Leonard Eyler
Mixail Vasil’evich Ostrogradskiy
Download 125.25 Kb.
|
1 2
Bog'liqLeonard Eyler
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pafnutiy L’vovich Chebishev
Mixail Vasil’evich Ostrogradskiy
Mixail Vasil’evich Ostrogradskiy 1801 yil 24 sentiyabrda Poltavada Pashen qishlog`ida pomeshchik- dvoryan oilasida dunyoga keldi. Uning bolaligi haqida kichik akasi Andrey Vasil’evich Ostrogradskiy quyidagilarni aytadi: bolaligida Mixail Vasil’evich Ostrogradskiy asosan o`yinchoqlarning o`lchami va miqdorini bilishni yaxshi ko`rardi. Shamolli va suvli tegirmonlar bilan qattiq shug`ullanar edi , qanotlari harakatini tegirmonni ichidagi toshni aylanishini kuzatardi.Suvli tegirmonlarda parrakni suvda turishini, suvni ortishini, pasayishini o`rganardi. U hamma narsani o`lchashni yaxshi ko`rardi. 15 yoshida Mixail Vasil’evich Ostrogradskiy Harkov universitetida lektsiyalar eshitishni boshlagan edi. 1817 yil u fizika matematika fakul’tetiga qabul qilindi . U erda a`lo baholarga o`qidi. Mixail Vasil’evich Ostrogradskiy matematika fanini o`rganishni davom ettirishni hohladi va 1822 yyil Parijga ketdi va u o`sha davrning buyuk matematiklari Laplas , Fur’e , Koshi , Puasson , Amperlarning lektsiyalarini eshita boshladi . Tezda Mixail Vasil’evich Ostrogradskiy o`zining muvaffaqiyatlari bilan o`qituvchilarining diatini o`ziga torta boshladi . 1826 yil «tsilindrik basseyndagi to`lqin tarqalishi» haqidagi memuarni Parij fanlar akademiyasiga taqdim etdi. Mashhur Frantsuz matematigi Koshi Mixail Vasil’evich Ostrogradskiyga «bu yosh rus odami juda bilimdon , ziyrak, qobiliyatli» deb , ta`rif bergan. 1828 yil Mixail Vasil’evich Ostrogradskiy vataniga qaytib keldi. 1830 yilda Peterburg fanlar akademiyasiga a`zo bo`ldi. Mixail Vasil’evich Ostrogradskiy 1836 yil 20 dekabrda vafot etdi va o`zining qishlog`iga dafn qilindi. Pafnutiy L’vovich Chebishev XIX asrning buyuk matematiklaridan biri Pafnutiy L’vovich Chebishev 1821 yil 4 mayda Kaluj gubernatorligida Okatov qishlog`ida dvoryan oilasida dunyoga keldi. U birinchi ma`lumotni uyda oldi. Bolalik yillarida Pafnutiy L’vovich Chebishev apparat va o`yinchoqlarning mexanizmlarini o`rganishga qiziqardi va tezda turli mexanizmli o`yinchoqlarni o`ylab topardi va yasab olardi. Bu mexanizmlarga qiziqish va ishtiyoq uning hayoti davomida saqlanib qoldi. 16 yoshida Moskva Universitetining matematika fakul’tetiga o`qishga kirdi .va u erda o`qidi. Pafnutiy L’vovich Chebishev 25 ta turli akademiya va fanlar uyushmasiga a`zo bo`ldi. Pafnutiy L’vovich CHebishev1894 yil 7 dekabrda vafot etdi . U Moskvadan 90 km uzoqlikdagi Spas qishlog`iga dafn qilindi. Pafnutiy L’vovich CHebishev dan uni nomi bilan ataluvchi matematika maktabi kelmoqda . Matematika maktabidagi Pafnutiy L’vovich CHebishevning izdoshlari buyuk ,mashxur matematiklari ,rus olimlari E. I. Zolotaryov, A.A. Markov, Lyapunov, Steklov, Krilovlardir. Bu maktabga butun dunyoga mashxur rus olimlari S.N. Bernshteyn , I.M. Vinogradov, B.N. Delone va boshqalar xam tegishlidir . Download 125.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling