Leksikologiya“ fanidan Toshkent 2022 Kurs ishi Mavzu: Nemis tilshunosi Harald Burger va uning ilmiy qarashlari
Kurs ishi natijalarining nazariy ahamiyati
Download 298.22 Kb.
|
Harald Burger2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi va hajmi.
Kurs ishi natijalarining nazariy ahamiyati shundaki, ushbu tadqiqot ishi mazkur mavzuda olib boriladigan keyingi tadqiqot ishlariga yo‘l ochishi mumkin.
Kurs ishi natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, nemischa-o‘zbekcha, o‘zbekcha-nemischa o‘quv lug‘atlarini tuzish, tilni sistema sifatida o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus kurslar va maxsus seminarlarni o‘tkazishda tadqiqot materiallaridan unumli foydalanish mumkin. Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish qismi, 2 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat bo‘lib, ishning umumiy hajmi 30 sahifani tashkil qiladi. BOB Leksikologiya 1.1 Germaniyada leksikologiya tarixi Nemis leksikologiyasi va adabiyoti (V-XV asrlar) o’n asrlik muddatni qamrab oladi. Bu davr asarlarda xalqlarning buyuk ko’chishi bilan bog’liq tarixiy hodisalar ifodalangan bo’lib, bular feodal tuzumning jonlanishi, uning zamirida shahar sosloviyasining tug’ilishi voqealarini aks ettiradi. O’rta asrlar adabiyoti ajoyib tarixiy yondoshmalarga boy bo’lib, bular – “Nibelunglar qo’shig’i”, Volfram fon Eshenbax va Gotfrid Strassburgskiyning ritsarlik romanlar, minnezingerlar she’riyati va boshqalardan iboratdir. Qadimgi germanlar (faranklar, gotlar, longobardlar va b.)eramizning birinchi asrlarida Yevropaning eng kuchli etnik guruhlaridan hisoblanar edilar. Ular Elba va Reyn daryolari oralig’idagi katta kenglikda va Dunay bo’ylarida va Rim imperiyasi va unga dahldor yerlarga yurishlar qiluvchi,turmush tarzlari ko’chmanchilikdan iborat xalqlar edilar. German qabilalari bu davrda rivojlanishning urug’chilik pog’anasida bo’lib, ular asosan chorvachilik bilan va qisman dehqonchilik bilan mashg’ul edilar. Ijtimoiy va xo’jalik faoliyatining muhim masalalari xalq majlislarida muhokama qilinar edi. Doimiy harbiy yurishlar shunga olib keldiki, qabila hayoti bora-bora harbiy tashkilot tusini ola boshladi. Drujinachilar tepasida turgan knyaz asosiy figura rolini o’ynay boshladi. Unga va uning kishilariga harbiy ulishnig ko’proq qismi tegadigan bo’ldi. Shunday qilib, urug’chilik tuzumi zaminida qabila aristokratiyasi ya’ni o’tgan asrlar dvoryanligining ilk formasi vujudga keldi. German xaqlarining madaniyati va badiiy ijodi haqida ko’p yodgorliklar saqlanib qolmagan. Rim tarixchisi Tatsitning guvohlik berishicha, germanlar o’z mifologlariga, o’z kosmogoniyalariga – ya’ni dunyoning va undagi jonzotlarning yaratilishi haqidagi afsonalarga ega bo’lganlar. Ular o’z qo’shiqlarida Tuisko xudosi, uning o’g’li- Mann – ya’ni german qabilalarining dastlabki vakilini madh etar edilar. Ma’lumki qadimgi germanlarda yozuvning ilk na’munalari mavjud edi. Ular runik yozuvlardan foydalanganlar. Dunyoning boshqa xalqlari singari germanlar tarixiy rivojlanishining ilk bosqichda, tabiiyki o’z og’zaki ijodiga ega bo’lgan.Bular jangavor yurishlar haqidagi, bu yurishlar qahramonlari haqidagi qo’shiqlardir. German folkloriga oid bu asarlar keyinchalik manarxlar tomonidan yozib olingan bo’lib unda german tarixining ilk davrlari ifodalangan. Nemis yozma adabiyotining barcha mashhur yodnomalari eramizning buyuk ko’chishi davri bilan bog’liqdir. Eramizning U – asrlarda Evropa Attila sarkardalik qilgan xunlar istebdodiga duchor bo’lgan edilar. Xunlar Qora dengiz bo’ylarida ostgotlar tor-mor etib, g’arbga qarab Rim imperiyasi sarhadlaridan ichkari tomonga siljiydilar. Yevropa qit’asini zabt eta boshlagan xunlar 437- yilda burgundlarni (german qabilalaridan) tor-mor etadilar. Reyn bo’yidagi burgundy qirolligi poytaxti Vormsni vayron qiladilar. Bu voqea skandinavlar, qadimgi germanlar va ularning afsonasi “Nibelunglar qo’shig’i”da ifodalangan. Bu eposda burgundy qirolligining fojeali taqdiri aks etgan. Attila bu asarda Etsil nomi bilan yuritiladi. U krimxildaning eri, burgund qiroli Gunterning singlisi. Attila (453) vafotidan so’ng u barpo etgan qabilaviy ittifoq sekin-asta darz keta boshladi. Ayni paytda Rim imperiyasi ham krizisni boshdan kechirayotgan edi. Bir vaqtlar yengilmas kuchga ega bo’lgan Rim turk va german qabilalar bilan bo’ladigan doimiy janglarga dosh bera olmay qolgan edi. 475 yil germanlar lashkarboshisi Odoakr oxirgi Rim imperatorini taxtdan qulatdi va mamalakatdagi oliy hokimiyatni o’z qo’liga oldi. Odoakrning hokimligi ko’pga bormadi. 493 yil ostgotlar qiroli Teodorixdan mag’lubiyatga uchradi. Bu tarixiy voqea xalqlarning buyuk ko’chishi davri, Yevropa yer yuzidan bir vaqtlar qudratli bo’lgan qabilalarning (Vandallar, ostgotlar va b.)yo’q bo’lib ketishi germanlarninig turli epik hikoyatlari uchun material bo’lib xizmat qildi. “Nibelunglar qo’shig’i” (“Nibelungslied” 1200 yillar) nemis qahramonlik eposlarining yirik asari hisoblanadi. XII- asr oxirida o’rta yuqori nemis dialektida (shavasida) yozilgan bu epos 10 ta to’liq va yigirma ikkita to’liq bo’lmagan ro’yxatda va uch xil asosiy tahrirda bizgacha yetib kelgan. Bu nemis xalqining o’z porloq o’tmishiga bo’lgan muhabbati, katta gumanistik g’oyalar va murakkab hissiyotlarga ixlosining dalolatidir. “Nibelunglar qo’shig’i”ning mualliflari va ommolashtiruvchilari shpielmanlar (artislar, aytuvchilar) bo’lgan bo’lsa ajab emas. Ular qadimgi rivoyatlarga suyangan holda yangi zamon ruhini ham ifodalashga intilganlar. “Qo’shiqning mazmuni mifologik va tarixiy elementlar faoliyatini omixta qilgan. Asosan Zigfrid liniyasi miflar bilan aloqador. U qadimgi rivoyatlar ko’pgina german xalqlarida saqlangan. Ayniqsa ular skandinav yerlarida keng tarqalgandir. “Qo’shiq”dagi mifologik hikoyat tarixiy voqealar – Burgund qirolligining Reyndagi xunlar hujumi tufayli 457 yil halokati bilan uzviy ravishda ulanib ketgan. “Nibelunglar qo’shig’i” 39 ta sarguzashtdan iborat bo’lib, 10000 she’rni o’zida jam etgan epik polotno hisoblanadi. Mazkur asar “nibelungcha” hijoda ya’ni o’sha davrgacha minnezinger Kyurenberg she’rlaridagina uchraydigan o’lchovda yozilgan bo’lib, har bir to’rtlik 2 tadan baytga ega, birinchi bayt 4 ta urg’uli bo’g’inga, ikkinchi bayt 3 ta urg’uli bo’g’inga ega. “Nibelunglar qo’shig’i” fojeaviy koloritga ega. Unda kuchli, qora niyatli kishilar, yaxshlik va er yuzida go’zallikni poymol etuvchlar faol rol o’ynaydi. Eposda ezgulik urug’ini sepuvchi sifatida ishtirok etgan niderlandiyalik shahzoda Zigfrid xoinlik qurboni bo’ldi. Burgundy qiroli Gunterning singlisi Krimhildaning go’zalligidan xabar topgan va u barnoning qalbini zabt etishga oshiqqan Zigfrid Vorms shahriga yo’l oladi. Lekin bir yil mobaynida Zigfridga ma’shuqa jamolini ko’rish nasib etmaydi. Uning vaqti harbiy musobaqalar, turli ermagu-ziyofatlarda o’tadi. Gyuntar bilan birgalikda uzoq Islandiyaga otlanadi- yerda ajoyib sohib jamol Brunxilda yashaydi. Gyunter uni o’ziga qalliqlikka olish niyatida. Brunxilda go’zallik sohibasi bo’libgina qolmay, tengsiz kuch qudratga ega. U faqatgina o’zini mushkul musobaqalarda yenga olgan bag’ishlashga rozi. Faqat Zigfrid uning bu shartini bajarishga qodir. Yoshlikda u ajdarhoni o’ldirib, uning qonida cho’milganligi boisdan tengsiz kuchga ega. Bundan tashqari u ko’z ko’rmas qalpoqcha sohibi hamdir. Gyunterning o’rniga musobaqaga kirishib Brunhildani kurashda yengadi. Lekin sinov bu bilan tugamaydi. Zigfrid Brunhildani nikoh to’shagida ham yengadi: ya’ni uning izli kamarini va uzigini yechib olishga muyassar bo’ladi va uni Gyunterga topshiradi. Zigfridning tengsiz jasorati va betakror xizmatlari evaziga Gyunter singlisi Krimxildani unga xotinlikka beradi. Ko’p yillar o’tadi. Kelin-kuyov baxtiga qirolichalarning janjali rahna soladi. Natijada fojeaviy yakun qirol oilasini falokatga duchor etadi. Kunlarning birida cherkovga kiraverishda Brunhilda va Krimxilda o’z erlarining nimaga qodir va qobilliklarini xususida va cherkovga kim birinchi qadam qo’yishi to’g’risida bahslashib qolishadi. Krimxilda achchiq va jahl ustida Brunxildaga uning birinchi nikoh kechasida sodir bo’lgan vaqeaning sirini oshkor etadi va buning dalili sifatida qizil kamari va uzukni ko’rsatadi. Brunxilda alam va adovatdan nafasi tiqiladi. Bu sharmandalikni qonli qasosgina yuvishi mumkin. Burgund qirolichasini sha’nini himoya qilib qasoskor sifatida Gyunterning vassali jasur va yovuz Xagen chiqadi. Krimxildaning ishonchini qozongan Zagen Zigfridning nozik joyini ya’ni yelkasidagi tig’ o’tadigan joyini bilib oladi. Bu joy ajdarho qoniga jo’milgan paytda lipa daraxtining bargi tushib qon tegmay qolgan ekan. Ov paytida Xagen Zigfridni xoyinona o’ldiradi, uning bevasigan Zigfrid tomonidan bir vaqtlar topilgan Nibelunglar xazinasini tortib oladi va uni Reyn suvlariga cho’ktirib yuboradi. Burgund bahodirlari o’z taqdirlarini xazinalari bilan bog’laganliklari boisdan ular – nibelunglar ya’ni tuman mamlakatida yashovchilar deb atala boshlaganlar. (Nebel- tuman). Shundan so’ng Krimxilda beadad g’am anduhda qoladi. Zigfridning o’limi uchun qasos olish rejasi yetila boshalaydi. U xunnlar qiroli Etselga erga tegadi. Judolikka, taqdirga tan bergan odamdek burgundlarni o’z huzuriga mehmonga chorlaydi. Paytni poylab uning tarafdorlari xunn harbiylari bilan qonli jang uyushtiradi. Tengsiz jangda barcha burgund pahlavonlari halok bo’ladilar. G’azabga to’lgan Krimxilda o’z akasini o’ldirishni buyuradi, yarador Xagen boshini o’zi tanidan judo qiladi. Krimxildaning yovuzligi hatto Etselni ham dahshatga soladi. Krimhildaning g’azabnok qasoskorligining guvohi bo’lgach uning o’zini ham o’ldirtiradi. “Nibelunglar qo’shig’i“da ritsar romanlaridan farqli ravishda feodal munosabatlar ideallashtirilmagan. O’rta asrlar voqeiligi hech qanday bo’yoqlarsiz ifodalanadi, dunyo makr-hiyla, nayrang, qonli qasos, o’z shon-shuhrati uchun kurash va yirtqichlikdan iborat ekanligini fosh etadi. Ishonuvchan Zigfrid va Krimxildalar shu davr qurboni bo’lganlar. Bularning sababi esa feodal tuzumning illatidir. Feodal aholining ayovsizligi “Qo’shiq”da Xagen von Trope obrazi orqali ifodalangan. O’z xulqi atvoriga ko’ra Gyunterning vasali. Shu sababli burgundy saroy ahlining dinastiyasi manfaatlaridan kelib chiqib ish ko’radi. Unga oddiy inson iztirobi umuman yot. U qirollik taqdiri uchun o’zini ham, boshqalarni ham ayamaydi. Bu yo’lda xoinlik va aldoqchilikdan ham qaytmaydi. Xagen Zigfridni Brunxildaning sha’nini va qirollikni himoya qilaman deb o’ldiradi.Zigfrid o’limidan so’ng Krimxildaning ta’siri kuchayishdan cho’chib, unga tegishli Nibelunglar xazinasini bosib oladi va “Qo’shiq” so’nggida o’z hayotini tikib bo’lsa ham yashirib (Reynga cho’ktirgan) qo’yilgan joyini aytmaydi. Unda sosloviya – manarxistik hissiyot doimo insoniy fazilatlardan ustun kelaveradi. Xagen o’z feodal jasorati bilan ham ibratli ham dahshatli. U Zigfridni halok qilibgina qolmay, Krimxildaga ham ozor yetqazadi. O’z poetik uslubiga ko’ra “Nibelunglar qo’shig’i” feodalizm davrigacha bo’lgan poetik yodnomalardan farq qiladi.”Hildebrand haqidagi qo’shiq” ilk o’rta asr german epik poeziyasining yagona yirik yodnomasi hisoblanadi. Bu asar Fults manastrining ikki ruhoniysi tomonidan VIII asrning oxiri va IX asr boshlarida ilohiy traktat sahifalarida yozilgan.Uning asosida xalq xotirasi muhrlangan tarixiy voqea yotadi. Bu qo’shiqda tarixiy faktlarga qarama-qarshi o’laroq Hildebrant ostgotlar qiroli Dyotrix (Tyadorix) drujinasining boshlig’i va qirol maslahatchisi o’z hukumdori bilan birgalikda Italiyadan Otaxr (Odoakr) g’azabidan qochadi. Italiyada uning yosh xotini va norasida o’g’li Xadubrant qolib ketadilar. Quvg’unga uchraganlar Attila saroyidan panoh topadi. Oradan o’ttiz yil o’tadi. Qo’shin lashkarboshisi sifatida Hildebrant Odoakrga qarshi yurish boshlaydi. Chegarada uning yo’lini o’z drujinasi bilan Xadubrant to’sib chiqadi. O’sha davr udumiga ko’ra bahodirlar olishuv oldidan bir birini ismini, zotini, qabilasini surishtirganlar. Hildebrant raqibi o’z o’g’li ekanini bilib qoladi, qon to’kishni to’xtatib qolmoqchi bo’ladi. Yosh Hadubrant otasini allaqachonlar halok bo’lgan deb o’ylaydi va otasining taklifini “xunlar nayrangi” deb hisoblaydi va bu uning xushyorligini bo’shattirib unga zarba berishning vositasi deb biladi. Hadubrant Hildebrantni makkorlik va qo’rqoqlikda ayblaydi. Bunday haqoratdan keyin olishuvning bo’lishi muqarrardir. Qo’lyozma shu yerga kelganda yirtilgan mojaro nihoyasiga yetmay qolgan. Shunday hollarda boshqa xalqlarning epik asarlarida (m: rus afsonalari, Firdavsiyning “Shohnomasi”) ota odatda g’olib chiqadi. Balki, bu asarda ham shunday tugallanma bo’lgandir. Keyingi variyantda ham tahrirda tragik kollisiya yaratish bilan nihoyalanadi. “Qo’shiq”da asosan diqqat personajlarining qahramonlik faoliyatiga qaratilgan. Mualliflarni ko’proq hikoyaning qohramonlik plani qiziqtiradi. To’gri, Hildebrantda otalik muhabbati bir necha daqiqa jo’sh uradi lekin harbiy burch bu tuyg’uni tezda bosib ketadi. Shu sababdan qahramonlar psixologik jihatdan bir biriga o’xshash, individuallashtirilmagan, ularda chuqur ichki kayfiyat xos emas. German epik qo’shiqlar bevosita drujina muhitda yaratilgan. Ularning avtolari drujina qo’shiqchisi, harbiy paxodlarda qatnashuvchi, poetik qobiliyat sohibi skoblardir. U shuningdek, bu qo’shiqlarning ijrochisi hamdir. Bu qo’shiqlar rechitativ bilan arfa jo’rligida g’alabalar munosabati bilan berilgan ziyofatlar, bayramlar va boshqa tantanalarda kuylangan. Keyingi tarixiy davrlarda xristiyanlikning mustahkamlanishi bilan skob funksiyasi shpilmanlarga o’tadi.Ular xonanda bo’libgina qolmay, qiziqchi, akrobat, sozanda turli ichak uzdi latifalarning avtorlari va ijrochilari edilar. Ularning san’ati cherkov ta’qibi ostida bo’lganligidan noligan xarakterda edi. Skoblar poeziyasi singari shpilmanlar ijodini ham cherkov e’tirof etmas edi. Chunki ularning faoliyati diniy g’oyalarni targ’ib etishga dahldor emas edi. Xalq qahramonlik eposlariga qarama-qarshi cherkov o’zining adabiyotini lotin tilda yozilgan. Xudoga muhabbat, dunyo quvonchlariga nafrat ruhidagi asarlarni yaratdi. XII asrga kelib nemis jamiyatida sezilarli sotsial- iqtisodiy siljishlar yuz berdi. Feodal tuzimi yangi kuch bilan o’zini namoyon qila boshladi. Shu paytgacha cherkovning mutloq nazoratida bo’lgan san’at borgan sari dunyoviylik kasb eta boshlaydi. Muhabbatni kuylovchi lirik poeziya ravnaq topa boshadi. Bunday asarlarda qahramonlarning sarguzashtlari ko’proq o’rin egallay boshaldi. Ritsarlik adabiy hayotning barcha qatlamlariga kirib kela boshadi. Jamiyatga madaniy rahbarlik qilishda ritsarlik cherkovi bilan raqobat qila boshladi. XII- XIII asrlr dunyoviy adabiyotinin o’ziga xos hususiyati vagantlar lirikasi bo’lib, feodal Yevropaning barcha mamlakatlarining shahar va qishloqlarida yurib o’z quvnoq qo’shiqlarini kuylashar edilar. Bu qo’shiqlarda hayot quvonchlari e’zozlanar, sxolastik olimlik va diniy asketizmga nafrat ifodalanar edi. Ular ikkiyuzlamachilarni o’sha zamon jamiyatining parokandaliklarini jur’at bilan fosh etar edilar. Vagantlarning shunday she’rlaridan 300 dan ortiq o’lyozma Bavariya manasterlaridan birida saqlandi. XII-XIII asrlarda Yevropaning ko’pgina shaharlarida universitetlarining ochilishi va ularga turli mamlakatlardan yoshalrning oqib kelishlari va bilm olishga intilgan talabalarning bir darulfunundan boshqasiga o’tib yorishalri xarakterli hodisa edi. Ular hayotdan ajralgan sxolast o’qituvchlar ustidan kulib turli qo’shiqlar to’qiydilar. Ko’pchiligi ko’chib yuruvchi talabalarni tashkil etgan vagantlar sevgi, vino va yoshlikni madh etadilar. Vagantlar uchun erkin hayot ideal hisoblanadi. Ular insonni har qanday chegaralashga qarshi. Vagantlar o’zlari zamondosh bo’lgan she’riyat mundarijasini kengaytirib yuborardilar, uning shaklini takomillashtirar edilar. Jahongashta talabalar lirikasining qahromonlari ilk bora tirik, konkret shaxsga aylandi. Bu tabiiyki, she’riyat yutug’i edi. Download 298.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling