Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish
–BOB Nadov va Abihuning gunohi
Download 413.34 Kb. Pdf ko'rish
|
03-Levilar-Lev-UzLatin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ruhoniylarga berilgan nizom
10–BOB
Nadov va Abihuning gunohi 1 Horunning o‘g‘illari Nadov va Abihu o‘z olovkuraklarini olib, ichiga cho‘g‘ soldilar, cho‘g‘ ustiga xushbo‘y tutatqi tashladilar. Ular Egamiz amr etmagan begona olovni Uning huzuriga olib kirdilar. 2 To‘satdan Egamizning huzuridan olov otilib chiqib, ularni kuydirib yubordi. Ikkovi ham o‘sha yerda, Egamizning huzurida halok bo‘ldilar. 3 Shunda Muso Horunga dedi: — Egamizning, “Yonimda bo‘lganlar orqali Men muqaddasligimni ko‘rsataman, butun xalq oldida ulug‘lanaman”, deb aytgani mana shudir. Horun indamadi. 4 Muso Horunning amakisi Uziyol o‘g‘illari Mishail va Elzafanni chaqirtirib, ularga dedi: “Boringlar, qarindoshlaringizning jasadlarini Muqaddas chodirning oldidan olib ketib, qarorgohning tashqarisiga olib chiqinglar.” 5 Mishail va Elzafan Musoning aytganini qilib, qarindoshlarining jasadlarini ko‘ylaklaridan ushlab, qarorgoh tashqarisiga olib chiqdilar. 6 So‘ng Muso Horunga va uning o‘g‘illari Elazar bilan Itamarga aytdi: “Qayg‘udan sochingizni to‘zitmanglar*, liboslaringizni yirtmanglar, aks holda, sizlar ham nobud bo‘lasizlar va butun jamoa Xudoning g‘azabiga uchraydi. Ammo qarindoshlaringiz, butun Isroil nasli Egamiz kuydirib nobud qilgan Nadov va Abihu uchun aza tutishlari mumkin. 7 Sizlar esa Uchrashuv chodiriga kiraverishdan nariga jilmang. Aks holda, nobud bo‘lasizlar. Sizning ustingizga Egamizning muqaddas qiladigan moyi* surtilgan.” Ular Musoning aytgani bo‘yicha ish tutdilar. Ruhoniylarga berilgan nizom 8 Egamiz Horunga shunday dedi: 9 “Sen va o‘g‘illaring Uchrashuv chodiriga kirishdan Levilar 13 oldin sharob yoki boshqa o‘tkir ichimliklar ichmanglar. Ichsangiz, nobud bo‘lasizlar. Bu avlodlaringiz osha doimiy qonun–qoida bo‘lsin. 10 Sizlar muqaddas narsalarni oddiy narsalardan, haromni haloldan ajrata olishlaring shart. 11 Muso orqali Men aytgan hamma qonunlarni Isroil xalqiga o‘rgatishlaring lozim.” 12 Muso Horunga va uning omon qolgan o‘g‘illari Elazar bilan Itamarga dedi: “Egamizga atab, olovda kuydiriladigan don nazrlarining ortib qolganini olib, xamirturushsiz nonlar yopinglar. Bu nonlarni qurbongoh yonida tanovul qilinglar, chunki bu nazr g‘oyat muqaddasdir. 13 Egamizga atab, olovda kuydiriladigan nazrlardan senga va sening o‘g‘illaringga tegadigan ulush mana shudir. Shuning uchun buni muqaddas joyda tanovul qilinglar. Egam menga shuni amr qildi. 14 Yuqoriga ko‘tarilgan to‘sh bilan nazr qilingan sonni esa sen va sening o‘g‘il–qizlaring har qanday halol joyda tanovul qilishlaring mumkin. Bu narsalar Isroil xalqining tinchlik qurbonliklaridan senga va farzandlaringga ulush qilib berilgandir. 15 Isroil xalqi qurbonlikning olovda kuydiriladigan yog‘i bilan birga qurbonlikning to‘shi va sonini olib kelsinlar. Ular to‘sh va sonni Egamizga bag‘ishlaganini ko‘rsatish uchun yuqoriga ko‘targanlaridan keyin, bular senga va farzandlaringga beriladi. Egamizning amriga ko‘ra, sizlarga tegadigan doimiy ulush shudir.” 16 So‘ng Muso gunoh qurbonligi qilingan echki haqida so‘radi, bilsaki, u qurbonlik kuydirilib bo‘libdi. Muso Horunning qolgan ikkala o‘g‘li Elazar bilan Itamardan qattiq g‘azablanib, ularga dedi: 17 — Nimaga gunoh qurbonligining go‘shtini muqaddas joyda yemadinglar?! Bu juda muqaddas qurbonlik–ku! Axir, o‘sha qurbonlik jamoaning aybini yuvishingiz va Egamiz huzurida ularni gunohdan poklashingiz uchun sizlarga berilgan–ku! 18 Bu qurbonlikning qoni Muqaddas xonaga olib kirilmagan. Bunday qurbonlikni muqaddas joyda yenglar, deb sizlarga amr qilmaganmidim?! 19 Shunda Horun Musoga dedi: — Mana, bugun o‘g‘illarim Egamizga gunoh qurbonligini va kuydiriladigan qurbonlikni keltirdilar. Ammo sho‘rim quridi–ku! Agar bugun gunoh qurbonligi go‘shtidan yeganimda, Egam mendan mamnun bo‘larmidi?! 20 Muso bu gapni eshitib, ma’qul topdi. Download 413.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling