OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Xorijiy filologiya fakulteti
“Nemis filologiya“ kafedrasi
“Leksikologiya“ fanidan
Toshkent - 2022
Kurs ishi
Mavzu: Nemis tilshunosi Harald Burger va
uning ilmiy qarashlari
5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili)
Ilmiy rahbar: Umrzoqova F
Bajardi : 210A-guruh talabasi Yo’ldasheva Dilnavoz
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………… 4
I. BOB Leksikologiya
1.1. Germaniyada leksikologiya tarixi…………………………………….. 6
1.2. Nemis tilshunos olimlari………………………………………………13
1.3 Birinchi bob uchun xulosa……………………………………………..15
II BOB. Harald Burger
2.1. Harald Burgerning ilmiy qarashlari………………………………….16
2.2. Nemis tilida frazeologiya…………………………………………….19
2.3 Ikkinchi bob uchun xulosa……………………………………………..24
Umumiy xulosa……………………………………………………………25
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati……………………………………...26
Kirish.
Mazkur kurs ishi davomida Nemis tili tarixi va uning rivojiga hissa qo’shgan tilshunos olimlar haqida ma’lumot beramiz. Xususan, lingvist Harald Burger ilmiy maqolalari uning lingvistik qarashlari haqida to’liq ma’lumot berishga va o’rganib chiqishga harakat qilamiz. Aslida nemis tili nima? Nemis tili (nemischa: Deutsch) – Hind-yevropa oilasidagi german tillari guruhiga mansub til. Idish tiliga yaqin. GFR, Avstriya Respublikasi, Shveysariya Konfederatsiyasi (qisman), Lyuksemburg Gersogligi (qisman), Belgiya Qirolligining rasmiy tili. Rossiya Federatsiyasida, Shim. va Jan. Amerikaning bir kancha mamlakatlarida ham tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 110 million kishidan ortiqrokdir. Nemis tili frank, saks, turing , alemann, bavar singari gʻarbiy german kabilalari shevalari asosida tarkib topgan va quyi nemis, oʻrta nemis va jan. nemis lahjalariga, har bir lahja guruhi esa gʻarbiy va shar-qiy guruhchalarga ajraladi. Nemis tilining taraqqiyot tarixida milliy tilgacha boʻlgan (16-asrgacha) va milliy til (18-asrdan) davrlari farqlanadi; 16—17-asrlar oʻtish davri hisoblanadi. Hozirgi ada-biy til meʼyorlarining shakllanishi asosan 18-asr oxirida tugallanib, bu davrda grammatik tizim va imlo barqarorlashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |