam ruschaniyam qoyil qiladilar. «To'lka xotinsiz!».(A.Q.)
Varvarizmlardan real voqelikni bo'yoqsiz, ammo haqqoniy tasvirlash, nutq jarayonini aniq ko'rsatish maqsadida ham foydalaniladi. Shu bugunoq «yest bo'ladi» (U). Bo'stonga uylanmoqchiman «Mushayt qilma» (U.) 
Vulgar so'zlar qo'pol, g'ayri madaniy so'zlardir. Ular, asosan, jonli nutqda ishlatiladi. Ba'zan badiiy va publitsistik uslubda ham uchraydi.
Vulgar so'zlarni qo'llash orqali so'zlovchi til obyektiga nisbatan shaxsiy (salbiy) munosabatlarni ifodalaydi va tinglovchida ham shunday tuyg'u uyg'otishga muyassar bo'ladi:
Buxoro bir oltin kosa,
Qon, yosh bila limmo-lim

Download 55.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling