Leonard Eyler
Download 125.25 Kb.
|
1 2
Bog'liqLeonard Eyler
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karl Fridrix Gauss.
Leonard Eyler. XVIII asrning buyuk, yirik matematiklaridan biri Leonard eyler edi. Leonard eyler Shveytsariyaning Bazel shahrida «pastor» oilasida tug`ildi . eyler birinchi boshlang`ich ma`lumotni otasidan olgan. Uning otasi atoqli matematik YAkov Bernullining sobiq o`quvchilaridan edi. Otasi o`g`lini ilohiy mansab egasi bo`lishini va uni o`rta maktabni tugatgandan keyin teologiya ya`ni ilohiylik fakul’tetiga tayinladi. Lekin eyler ilohiylikka emas , matematikaga qiziqdi va u YAkov Benullini ukasi mashhur matematik professor Iogan Bernullini lektsiyalarini tinglamoqchi bo`ldi. Keyinroq eyler o`zining o`qituvchisi Iogan Bernulli haqida yozadi: ayrim darslariga u o`zining bandligi tufayli meni uzil kesil rad qildi . Lekin u menga juda foydali maslahat berdi . U quydagidan iborat edi. Men qiyin matematik kitoblarni hammasini qunt bilan puxta o`rganishim va agar qandaydir to`siq va g`ovlar uchrasa har shanba tushdan keyin uning oldiga bemalol borishimga ruhsat berdi va barcha qiyinchiliklarni hushmuomalalik bilan tushuntirardi. U shunday qiyinchiliklar bilan matematikada omad va muvaffaqiyatlarga erishdi. 19 yoshida eyler birinchi ilmiy ishini Parijdagi fan akademiyasi konkursida e`lon qildi va bosmadan chiqardi. 1727 yilda eyler Peterburgga keldi . 1725 yilda u ikkita do`stini topgan edi.Ularning uning ustozi Iogan Bernullini o`g`illari Daniel va Nikolay Bernullilar edi.Bu ilm egalari Peterburg fanlar akademiyasiga ishga taklif qilingan edi. 26 yoshida eyler Peterburg fanlar akademiyasiga a`zo bo`ldi. eyler bir necha tillarni ya`ni grek , lotin, nemis ,frantsuz , rus , va boshqa tillarni bilgan. 76 yoshida eyler vafot etdi va Peterburgdagi Smolensk qabristoniga dafn qilindi . Karl Fridrix Gauss. Karl Fridrix Gauss 1777 yilning 30 aprelida Braunshveygdagi Vendengreben kanali ustidagi 1550 –uyda dunyoga keldi. Uning tarjimai xoli bo`yicha mutaxxassislar fikriga ko`ra u otasining qarindoshlaridan sog`lomlikni , onasining qarindoshlaridan yorqin intellektni meros qilib oldi . Boshqalarga nisbatan , bo`lajak olimga tog`asi Frideriks usta-to`quvchi yaqin edi. Jiyaning so`ziga qaraganda «unda tug`ma geniylik vafot etgan edi» . Karl Fridrix Gauss o`zi xaqila «so`zlashdan oldin , xisoblashni bilardim » degan edi. Uxaqdagi eng erta tug`ilgan afsonada u uch yoshida otasi g`ishtchilar bilan olib borayotgan xisoblashlarini kuzatib o`tirib , birdaniga otasining xatosini tuzatgani aytiladi. 7 yoshida Karl Fridrix Gauss Ekaterina xalq maktabiga kirdi. U erda xisoblashni uchinchi sinfdan boshlaganidan ,birinchi ikki yilda kichik Karl Fridrix Gaussga e`tibor berishmadi . Odatda uchinchi sinfga o`quvchilar 10 yoshda kelar va 15 yoshgacha o`qishar edi. O`qituvchi Byuttnerga bir vaqtning o`zida turli yoshdagi turli tayyorgarlikdagi bolalar bilan shug`ullanishga to`g`ri kelar edi . SHu sababli u o`quvchilarning bir qismiga ikkinchi qismi bilan suxbatlashib olish imkoniyatiga ega bo`lish uchun uzoq xisoblashga doir mashq berar edi . Bir kuni bir gruppa o`quvchilarga ,ular orasida Gauss xam bor edi,1 dan 100 gacha bo`lgan natural sonlarning yig`indisini topish taklif etiladi. Topshiriqni bajargan o`quvchilar o`qituvchi stoliga o`z taxtasini qo`yish kerak edi . Taxtaning tartibi baxo qo`yishda xisobga olinar edi. Byuttner topshiriqni aytib bo`lishi bilanoq 10 yoshli Gauss o`z taxtasini stol ustiga qo`yadi . Hammaning hayratlanishiga sabab , faqat uning javobini to`g`riligi edi. Uning siri oddiy edi: topshiriq aytib bo`linguncha Gauss arifmetik progressiya hadlari yig`indisining formulasini qayta kashf qilgan edi. Ajoyib bola haqidagi ovoza kichkina Braunshveygga tarqaldi. 1788 yili Gauss gimnaziyaga o`tadi. U erda matematika o`qitilmas faqat klassik tillar o`rganilar edi. Gauss tillarni sevib o`rganadi va shunday muvaffaqiyatlarga erishadiki xatto u matematik bo`ladimi yoki filolog bo`ladimi bilmaydi. Gauss gertsogning homiyligi tufayli 1795 yilning oktyabrida Gettingen universitetiga kira oldi. Avval u filologiya bo`yicha lektsiyalar tingladi, matematika lektsiyalariga deyarli qatnashmadi. Bu uning matematika bilan shug`ullanmasligini bildirmaydi. Download 125.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling