Leksikasining tarixiy-etimologik xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1540350
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shimoliy-afg-oniston-o-zbeklari-etnografik-leksikasining-tarixiy-etimologik-xususiyatlari (1)

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Til leksikasining tarixiy rivojlanish va shakllanish xususiyatlarini bilish uchun 
til lug`at tarkibidagi so`zlarni tarixiy-etimologik nuqtai nazardan o`rganish, ularni 
etimologik qatlamlarga ajratish lozim. Bu ish til lug`at tarkibini ilmiy asoslarini idrok 
qilish va tushuntirish maqsadida amalga oshiriladi. Til lug`at tarkibini tarixiy-
etimologik, ya`ni so`zlarning genetik asoslariga ko`ra tahlil qilish o`zbek xalqi 
tilining o`tmishda qanday qardosh tillar, shuningdek, qardosh bo`lmagan chet tillar 
bilan aloqada va hamkorlikda bo`lganini, bu tilga qaysi tillarning ta`siri mavjudligini 
aniqlashga ham ko`maklashadi. Pirovardida, bunday izlanishlar o`zbek tili lug`at 
tarkibi va grammatik qurilishining tarixiy rivojlanish yo`llarini ilmiy tushunish
tavsiflash uchun nihoyatda muhim. Til lug`at tarkibini tarixiy-etimologik nuqtai 
nazardan tekshirganda, avvalo, tarixan, genetik jihatdan o`zbek tilining o`ziniki 
bo`lgan so`zlar belgilab olinadi. Bunday so`zlar o`zbek tili leksikasining asosiy 
negizini tashkil etgan qadimiy qatlam. So`ngra o`zbek tili tarixan qaysi tillar bilan 
aloqada bo`lganligiga qarab lug`at tarkibidan qadimiy uyg`ur tili, so`g`d tili, xitoy 
tili, arab tili, mo`g`ul tili, fors-tojik tili va boshqalarning elementlarini axtarish 
an`analashgan. Bu tillar o`zbek tili lug`at tarkibiga turli davrlarda, turli yo`llar bilan 
ta`sir etgan. Shunga ko`ra, o`zbek tiliga kirgan so`zlarning soni ham turli darajadadir. 


Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784
 
24 
w
www.oriens.uz
2021
 March 
 
Nikoh to`yi marosimiga oid etnografik birliklarning tarixiy-etimologik kelib 
chiqishiga oid bo`lgan qarashlarni, bu sohani o`rgangan olim Abdusamad Jo`raboyev 
tadqiqotlari asosida yoritishga harakat qilamiz. Turkiy xalqlar, jumladan, Shimoliy 
Afg`onistonda yashovchi o`zbek elatlari ham tarixiy taraqqiyot jarayonida nikohning 
turli xil shakllarini boshdan kechirganlar. Uning bunday turli-tuman shakllari o`z 
o`rnida kishilarning o`zaro bir-biriga bo`lgan yaqinlik munosabatini ifodalovchi 
quda, qaychiquda, qaynota, qaynona, kuyov, qayliq, xotin, er, vakil ota kabi 
atamalarni keltirib chiqardi. Quyida biz bularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz. 
Insoniyat tarixining dastlabki ва undan keyingi davrlarida, nikohga oid 
marosimlar uncha ko`p bo`lmagan. Shuning uchun ularni ifodalovchi nomlar turkiy 
tillarning yozma yodgorliklarida ko`p emas. Ehtimol, marosimlar ko`p o`tkazilgan 
bo`lishi mumkin, lekin ularning nomi bizgacha yetib kelmagan. S.E.Malovning V va 
XV asrlar qadimgi turkiy tillarning yozma yodgorliklari haqida ma`lumot beruvchi 
“Памятники древнетюркской писъменности” asarida avla (uylanmoq), äz (er, 
erkak kishi); ävlüg/ävlük (xotin), jutuz (хotin kishi); kälin (kelin) singari etnik 
tushuncha anglatuvchi so`zlar uchraydi. Mahmud Koshg`ariyning XI asrdagi, undan 
oldingi va undan so`nggi davrdagi yozma yodgorliklarni tushunish va o`rganish 
uchun qimmatli qo`llanma bo`lgan “Devoni lug`atit turk” asarida esa kezut (kiyim) 
“to`yda kelin-kuyov yaqinlariga beriladigan to`n ma`nosida kelgan [1, -b.51]. Yoki 
egät – “nikoh kechasi kelin yonida xizmat qiluvchi xotin”; “seb” – kelinlar moli” 
ma`nosidadir. 
Sovchi. To`y marosimi nomlari ichida eng faol qo`llanuvchi sovchi atamasining 
etimоlogiyasi haqida A.Jo`raboyev fikr bildirgan. Unga ko`ra, bu so`z dastavval 
“tarjimon”, “bashoratchi”, “oldindan xabar beruvchi” ma`nolarida ishlatilgan. 
Keyinchalik “xudoning elchisi”, “rasul” ma`nosi uchun forscha payg`ambar so`zi 
qabul etilib ommalashib ketgandan so`ng, sovchi so`zining ma`nosi toprayib, faqat 
“qiz oluvchi va qiz beruvchilar orasidagi vositachi shaxs” ma`nosi qoladi. 
Tadqiqotchi uni yasama so`z sifatida izohlar ekan, tarkibini sov – o`zak, -chi – affiks 
sifatida ifodalaydi. Turkiy tillarning qadimgi yodgorliklarida sav, sab, sap so`zlari 
“nutq, xabar, so`z ma`lumot, ma`lum qilmoq” kabi ma`nolarda ishlatilgan [1, -b. 
163]. V.Radlov sav so`zni uyg`urchaga nisbat beradi. Demak, bu so`zni umumturkiy 
birlikning uyg`urcha shakli deyish mumkin. 
Qalin. Bu so`z ham eng qadimgi etnografik nomlardan. O`TIL (O`zbek tilining 
izohli lug`ati)da qalin so`zning ikki ma`nosi berilgan: 
1. Ko`ndalang o`lchamli katta (odatda yassi-yoyiq narsalar haqida). Qalin 
kitob, qalin qog`oz vа h. 



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling