Leksikasining tarixiy-etimologik xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1540350
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shimoliy-afg-oniston-o-zbeklari-etnografik-leksikasining-tarixiy-etimologik-xususiyatlari (1)

Ключевые слова: этнография, северный Афганистан, персидский слой
арабский слой, этнографическая лексика. 
KIRISH 
Shimoliy Afg`oniston – qadim madaniyat, sivilizatsiya markazi sifatida
Movarounnahr va Xurosonni bog`lovchi madaniy chorraha vazifasini bajarib kelgan. 
Temuriylar, chunonchi, Husayan Boyqaro hukmronligi davrida bu hududlar alohida 
bekliklar tasarrufida bo`lib, mamlakatning muhim savdo-sotiq markazlaridan biri 
hisoblangan.


Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784
 
23 
w
www.oriens.uz
2021
 March 
 
Har bir tilning lug`at zaxirasi jamiyatning taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda 
muttasil rivojlanib boradi, chunki kishilar o`rtasida aloqa vositasi hisoblangan til 
insonning turli-tuman faoliyati bilan uzviy bog`langandir. Ijtimoiy o`zgarishlar 
tilning leksikasida o`z izlarini qoldiradi. Buning natijasida tilning leksikasi doimo 
boyib boradi. Bu boyish leksikaning ajralmas qismi sanalgan to`y marosimi va uning 
urf-odatlarini ifodalovchi etnografik ifodalarga ham taalluqli.
Hozirgi o`zbek tili leksikasiga nazar tashlansa, unga tarixiy taraqqiyotning 
ma`lum bir bosqichida boshqa tillardan kirib, o`zlashib ketgan so`z, termin va hatto 
ayrim grammatik elementlarni ham ko`ramiz. Bu so`zlar deyarli barcha sohalarda: 
fan, texnika, san`at ishlab chiqarish tarmoqlarida qo`llanmoqda. Bu holatni Shimoliy 
Afg`oniston o`zbek elatlari etnografizmlarida ham ko`rishimiz mumkin. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Asosiy maqsadga erishish uchun uni amalga oshirishda tavsiflash, analiz, sintez 
metodlaridan foydalanildi. Maqolada o`zbek tilshunosligida etnografizm va 
dialektalogiya sohalarida tadqiqotlar olib borgan A.Jo`raboyev, N.Mirzayev, 
Y.Bobojonov, Sh.Nurullayeva, M.Qahhorova, R.Kasimova, A.Xonхo`jayeva, 
G.Adilova kabi tilshunos olimlar ishlarida ilgari surilgan g`oyalar, fikr va qarashlar 
tashkil etadi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling