Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish


Download 413.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/41
Sana04.02.2023
Hajmi413.34 Kb.
#1162013
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
Bog'liq
03-Levilar-Lev-UzLatin

Mog‘orga oid qonunlar 
47 
Agar kiyimni mog‘or bossa, jun yoki zig‘ir matosidan tikilgan kiyimni
48 
jun yoki 
zig‘irdan to‘qilgan matoni, charmni yo charmdan yasalgan buyumni 
49 
bosgan o‘sha 
mog‘or ko‘kimtir yoki qizg‘ish rangda bo‘lsa, bu yoyiladigan zamburug‘dir, uni 
ruhoniyga ko‘rsatish lozim. 
50 
Ruhoniy mog‘orni tekshirsin, so‘ng zararlangan narsani 
yetti kunga qadar olib qo‘ysin. 
51 
Yettinchi kuni ruhoniy uni yana ko‘rsin. Agar mog‘or 
kiyimga, to‘qilgan matoga yo charmdan yasalgan har qanday buyumga yoyilgan bo‘lsa, 
bu yoyiladigan zamburug‘dir. Zararlangan narsa harom hisoblanadi. 
52 
Ruhoniy o‘sha 
narsani kuydirsin. Buyum yoyiladigan zamburug‘ bilan zararlangani uchun uni kuydirib 
yuborish kerak. 
53 
Bordi–yu, mog‘or kiyimga, matoga yoki charmga yoyilmagan bo‘lsa, 
54 
ruhoniy 
zararlangan o‘sha narsani yuvdirsin. So‘ng uni yana yetti kunga olib qo‘ysin. 
55 
Ruhoniy 
yuvilgan o‘sha narsani yana tekshirsin. Agar mog‘orlagan joyning rangi o‘zgarmagan 
bo‘lsa, mog‘or yoyilmagan taqdirda ham harom hisoblanadi. Narsaning mog‘orlagan joyi 
ichki yoki tashqi tomonida bo‘lishidan qat’iy nazar, uni kuydirib yuboring. 
56 
Bordi–yu, ruhoniy yuvilgan narsani tekshirganda mog‘orning rangi o‘chgan bo‘lsa, 


Levilar 
18 
ruhoniy kiyim, mato yoki charmdagi mog‘orlagan joyni yulib olsin. 
57 
Agar mog‘or o‘sha 
narsada yana paydo bo‘lsa, zamburug‘ yana ko‘payishni boshlagandir, narsaning egasi 
uni kuydirib yuborsin. 
58 
Bordi–yu, yuvilgandan keyin narsadagi mog‘or ketsa, uni 
ikkinchi marta yuving va u pok bo‘ladi. 
59 
Jun yoki zig‘ir matosidan tikilgan kiyimda, jun yoki zig‘irdan to‘qilgan matoda va 
charmdan yasalgan har qanday buyumda hosil bo‘lgan zamburuqqa oid qoidalar 
shulardan iboratdir. Bular sizlarga halolni haromdan ajrata olishingiz uchun xizmat 
qiladi. 

Download 413.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling