Leksika Leksikologiya


Download 1.09 Mb.
Sana02.03.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1243177
Bog'liq
Leksika

Leksika Leksikologiya

Abdixolova Farzona BTS 29 guruh

O’qituvchi: Rasulova Ma’rifat

Leksika Leksika (yun. lexis — soʻzga oid, lugʻaviy) — tildagi barcha soʻzlar va iboralar yigʻindisi, tilning lugʻat tarkibi. Leksika maʼlum qonun-qoidaga boʻysunuvchi izchil va murakkab tizimdan iborat.

O’zbek tili leksikasi 2 qatlamga bo’linadi: 1) qo’llanilishi chegaralanmagan leksika 2) qo’llanilishi chegaralangan leksika. O’zbek tilida gaplashuvchi barcha kishilar tilida qo’llanadigan so’zlar ishlatish doirasi chegaralanmagan leksika deyiladi. Ishlatish doirasi chegaralanmagan leksikadan yashash joyi, kasbi, hunari, jinsi, madaniy saviyasidan qat’iy nazar barcha o’zbek millatiga mansub kishilar foydalanadi, shunga ko’ra ular umum est’emoldagi so’zlar deb ham yuritiladi.

Ishlatish doirasi chegaralanmagan leksemlar o’zbek tilida so’zlovchilarning barchasi uchun umumiy bo’lgan, hammaga tushunarli va hammaning nutqiga bir xil darajada qo’llanidigan so’zlardir: ko’z, qosh, qo’l, (otlar); oq, qora, kata, kichik (sifatlar); tez, oz, ko’p (sifat ravishlar) yurmoq, o’qimoq, yozmoq (fe’llar).

Ishlatish doirasi chegaralangan leksemalar dialektga, kasb – hunar leksemasiga va jargan – argonlarga xos so’zlardir.

  • Ishlatish doirasi chegaralangan leksemalar dialektga, kasb – hunar leksemasiga va jargan – argonlarga xos so’zlardir.
  • Jargon so’zlar hozirgi avlod foydalanayotgan so’zlardir. Misol qilib: Odnoklassniki.ru, Telegram, Instagram.
  • Argon so’zlar tushunarli so’zlar mavjudligi bilan umum xalq tilidan farq qiluvchi biron ijtimoiy toifa misol qilib; dallollar, sportchilar, talabalar, o’g’rilar va hokazoga xos yasama til.

Leksikologiya

  • Leksikologiya (leksika va ...logiya) — tilshunoslikning til lugʻat tarkibi, yaʼni muayyan bir tilning leksikasini oʻrganuvchi boʻlimi. Leksikologiya har bir soʻzni yolgʻiz holda emas, balki boshqa soʻzlar bilan bogʻliq holda oʻrganadi.
  • Leksikologiya tilshunoslikning leksikografiya, frazeologiya, semasiologiya yoki semantika, etimologiya, stilistika hamda soʻz yasalishi haqidagi taʼlimot kabi sohalari bilan chambarchas bogʻliq.

Leksikologiyada quyidagilar o’rganiladi

  • So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar
  • Atamalar, Shevaga xos so’zlar, Eski so’zlar, Yangi so’zlar, Olinma so’zlar, Noadabiy qatlam, Tasviriy ifoda.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling