Leksikologiya Reja : Leksika va leksikologiya haqida umumiy tushuncha. So‘z va uning ta`rifi. Til qurilishida so‘zning o‘rni. So‘zning tovush va ma`no tomonlari. Uning tushuncha bilan aloqasi. Tayanch


Download 29.73 Kb.
bet7/8
Sana04.04.2023
Hajmi29.73 Kb.
#1324494
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Leksikologiya

Omonimlar va ularning turlari. Talaffuzi va yozilishi bir xil, ammo ma`nosi bir-biridan tubdan farq qiluvchi so‘zlar: kuya, sir, chang, boғ, tortmoq, yozmoq, chopmoq.
Ularga grammatik shakllar - qo‘shimchalar qo‘shilganda ham omonimlik xususiyatlarini saqlab qolishi mumkin: ot-ism, ot-hayvon, yozmoq-pisat’, yozmoq-raskrit, nakrit’ kabi.
Omonimlarni yuzaga keltiruvchi vositalar: a) har xil talaffuzli, fonetik qurilishi farqli bo‘lgan so‘zlarning bir xil talaffuz etiladigan bo‘lib qolishi: ot, o‘t (shevada ular omonim hisoblanmaydi). b) so‘zlarning semantik taraqqiyoti: dam-nafas, hordiq, bosqon. v) so‘zlarning talaffuz jihatdan tasodifan mos kelib qolishi: bank /banka.
Sinonimlar va ularning tiplari. Fonetik qurilishi (shakli) har xil, ma`nosi esa bir xil bo‘lgan so‘zlardir: aylanmoq-kezmoq-sayr qilmoq, pedogok-muallim.
Bir umumiy (birlashtiruvchi) ma`nosi bilan o‘zaro boғlanuvchi so‘zlar guruhi sinonimik qator deyiladi.
Ko‘p ma`noli so‘zlar har bir ma`nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik qatorda bo‘lishi mumkin: bitirmoq.
1) bitirmoq-tugatmoq-tugallamoq, tamomlamoq;
2) bitirmoq-bajarmoq-ado etmoq-o‘rinlatmoq;
3) bitirmoq-tamomlamoq-tamom qilmoq-son qilmoq-sonlamoq-af qilmoq-yo‘qotmoq-yo‘q qilmoq.
Sinonimik qatorni tashkil etuvchi so‘zlar qaysidir jihatlari bilan bir-biridan farqlangani uchun tilda alohida leksik birlik sifatida yashash imkoniyatiga ega.
Sinonimik qatordagi so‘zlar asosan quyidagi hodisalar nuqtai nazaridan o‘zaro farqlanadilar:
1. emotsional-ekspressiv nuqtai nazaridan: xunuk-badbashara
2. Uslubda farqlanadi:odam-kishi-inson
3. Sinonimik qatordagi so‘zlar hozirgi adabiy tilga munosabati nuqtai nazaridan o‘zaro farqlanishi mumkin: o‘qituvchi- domla-afandi.
4. Sinonimik qatordagi so‘zlar ma`noni qaydarajada ifodalashi jihatdan ham o‘zaro farqlanadi: qiziq-ғalati-antiqa-ajayib-alomat. Neytral: qiziq. Kuchli: ajoyib, alomat, antiqa. YAxshi, durust, tuzuk (kuchsiz)
Paydo bo‘lishi:
1. So‘z o‘zlashtirish orqali
2. YAngi ma`noli so‘zlar: vazifa-topshiriq
Antonimlar. Birdan ortiq so‘zning o‘zaro antonimik munosabati ma`nodagi zidlikka asoslanar ekan, ko‘p ma`noli so‘z har bir ma`nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkin: qattiq-yumshaq; qattiq-saxiy.
Bir so‘z o‘zaro sinonim so‘zlar bilan yoki o‘zaro sinonim so‘zlar boshqa sinonim so‘zlar bilan antonimik munosabat hosil qiladi.


Xafa-xursand-xushvaqt-xurram-xushnud. CHiroyli-go‘zal-xusndor-xusnli-xushro‘y-ko‘xli-ko‘rkam-barno-suluv-zebo-latofatli-sohibjamol; xunuk-badbashara-badburush-badqavoq-tasqara-bedavo-ta`vibeo‘xshov-beso‘naqay-sovuq-badsurat.
Antonimlar bir turkumga oid so‘zlar bilan cheklanadi.
Omofon: tub-tun, yod-yot, mard-mart.
Omograf: tol-daraxt; tol-qurilish materiali; tok-uzum. tok-elektr toki.
Paronim: fakt-pakt; afzal-abzal; amr-amir.

Download 29.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling