Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish


–BOB  Tinchlik qurbonligi


Download 413.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/41
Sana04.02.2023
Hajmi413.34 Kb.
#1162013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
03-Levilar-Lev-UzLatin

3–BOB 
Tinchlik qurbonligi 

Agar podangizdagi birorta hayvonni tinchlik qurbonligi qilmoqchi bo‘lsangiz, 
nuqsonsiz sigir yoki buqani Egamiz oldiga olib keling. 

Qo‘lingizni qurbonlikning 
boshiga qo‘ying, so‘ng uni Uchrashuv chodirining kiraverishida so‘ying. Horunning 
ruhoniy o‘g‘illari qurbonlikning qonini qurbongohning to‘rtala yon tomoniga sepib 
chiqishsin. 

Siz tinchlik qurbonligining quyidagi qismlarini olovda kuydirib, Egamizga 
nazr qiling: ichak–chovoqlarini qoplab turgan yog‘larni, hamma charvini, 

ikkala 
buyrakni, buyrak atrofidagi yog‘larini va jigarning a’lo qismini*. Jigarning a’lo qismi 
buyraklar bilan birga ajratib olingan bo‘lishi lozim. 

So‘ng Horunning o‘g‘illari bularni 
qurbongohda, yonib turgan o‘tin ustidagi kuydiriladigan qurbonlik bilan birga 
kuydirsinlar. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Egamizga yoqimli hid boradi. 

Agar Egamizga suruvingizdagi hayvonni tinchlik qurbonligi qilmoqchi bo‘lsangiz, 
nuqsonsiz urg‘ochi yoki erkak jonivorni olib keling. 

Qo‘yni qurbonlik qilmoqchi 
bo‘lsangiz, uni Egamiz oldiga olib kelib, 

qo‘lingizni qurbonlikning boshiga qo‘ying. 
So‘ng uni Uchrashuv chodiri oldida so‘ying. Horunning o‘g‘illari qurbonlikning qonini 
qurbongohning to‘rtala yon tomoniga sepib chiqishsin. 

Siz tinchlik qurbonligining 
quyidagi qismlarini olovda kuydirib, Egamizga nazr qiling: dumg‘azadan boshlab kesib 
olingan dumbasini, ichak–chovoqlarini qoplab turgan yog‘larni, hamma charvini, 
10 
ikkala buyrakni, buyrak atrofidagi yog‘larini va jigarning a’lo qismini. Jigarning a’lo 
qismi buyraklar bilan birga ajratib olingan bo‘lishi lozim. 
11 
Ruhoniy bularni taom nazri 
sifatida qurbongoh ustida kuydirsin. Egamizga keltirilib, olovda kuydiriladigan 
qurbonlik shudir. 
12 
Agar Egamizga echkini qurbonlik qilmoqchi bo‘lsangiz, uni Egamizning oldiga olib 
keling. 
13 
Qo‘lingizni echkining boshiga qo‘yib, uni Uchrashuv chodiri oldida so‘ying. 
So‘ng Horunning o‘g‘illari echkining qonini qurbongohning to‘rtala yon tomoniga sepib 
chiqishsin. 
14 
Siz qurbonlikning quyidagi qismlarini olovda kuydirib Egamizga nazr 
qiling: ichak–chovoqlarini qoplab turgan yog‘larni, hamma charvini, 
15 
ikkala buyrakni, 


Levilar 

buyrak atrofidagi yog‘larini va jigarning a’lo qismini. Jigarning a’lo qismi buyraklar bilan 
birga ajratib olingan bo‘lishi lozim. 
16 
So‘ng ruhoniy bularning hammasini taom nazri 
sifatida qurbongoh ustida kuydirsin. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Egamizga 
yoqimli hid boradi. 
Yog‘ning hammasi Egamizga tegishlidir. 
17 
Yog‘ va qonni tanovul qilmang. Qayerda 
yashashingizdan qat’iy nazar, butun avlodingiz bu qonunga doimo rioya qilsin. 

Download 413.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling