Leksik ma’no miqdorining ortishi?
Leksik ma’no taraqqiyoti natijalari ikki xil bo`ladi: 1) so`zning semantik tarkibidagi ma’nolar miqdori ko`payadi, demak, miqdor o`zgarishi yuz beradi, bu hol polisemiyaga (ko`p ma’nolilikka) va omonimiyaga olib keladi. Xususan, metafora, vazifadoshlik (funksiyadoshlik) va sinekdoxa yo`llari bilan ma’no ko`chirilishida ko`proq polisemiya yuzaga keladi, chunki bir leksemaning semantik tarkibida leksik ma’nolar miqdori ko`payadi: ko`z ("ko`rish a’zosi") – ko`z ("uzukning ko`zi") – ko`z ("taxtaning ko`zi") – metafora; tish ("odamning tishi") – tish ("arraning tishi")- metafora va funksiyadoshlik; gilos ("mevaning bir turi") – gilos ("gilos daraxti")-sinekdoxa.
Do'stlaringiz bilan baham: |