Leksikasining tarixiy-etimologik xususiyatlari


Oriental Renaissance: innovative


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1540350
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shimoliy-afg-oniston-o-zbeklari-etnografik-leksikasining-tarixiy-etimologik-xususiyatlari (1)

Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784
 
27 
w
www.oriens.uz
2021
 March 
 
harakat qiladi. Natijada arab tili bir necha xalq tiliga, jumladan, o`zbek tiliga ham 
ta`sir etmay qolmadi. O`zbek tiliga turli sohalarda qo`llanuvchi juda ko`p miqdordagi 
arabcha so`zlar bilan bir qatorda, to`y munosabati bilan amal qilinadigan urf-odatlarni 
ifodalovchi nikoh –  حاکن , mahr – رهم kabi ayrim etnografik nomlar ham kirib kelgan. 
Bu nomlarning ba`zilari, shuningdek, arab tilidan o`tib, keyinchalik butunlay 
o`zlashib ketgan usta, asal, xol, xatna, sunnat, nikoh kabi so`zlar to`y marosimini 
ifodalovchi qo`shma birikma so`zlarni hosil qilishda ham isshtirok etdilar. Masalan, 
nikoh puli nikoh suvi, nikoh to`yi, usta yo`qladi, xatna to`yi, sunnat to`yi va hakazo. 
Shu o`rinda qayd etish o`rinliki, arab tilidan o`zlashgan ayrim so`zlarning 
etnografik leksikada ko`pincha boshqacharoq ma`noda qo`llanilish hollari uchraydi. 
Masalan, “Arabcha-ruscha lug`at”da nikoh atamasining ma`nosi “uylanmoq, erga 
chiqmoq, nikohlanish” tarzida izohlanadi [4, -b.1055]. O`zbek tili izohli lug`atida 
ham shunday ma`noda keladi[5, -b. 508]. Etnografik leksika sifatida u “turmush 
quruvchi ikki yoshni birlashtirish sifatida domla tomonidan o`qiladigan oyat” 
ma`nosida ishlatiladi.
Umuman olganda, VII-VIII asrlardan boshlab o`zbek tili leksikasiga kirib kela 
boshlagan arabcha nomlar, etnografizmlar to`y marosimi nomlarining boyishiga 
ma`lum darajada o`zining ta`sirini ko`rsatgan. 
Bu qatlamga oid so`zlar Shimoliy Afg`oniston o`zbeklari leksikasida 
ko`pchilikni tashkil etishining asosiy sabablaridan biri Afg`oniston rasmiy jihatdan 
islom respublikasi hamda islomiy urf-odatlar nomlarining ko`pchiligi o`zgarishsiz 
saqlanib kelinayotganligida: sunnat, fotiha, ijob, Qur`on to`yi, mullo to`yi, nikoh, 
aqiqa kabi. Bulardan Qur`on to`yi, mullo to`yi O`zbekiston o`zbeklari nutqida 
uchramaydi. 
Etnografizmlarda fors-tojikcha qatlam. O`zbek xalqi bilan tojik xalqi qadim
zamonlardan beri yonma-yon yashab turli tuman munosabatlar o`rnatib, o`zaro 
hamkorlikda bo`lib keladilar. Shimoliy Afg`oniston o`zbek elatlari yashaydigan 
hududlarning katta qismida forsiyzabon aholi istiqomat qiladi. Ularning turmush 
tarzlari, madaniyati, urf-odatlari bir-biriga ijodiy ta`sir ko`rsatib keldi. Bu ayniqsa, 
tojik va o`zbek elatlarining urf-odat, til borasida yaqqol ko`zga tashlanadi.Tojik 
tilidan kirgan so`zlar o`zbek tiliga shunday singib ketganki, ular asl o`zbekcha 
so`zlarga o`xshab qolgan.
Fors tilidan kirib kelgan etnografizm nomlari ham anchagina. Biz Shimoliy 
Afg`oniston o`zbek elatlari etnografizmlari tarkibidagi forscha nomlarni quyidagicha
ifodaladik: 



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling