Levilar (tavrotning uchinchi kitobi) Kirish


Download 413.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/41
Sana04.02.2023
Hajmi413.34 Kb.
#1162013
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
03-Levilar-Lev-UzLatin



© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016 
www.ibt.org.ru; ibt_inform@ibt.org.ru 
LEVILAR 
(TAVROTNING UCHINCHI KITOBI) 
Kirish 
Levilar kitobi Tavrotning uchinchi kitobidir. Mazkur kitob Xudoning Muso 
payg‘ambarga bergan qonun–qoidalaridan tashkil topgan. Levi qabilasi Yoqubning o‘g‘li 
Levidan kelib chiqqan edi. Yoqubning o‘n ikki o‘g‘li bo‘lib, Levi uchinchi farzandi edi. 
Levi qabilasiga mansub bo‘lganlar levilar deb ataladi, kitobga shu qabilaning nomi asos 
bo‘lgan. 
Chiqish kitobida Xudo Musoga Muqaddas chodirni yasashga oid ko‘rsatmalar bergan 
bo‘lsa, bu kitobda o‘sha Muqaddas chodirda xizmat qilish mavzusi markaziy o‘rinni 
egallaydi. Levilar Muqaddas chodirda Xudoning maxsus xizmatkorlari edilar. Ruhoniylar 
Levi qabilasining Horun urug‘idan kelib chiqqanlar. Kitobning asosiy qismida 
ruhoniylarning va boshqa levilarning majburiyatlari bayon qilingan. Ularning 
majburiyatlari Xudoga bag‘ishlab qurbonliklar va nazrlar keltirishdan, shuningdek, 
bayramlarni va turli marosimlarni o‘tkazishdan iborat edi. Kitobdan yana halol va 
harom hayvonlarga oid qonunlar, kiyim uchun qanday matodan foydalanish kerakligi 
to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar va kambag‘allarga g‘amxo‘rlik qilish qoidalari o‘rin olgan. 
Kitobdagi qonun–qoidalar zamirida poklik va muqaddaslik yotadi. Muqaddaslik 
o‘zini gunohdan saqlash va Xudoga bag‘ishlanib yashashni bildiradi. Modomiki, Xudo O‘z 
xalqining muqaddas Shohi ekan, xalq Xudoning huzuriga kelishi uchun qurbonliklar 
qoni orqali gunohlardan poklanishi lozim edi. Bu ishda xalqqa levilar yordam 
berishardi. Xudoga manzur bo‘lish va Uning huzuridan bahramand bo‘lish uchun 
kitobdagi barcha qonun–qoidalarga rioya qilish shart edi. 
Kitobda qonunlardan tashqari, bir nechta hikoyalar ham o‘rin olgan. Bu hikoyalarda 
xalqning yoki ruhoniylarning qonunga itoatsizligi qanday oqibatlarga olib kelishi 
to‘g‘risida bayon qilinadi. Shuningdek, qonunga itoatkorlikning samaralari ham aytib 
o‘tiladi. 

Download 413.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling