Leksikologiya. Tilning leksik qatlamalari


Download 91.54 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi91.54 Kb.
#1437046
Bog'liq
LEKSIKOLOGIYA


Leksikologiya. Tilning leksik qatlamalari.

REJA:

Kirish: 1.Leksikologiya haqida umumiy tushuncha.

1. Leksikologiya- so’z va uning ma’nolarini o’rganuvchi tilshunoslikning bo’limi.


2. O`zbek tili leksikasida o`z va o`zlashgan qatlam.


3. O’zbek tili leksikasining ishlatilish doirasi.


4. Tarixiy jihatdan o’zbek tili leksikasi.


Xulosa. Leksikologiya tushunchasining kundalik hayotimizdagi ahamiyati.


Har qanday tilni o’rganayotgan paytimizda, eng avvalo, bizni qurshab turgan narsa va hodisalarning amaliy hayotimiz bilan bog’liq bo’lgan turli xil harakat, holatlar, belgi va xususiyatlarning shu tilda qanday ifodalanishini, nomlanishini bilishdan boshlaymiz.


Ma’lum bir tildagi ana shunday so’zlar yig’indisi shu tilning lug’at tarkibini tashkil qiladi.
Leksika atamasi ikki ma’noda qo’llaniladi:
a)tilning lug’at tarkibi, so’zlar yeg’indisi;
b)lug’at tarkibini o’rganuvchi tilshunoslikning alohida bo’limi.
Leksika atamasining ikkinchi ma’nosi uchun leksikologiya atamasi ham qo’llaniladi.
Tildagi so’zlarning jami uning leksikasini, ya’ni lug’at boyligini tashkil etadi.
Leksikologiya (yunoncha lexikos- lug’atga oid va logos-ta’limot) tilshunoslikning lug’aviy birliklar tarkibini tekshiradigan bo’limdir.
Leksikogiya tilning lug’at boyligini o’rganish bilan shugullanadi. Leksikologiya fani so’z ma‘nosining o’zgarishi, ya‘ni so’z ma‘nosining kengayishi va torayishi, so’zlarning shakli va so’zning ma‘no munosabatiga ko’ra turlari, ularning hududiy va ijtimoiy qatlamlari, yangi so’zlarning paydo bo’lishi kabi qator masalalarni o’rganadi.
Leksikologiya semasialogiya, leksikografiya, onomosiologiya, eti­mologiya, frazeologiya, onomostika kabi bo’limlarni qamrab oladi.
Semasiologiya til birliklari (til ishoralari) ni ma‘no jixatdan o’rganadi. Til ishoralari so’zning shakli va so’zning ma‘nosi jixatidan izoxlanadi (bu o’rinda bizni so’z qiziqtirayotganligi uchun gap shu birlik tugrisida boradi). So’zning shakli deganda uning tarkibidagi tovushlari, suzning ma‘nosi deganda uni tashkil - qilgan tovushlar yigindisidan anglashiladigan ma‘no ko’zda tutiladi. Semasiologiya tilning barcha ma‘no bildiruvchi birliklarini o’rganadi.
So’z tilning asosiy birligi bo’lib, u xar bir til yarusi tomonidan o’rganilishi mumkin.
So’z fonetik jixatdan shakllangan bir butunlikdir; Fonema va morfemalar so’zning asosiy birliklari; so’zlar asosiy mustaqil birlik bo’lib, o’z o’rg’usiga ega. Urg’u so’zning fonetik jixatdan butunligini ta‘minlab, undagi tovushlarni birlashtiradi va shu bilan birga nutq. jarayonida bir suzni ikkinchisidan farqlashga xizmat qiladi.
So’zning butunligini kursatuvchi bir dalil pauzadir. Ma‘lumki, so’z bir harakatda talaffuz qilinib, uni pauzalarga bulish mumkin emas. Hozirgi zamon tilshunosligida suzning ma‘nosini, signifikat atamasi bilan, so’z anglatayotgan ma‘no denotat atamasi orqali nomlash mumkin.
Tildagi so’zlarning jami uning leksiksini, ya’ni lug’at boyligini tashkil etadi.

Tilning lug’at tarkibi va tashkil etuvchi so’zlar bir qator umumiyliklarga ega. Ular quyidagilarda ko’zga tashlanadi:1) tildagi so’zlar muayyan ma’no ifodalash xususiyatiga ega bo’ladi. So’zning ma’no xususiyatlari leksikologiyaning semosiologiya bo’limida o’rganiladi ; 2) har qanday tilning taraqqiyoti jarayonida yuz beradigan o’zgarishlar avvalo uning leksikasida o’z aksini topadi. Chunki til jamiyat taraqqiyoti davomida yangi-yangi so’zlar hisobiga boyib boradi, ayni paytda ba’zi so’zlar eskiradi va iste’moldan chiqadi ; 3) tilning lug’at tarkibidagi so’zlar iste’moli darajasiga ko’ra chegaralangan yoki chegaralanmaganligi bilan ham farqlanadi. Xususan, ba’zi so’zlar umumxalq iste’molida bo’lsa (ota, ona, yurmoq, men, sen), ayrim so’zlarning iste’mol darajasi chegaralangan bo’ladi. Masalan, shevaga oid so’zlarning hududiy chegaralanishi, shular jumlasidandir; 4) so’zlar nutq uslubiga bo’lgan munosabatiga ko’ra ham farqlanadi. Jumladan , ba’zi so’zlar uslubiy betaraf bo’lsa, ba’zilari esa nutq uslubining ma’lum turiga mansubligi bilan farqlanadi; 5) har bir so’z tovush qiyofasi va ma’noga, ya’ni shakl va mazmunga ega. Shunga ko’ra, so’zlar omonim, paronim, sinonim , antonim munosabatlarni yuzaga keltiradi. Tilning eng muhim birliklaridan bo’lgan so’zlarga xos bu umumiyliklar leksikologiyaning asosiy tekshirish ob’yektidir.


Leksikologiyaning yana bir sohasi etimologiya deb yuritiladi. U tilning lug`at tarkibidagi so`z va iboralarning tarixan kelib chiqishini, yasama so`zlarning va boshqa tillardan kirgan so`zlarning ma’noli qismlarini izohlaydi. Demak, etimologiya so`zning ikki tomonini ham, ya’ni ichki – ma’no tomonini hamda tashqi – tovush tomonini ham tahlil qiladi.
Leksikologiya tashqi tomondan lug`at tarkibining hozirgi ahvolini, tilning lug`at tarkibida sodir bo`layotgan turli o`zgarishlarni: so`zlarning qo`llanish darajasini, ba’zi so`zlarning eskirib iste’moldan chiqib ketishini (sekretar, oblast kabi), fan, madaniyat va texnikaning uzluksiz rivojlanishi bilan tilning yangi so`zlar hisobiga boyishini, ba’zi so`zlar ma’nosida sodir bo`ladigan o`zgarishlarni (ma’no ko`chish hodisasini) o`rganadi.
Leksikologiyaning yana bir sohasi leksikografiya deb yuritiladi. Leksikografiyaning vazifasi tildagi so`zlarni yozma ravishda to`plashdir. Leksikografiya so`z va iboralarni ma’lum bir sohalar bo`yicha to`plab, muayyan tartibda keltiradi (alifbo tartibiga soladi) va lug`at kitoblari shaklida nashr etadi.
Leksikologiya tilning fonetika va grammatika bo`limlari bilan bevosita bog`liq. Fonetika nutq tovushlarini o`rganadi. Leksika shu tovushlar asosida shakllanadigan so`zni, grammatika o`z qonun-qoidalari asosida so`zlarni o`zaro bog`laydi va tilni fikr ifodalash uchun tayyorlaydi. Demak, tovush bo`lmasa, so`z bo`lmaydi, so`z bo`lmasa grammatikaning ham bo`lishi mumkin emas.
Ma’lumki, so`zlovchi tilning lug`at tarkibidan maqsadiga muvofiq tarzda foydalanadi. Bu leksikologiyaning uslubiyat bilan o`zaro bog`liq ekanini bildiradi.
Lug`at tarkibi shu tilda so`zlashuvchi xalqlarning moddiy va ma’naviy madaniyat tarixi bilan bog`liq. SHuning uchun leksikologiya tarix, arxeologiya, adabiyot, falsafa kabi ijtimoiy fanlar bilan ham yaqindan aloqadadir.

Ma’lumki, o`zbek xalqi tarixiy davrlar mobaynida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqada bo`lib kelgan. Bu aloqalar o`zaro aloqada bo`lgan xalqning tiliga ma’lum darajada o`z ta’sirini o`tkazadi


Hozirgi o`zbek tili leksikasi tarixiy jihatdan ikki qatlamga ajratiladi:
1. O`z qatlam.
2.O`zlashganqatlam
O`z qatlam. O`z qatlamga umumturkiy so`zlar va o`zbekcha so`zlar kiradi.
1. Umumturkiy so`zlar. Ko`pchilik turkum xalqlar tilida qo`llanadigan, barcha turkiy tillar uchun umumiy bo`lgan so`zlar umumturkiy so`zlar deyiladi. Bu so`zlar turkiy qabilalarning goh qo`shilishi, goh ajralishi natijasida yuzaga kelgan, hozirda turkiy xalqlar deb nomlanadigan kishilar tiliga mansub so`zlardir. Oltoy tillar oilasining turkiy guruhida (turkumida) 24 ta til: o`zbek, qozoq, uyg`ur, boshqird, qirg`iz, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon, no`g`oy, tatar, chuvash, yoqut, tuva, shor, qoraim, qo`miq, gagauz, xakas, balqar, oyrot, karagas, turk, qorachoy, oltoy turklari tillari mavjud.
Umumturkiy so`zlar hozirgi o`zbek tili leksikasining asosiy qismini, deyarli yarmini tashkil qiladi.
Umumturkiy so`zlar turli sohalarga oid bo`lib, ularga narsa-shaxs, belgi, miqdor, harakat, his-tuyg`u bildiradigan so`zlar kiradi: kishi, oyoq, qo`l, bosh, ko`z, qosh, qizil, ko`k, yashil, oq, bir, ikki, uch, to`rt, o`n, kel, tur, yot, o`tir, ol, ur, yaxshi, yomon, sen, u, biz, siz, ular, asta, sekin, tez kabi.
2. O`zbekcha so`zlar. O`zbek tili sharoitida o`zbek tili va boshqa til elementlari asosida yaratilgan so`zlar o`zbekcha so`zlar deyiladi. O`zbekcha so`zlar o`zbek tilining o`z ichki imkoniyatlari asosida, o`z qonuniyatlari asosida yaratiladi. Bunda quyidagi holatlar kuzatiladi:
1. Asli o`zbekcha so`zlarga shu tildagi so`z yasovchi qo`shimchalar yordamida hosil qilingan so`zlar: ter+im+chi, bir+lash+ma, qo`l+lan+ma, o`t+kaz+gich, tur+g`un, bola+larcha.
2. Boshqa tildan o`zlashgan so`zlarga o`zbek tilidagi yasovchi qo`shimchalarni qo`shish bilan yasalgan so`zlar: a) tojikcha so`zlardan yasalgan so`zlar: mard+lik, jang+chi, do`st+lik, pul+siz; b) arabcha so`zlardan yasalgan so`zlar: rahbar+lik, qimmat+li, shifo+la+moq, nifoq+chi, nomus+li; v) ruscha-internotsional so`zlardan yasalgan so`zlar: sport+chi, razvedka+chi, beton+la+moq, ekskavator+chi.
3. Boshqa tillardan kirgan yasovchi qo`shimchalar yordamida o`z va o`zlashma so`zlardan hosil qilingan so`zlar: til+shunos, mehnat+kash, chizma+kash, kitob+xon, ilm+iy, vagon+soz va boshqalar.
O`zlashgan qatlam. Hozirgi o`zbek tilining lug`at tarkibiga tarixiy sabablarga ko`ra boshqa tillardan ko`plab so`zlar kirib kelgan. O`zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so`zlar o`zlashgan so`zlar (olinma so`zlar) deb yuritiladi. O`zlashgan so`zlar uyg`ur, tojik, arab, rus, nemis, frantsuz, ispan, ingliz va boshqa tillarga oid.
1. Arab tilidan o`zlashgan so`zlar. Arabcha so`zlar o`zbek tiliga VII-VIII asrlardan boshlab kirgan. Bu hol arablarning Markaziy Osiyoni bosib olishi bilan bog`liq. Kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma’no, ilhom, kasb, qassob, san’at, asbob, bino, imorat, ovqat, g`alla, fil, parranda, hasharot, inson, odam, oila, amma, xolla, dimog`, idora kabi.
Rus tilidan so`zlar ikki yo`l bilan o`zlashdi:
1. Rus ishchilari, ustalari, rus askarlari, chinovniklarining mahalliy aholi bilan turli xildagi aloqalari bilan og`zaki nutq orqali: chilon (chlen), adbakat (advokat), apisor (ofitser), iskalat (sklad), axran (oxrana), choynay (choynak) kabi.
2. Matbuot orqali: ayrapilan (aeroplan), pabrik (fabrika), po`shta (pochta), zovut (zavod), uez (uezd), kridit (kredit), banka (bank), veksil (veksil) kabi.
Rus tili orqali kirgan so`zlarning ba’zilari dunyodagi ko`pgina xalqlarning tilida tovush tomoni deyarli o`zgartirilmay ishlatiladigan xalqaro so`zlardir. Ular, odatda, internotsional (baynalminal) so`zlar deb yuritiladi. O`zbek tiliga o`zlashgan internotsional so`zlar tarixiy jihatdan quyidagi tillarga mansub:
1. Rus tiliga: sudьya, samolyot, stol, stul, tok, ruchka kabi.
2. Lotin tiliga: reviziya, nota, metall, refleks, rezina, general, kapital, kanal, plan, direktor, radio kabi.
3. Grek tiliga: grammatika, pedagog, talant, tezis, kafedra, poeziya, poema, metr, neft, taktika, parallel kabi.
4. Nemis tiliga: raketa, kran, shaxta, rolik, politsiya kabi.
5. Ingliz tiliga: chempion, futbol, dollar kabi.
6. Frantsuz tiliga: roman, palto, serjant, ministr, bank kabi.
Rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan so`zlar ijtimoiy-siyosiy hayotga, sanoat, qishloq xo`jaligi, fan-texnika, madaniy-oqartuv, san’at, savdo, sport, harbiy sohaga doir.
Hozirgi Evropa tillaridan so`zlar bevosita aloqalar orqali o`zlashmoqda. Masalan, o`z navbatida so`zlar o`zbek tilidan rus tiliga ham o`zlashmoqda: o`rik, anjir, somsa (uryuk, injir, samsa) kabi.
O`zbek tili lug`at tarkibining asosiy qismini ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika tashkil etadi.
O`zbek tilida gaplashuvchi barcha kishilar tilida qo`llanadigan so`zlar ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika deyiladi. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikadan yashash joyi, kasbi, hunari, jinsi, madaniy saviyasidan qat’iy nazar barcha o`zbek millatiga mansub kishilar foydalanadi, shunga ko`ra ular umumiste’moldagi so`zlar deb ham yuritiladi.
Boshqa tillardan kirgan so`zlar ham o`zbek xalqining barchasiga tushunarli bo`lsa, ular ishlatilish doirasiga ko`ra chegaralanmaydi. Masalan, arab tilidan o`zlashgan shamol, soat, inoq, dohiy, mag`rur, hafa, maqol, hayot, millat, hikoya so`zlari; tojik tilidan o`zlashgan go`sht, non, sozanda, suhbat, sabzavot, ombur kabi so`zlar; rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan traktor, kino, teatr, tsirk, kartoshka, fabrika, zavod kabi so`zlar umumxalq tilida qo`llanadi.
Demak, ishlatilish doirasi chegaralanmagan so`zlar o`z qatlamga ham, o`zlashgan qatlamga ham oid bo`lishi mumkin.

Ishlatilish doirasi chegaralangan leksika. Tildagi so`zlarning umumxalq tomonidan ishlatilmaydigan qismi ishlatilish doirasi chegaralangan leksika deyiladi. Bunday so`zlarning ishlatilishi ma’lum sabablarga ko`ra chegaralangan bo`ladi. Ishlatilish darajasi chegaralangan leksikaga dialektal so`zlar, atamalar, jargon va argolar kiradi.


Dialektal leksika ishlatilish territoriyaga ko`ra chegaralangan so`zlar bo`lib, ular adabiy tilga kirmaydi. Ma’lum bir xududdagi kishilar nutqida qo`llanib, ulargagina tushunarli bo`lgan so`zlar sheva so`zlari deyiladi. SHeva so`zlari yig`indisi dialektizm deb yuritiladi. Dialektizm – grekcha so`z bo`lib, dialektos – «tilning mahalliy ko`rinishi» demakdir. SHuning uchun dialektizm umumtilning mahalliy ko`rinishi bo`lgan dialektlarga xosdir.


Misollar: qorinja (chumoli), g`o`z (yong`oq), karvich (g`isht) – Xorazm; norbon (narvon), bodrak (varrak), poku (ustara) – Buxoro; mishiq (mushuk) - Farg`ona; inak (sigir), mo`rcha (chumoli), pishak (mushuk) - Samarqand shevasida.
SHevadagi ba’zi so`zlar adabiy tilda ham bo`lishi mumkin. Lekin ular boshqa-boshqa ma’nolarni bildiradi. Masalan: kosa so`zi Xorazm shevasida «piyola» ma’nosini, adabiy tilda «suyuq ovqat soladigan idish», lagan so`zi Xorazm shevasida kir yuvadigan tog`ora, adabiy tilda «quyuq ovqatlarni soladigan idish» ma’nosini bildiradi.

Kasb-hunar leksikasi. O`zbek xalqi qadimdan turli kasb-hunar bilan shug`ullanib keladi. SHuning uchun O`zbekistonda kasb-hunar tarmoqlari taraqqiy etgan. Jumladan, kulochilik, qashshoqlik, kashtachilik, duradgorlik, terimchilik, ovchilik, chorvachilik, kosibchilik va hokazolar shular sirasiga kiradi. Turli kasb-hunarga doir so`zlar kasb-hunar leksikasi deyiladi. Hozirgi o`zbek tili leksik tarkibida kasb-hunarga doir so`zlarga boy. Masalan: kulolchilikda dog`chil (xum yasashda ishlatiladigan asbob), aspak yoki ob yog`och, bandak, bog`ich (idish chetini tekislash uchun ishlatiladigan latta, charm yoki kigiz parchasi) kabi so`zlar, suvoqchilik sohasida bozi (tokcha yoki), andava (asbob), loykash (kishi), mola gazcho`p (asbob) kabi maxsus so`zlar bor. Ular shu hunar egalari tilida qo`llanadi va ular uchun tushunarlidir.


Yozuvchilar badiiy asarlarda qahramonlarning mehnat faoliyatini ko`rsatishda kasb-hunarga doir so`zlardan foydalanadilar.
Atamalar. Fan-texnika, xalq xo`jaligi, qishloq xo`jaligiga doir ilmiy tushunchalarni aniq ifodalaydigan so`zlar atamalar deyiladi. Fan-texnika va ishlab chiqarish sohasida qo`llanadigan terminlarning jami terminologiya (terminologik leksika) deb yuritiladi. Masalan: fonetika, leksika, morfologiya, morfemika, sintaksis – tilshunoslikka oid; kvadrat, ildiz, teorema – matematikaga doir; sifatlash, o`xshatish, jonlantirish – adabiyotshunoslikka doir atamalardir.
Jargon va argolar. O`tmishda xalqni ekspluatatsiya qiladigan sinf vakillari, saroy ahllari, mansabdor shaxslar, savdogarlar, qalandar, maddohlar, xalqni aldab yuruvchi gadoylar, o`g`rilar, firibgarlar o`z niyatlarini xalqdan yashirish uchun o`zlariga tushunarli so`z va iboralardan foydalanganlar.
Ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan yaratilib, umumxalq tilidan farq qiladigan dabdabali so`z va iboralar jargonlar deyiladi. Masalan, oftobi olam (podsho), husni mutlak (xudo), nishoni oliy mon, shoe’ qiling (bildiring), mal huz emas (mulohaza qilingan emas), ne’mati jannat (yor, mahbuba), shavaqqu’ aylang (umid bilan kuting), tanzil (foyda).
Tarixiy jihatdan o`zbek tili leksikasi
Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida uning barcha bo`limlarida, jumladan, leksikasida ham o`zgarishlar yuz beradi. Bunda tildagi ba’zi so`zlar eskirib, iste’moldan-ishlatilishdan chiqib ketadi yoki yangi tushunchalarni nomlovchi so`zlar paydo bo`ladi. Bu hodisalar tilning leksik tarkibini 2 qatlamga ajratishni taqazo etadi:
1. Zamonaviy qatlam (neytral qatlam).
2. Eskirgan qatlam.
3.Yangi qatlam.
Zamonaviy qatlam. Bu qatlam o`zbek tili leksikasining asosiy qatlami bo`lib, uni umumxalq leksikasiga – ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikaga oid so`zlar, shuningdek, atamalar, kasb-hunarga doir so`zlar tashkil etadi.
Arxaik so`zlar. Hozir mavjud bo`lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan nomlari arxaik so`zlar deyiladi. Arxaik so`zlar yig`indisi arxaizmlar deyiladi. Arxaizm – grekcha so`z bo`lib, archaios – «qadimgi» degan ma’noni bildiradi.
Arxaik so`zlar so`zlovchining ko`z oldida iste’moldan chiqib ketayotgan so`zlardir revolyutsiya (inqilob), tuman (rayon), viloyat (oblast), baynalmilal (internotsional).
Masalan: bitik (kitob), ulus, budun (xalq), o`miz (ko`krak) kabi.
Neologizmlar. Kundalik hayotimizdagi angi narsalarni, ularning belgilarini, yangicha munosabatlarni, umuman yangi tushunchalarni ifoda etish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan so`zlar yoki yangi ma’noda qo`llangan eski so`zlar neologizmlar deyiladi. Neologizm grekcha so`z bo`lib, neos – «yangi» degan ma’noni bildiradi. Neologizm yangilik bo`yog`iga ega bo`lgan so`zlardir. Masalan: bakalavr, magistratura, kompьyuter, kompьyuter texnologiyasi, marketing, supermarket kabi.
O`zbek tili leksikasining boyish manbalari
O`zbek tilining leksikasi fan-texnika, san’at, ishlab chiqarishning taraqqiyoti bilan bog`liq holda boyib boradi.
Tilning lug`at tarkibi 2 manba asosida boyiydi.
1. O`zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida (ichki manba). Bunda so`z yasash orqali yangi so`zlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor, vazirlik, ijarachi, tinchliksevar, MDH, BMT kabi. Ichki imkoniyatga shevalardan adabiy tilga so`z olish ham kiradi: aya, bolish, uvildiriq (ikra) kabi.
2. Boshqa tillardan so`z olish (tashqa manba). O`zbek tiliga boshqa tillardan so`z o`zlashtirish turli davrlarda turlicha bo`lgan. Eng qadimda fors-tojik tillaridan, keyinroq arab tilidan, undan ham keyinroq rus tilidan va rus tili orqali Evropa tillaridan so`z o`zlashtirish faollashgan. O`zlashgan so`zlar ham o`zbek tili leksikasida anchagina miqdorni tashkil etadi. Keyingi yillarda tilning leksik tarkibini so`z yasashdan ko`ra boshqa tillardan so`z o`zlashtirish hisobiga boyishi etakchilik qilmoqda.
Frazeologiya
Nutqda ikki yoki undan ortiq so`zlarning o`zaro ma’no va grammatik jihatdan bog`lanishidan tuzilgan birikmalar qo`llaniladi.
Leksikografiya
Tilshunoslikning lug`at tuzish ishi bilan shug`ullanadigan bo`limi leksikografiya deyiladi. Lug`atlar tilning lug`aviy boyligini to`plovchi kitobdir. Lug`atlar muayyan mavzularda tuzilib, unda so`zlar alfavit tartibida joylashtiriladi. Lug`at tuzish ishi bilan lug`atshunoslar qadimdan shug`ullanib kelishgan. Masalan, XVI asarda usmonli turk tilida «Abushqa» lug`ati yaratilgan.
Lug`atlar xarakteriga ko`ra ikki turga bo`linadi:
1) qomusiy (entsiklopedik lug`at) lug`atlar; 2) lingvistik lug`atlar.
Qomusiy lug`atlar ilmiy, siyosiy, adabiy va ishlab chiqarishga xos tushunchalar, borliqdagi predmetlar va voqea-hodisalar haqida ma’lumot beradi.
Bir tilli lingvistik lug`atlarda lug`aviy birliklar bir tilning - o`zbek tilining o`zida izohlanadi.

Tilimizdagi so’zlarning juda katta qismi ko’p ma’nolidir, chunki kishilar o’zining kundalik hayotida yangi paydo bo’lgan tushunchalarning har biri uchun alohida-alohida so’zlar qo’llayveradigan bo’lsa, so’zlarning soni o’ta ko’payib ketib, ularning xotirada saqlash mumkin bo’lmay qolardi. Natijada tildan foydalanish ham qiyinlashib, u sekin-asta yaroqsiz holga kelib qolgan bo’lardi.


Shuning uchun ham har qaysi tilda sanoqli til birliklarining turli xil kombinatsiyalaridan cheksiz tushuncha va fikrlarni ifodalashga harakat qilinadi.Ana shunday harakat tufayli tilde ilgari mavjud bo’lgan so’zlarga yangi- yangi ma’nolar yuklanadi.
Nutq jarayonida mana shunday ko’p ma’noli, ko’chma ma’noli so’zlarni bilish va undan nutq jarayonida o’rinli foydalanish nutqimizni ta’sirchan, ifodali bo’lishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar;


1.A.Nurmonov « Hozirgi o’zbek adabiy tili » Ilm Ziyo 2010


2.M.Xamrayev « Ona tili » Sharq 2011


3.A.Nurmonov « Hozirgi o’zbek adabiy tili » Sharq 2004
Download 91.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling