Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish
Kuydiriladigan qurbonlik keltirish qoidasi
Download 413.34 Kb. Pdf ko'rish
|
03-Levilar-Lev-UzLatin
Kuydiriladigan qurbonlik keltirish qoidasi
8 Egamiz Muso orqali 9 Horun va uning o‘g‘illariga kuydiriladigan qurbonlikka oid quyidagi qoidalarni berdi: kuydiriladigan qurbonlik qurbongoh ustida tun bo‘yi, ertalabgacha qolsin. Qurbongoh ustidagi olov doim yonib tursin. 10 Ertasi kuni ertalab ruhoniy zig‘ir matosidan tikilgan libosni va ichidan ishtonni kiysin. So‘ng kuydirilgan qurbonlikning kulini qurbongoh ustidan yig‘ishtirib olsin. Kulni qurbongohning yoniga tashlasin. 11 Keyin ustidagi liboslarni yechib, boshqa liboslarni kiysin. Kulni qarorgohdan tashqaridagi halol joyga olib chiqib tashlasin. 12 Qurbongohdagi olov o‘chmay doim yonib turishi shart. Har kuni ertalab ruhoniy olovga o‘tin tashlab, uning ustiga kuydiriladigan qurbonlikni qo‘ysin. Tinchlik qurbonligining yog‘ini ham o‘sha olovda kuydirsin. 13 Qurbongohdagi olov zinhor o‘chmasin, u muttasil yonib tursin. Don nazri 14 Don nazr qilinganda quyidagi qoidaga rioya qilinsin: Horunning o‘g‘illari don nazrini Egamizning huzuriga, qurbongoh oldiga olib kelishsin. 15 Ruhoniy zaytun moyi qo‘shilgan sifatli unning bir hovuchini va ustidagi xushbo‘y tutatqining hammasini olib, qurbongoh ustida kuydirsin. Bunday qilish unning hammasi Xudoga tegishli ekanini bildiradi. Bu nazrdan Egamizga yoqimli hid boradi. 16 Unning qolganidan xamirturushsiz nonlar yopilsin. Horun va uning o‘g‘illari bu nonlarni muqaddas joyda yesinlar. Nonlar Uchrashuv chodirining hovlisida tanovul qilinishi lozim. 17 Unga xamirturush qo‘shilmasin. Egamizga atab, olovda kuydiriladigan nazrlardan ularga beriladigan ulush shudir. U gunoh qurbonligi va ayb qurbonligi singari, g‘oyat muqaddasdir. 18 Horunning naslidan bo‘lgan har bir erkak zoti bu nazrdan yesa bo‘ladi. Egamizga atab, olovda kuydiriladigan nazrlardan Horunning nasliga avlodlar osha berilgan doimiy ulush shudir. Bu nazrga tekkan har qanday narsa muqaddas bo‘ladi*. 19 Egamiz Muso orqali yana quyidagi qoidalarni berdi: 20 Horun va uning o‘g‘illari ruhoniylikka tayinlangan kuni Egamizga don nazrini keltirishsin. Bu nazrning miqdori, kundalik nazrday, to‘rt kosa* sifatli undan tashkil topsin. Unning ikki kosasi ertalab, ikki kosasi kechqurun nazr qilinsin. 21 Undan zaytun moyiga xamir qorilsin, so‘ng tovada qovurilsin. Qovurilgan xamir moyga yaxshilab bo‘ktirilgan bo‘lsin, uni burdalab Egamizga nazr qiling. Bu nazrdan Egamizga yoqimli hid boradi. 22 Boshiga moy surtilib, ruhoniylikka tayinlanadigan Horunning o‘g‘li bu nazrni tayyorlasin. Bu turdagi nazr har bir ruhoniylikka tayinlash marosimida Egamizga keltirilsin. Nazrni butunlay kuydirish lozim. 23 Xullas, ruhoniy keltirgan har qanday don nazri butunlay kuydirilsin, uni yeyish mumkin emas. Download 413.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling