Leksikologiya Reja : Leksika va leksikologiya haqida umumiy tushuncha. So‘z va uning ta`rifi. Til qurilishida so‘zning o‘rni. So‘zning tovush va ma`no tomonlari. Uning tushuncha bilan aloqasi. Tayanch
Download 29.73 Kb.
|
Leksikologiya
Onomastika atoqli otlarni o‘rganadigan fan bo‘lib, antroponimika (odamlarning ismini ilmiy jihatdan o‘rganadi), toponimika (geografik nomlarni o‘rganadi), etnonimika (millatlarning nomlarini o‘rganadi)dan tarkib topadi.
Terminologiya. Tilda shunday so‘zlar borki, ular fan, texnika, adabiyot, san`at va madaniyatga oid tushunchalarni ifoda qilib, bir ma`noda ishlatiladi. Bunday so‘zlar terminlar deb ataladi. Har bir sohaga oid terminlar birlashtirilib terminologiya deb yuritiladi. Mas., tilshunoslik fani o‘z terminlariga ega: unli, undosh... Terminlarning ko‘p ma`noda ishlatilishi fan uchun ijobiy xususiyat sanalmaydi. CHunki bir terminning turli fanlarda har xil ma`nolarda qo‘llanishi ba`zan noaniqliklarga olib kelishi mumkin. Terminlarning asosiy (ma`nolari) belgilari ularning bir ma`noliligi (monosemantik ekanligi), neytral, alohida emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega emasligi, biror fan va texnika sohasiga tegishli ekanligi bilan izohlanadi. Ba`zan terminlar badiiy asarlarda stilistik talabga ko‘ra ishlatilishi mumkin. Termin uchun kontekstning bo‘lishi shart emas. Har bir fanning o‘z terminlar tizimi mavjud. Terminlar bir-ikki so‘zdan va so‘zlar birikmasidan iborat bo‘lishi mumkin. Kelib chiqishi jihatdan terminlar har bir tilning ichki resurslariga xos va boshqa tillardan o‘zlashgan bo‘lishi mumkin. Ichki resurslarga misol: to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol. O‘zbek tilida chet tillardan o‘zlashgan terminlar juda ko‘p. Mas., meditsina, biologiya, ximiya, fizika... sohalarida. Ko‘pgina terminlar ular ifodalaydigan tushuncha va jismning nomi bilan butunlay boғlanmaydi. Mas., gagarinit, iravdit. Har bir fan va texnika sohasiga tegishli alohida terminologik luғatlar mavjud: tilshunoslik, adabiyotshunoslik va boshqa fan sohalarida. Ular bilan tilshunoslikning leksikografiya sohasida atroflicha tanishiladi. Tilning hozirgi holati va uning tarixiy bosib o‘tgan yo‘li jihatdan leksikologiya 2 turga: sinxronik (zamonaviy) va diaxronik (tarixiy) leksikologiyaga ajratiladi. Tilning luғati tasnifiy va qiyosiy o‘rganilishi mumkin. Ayrim olingan tilning luғat boyligini har tomonlama o‘rganish tavsifiy leksikologiya, ikki yoki undan ortiq tillarning luғat boyligini qiyosiy o‘rganish qiyosiy leksikologiya deb yuritiladi. Grammatik distributsiya deganda bir turkumdagi so‘zning boshqa turkumdagi so‘zlar bilan birika olishi tushuniladi. Leksik-semantik distributsiyada so‘z ma`nolarining bir-biriga mos kelish-kelmasligi tushuniladi. Download 29.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling